|
a) umumiy belgilangan shartlar doirasida 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga
|
bet | 2/3 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #136362 |
Bog'liq 1-mavzua) umumiy belgilangan shartlar doirasida 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga:
– tijorat banklarining kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi;
– tijorat banklari kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi;
b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda, ular avval olgan kreditlari bo‘yicha mazkur Jamg‘arma kafilligidan foydalanayotgan bo‘lishidan qat’i nazar qo‘shimcha kreditlar bo‘yicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi.
Jamg‘armaning asosiy xizmatlari Jamg'arma tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash sxemasi:
TADBIRKOR ARIZASINI BANK FILIALIGA TAQDIM QILADI VA BUNDA QAYSI MOLIYAVIY YORDAM TURIDAN FOYDALANISHNI KO'RSATADI:
KAFILLIK YOKI KOMPENSATSIYA.
MOLIYAVIY YORDAMDAN FOYDALANISH BO'YICHA BANK JAMG'ARMAGA BUYURTMANOMA TAQDIM QILADI.
BUYURTMANOMA JAMG'ARMA TOMONIDAN 3 (UCH) KUNDA KO'RIB CHIQILADI VA UCH TOMONLAMA (JAMG'ARMA, BANK VA TADBIRKOR) SHARTNOMA IMZOLANADI.
Jamg’arma kafillik
Kafillik — qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini Jamg‘armaga yuklaydigan kafillik shartnomasi.
Jamg‘arma tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etadi.
2025-yil 1-yanvarga qadar olis va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlar hamda kooperatsiya asosida kichik biznesni va mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” kichik tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.
Loyihalarning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda, Kengash tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan kafillik summasining 2 foizi miqdorigacha bir martalik vositachilik haqi olinadi.
Kafillik quyidagi maqsadlardan tashqari barcha yo‘nalishlarga beriladi:
— alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ularning ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish;
— savdo (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno), umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda elektr quvvatlantirish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;
— yengil va ilgari foydalanishda bo‘lgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni ta’minlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
— bino-inshootlarni sotib olish;
— aylanma mablag‘larni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno);
— ilgari olingan kredit va lizinglarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
— nobank kredit tashkilotlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari resurs bazasini shakllantirish.
Jamg‘arma tomonidan kafillik faqat:
— O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
— tugatilish bosqichida bo‘lmagan;
— ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘zg‘atilmagan;
— murojaat sanasida kredit, lizing, soliq va majburiy yig‘imlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi bo‘lmagan;
— yomon kredit tarixiga ega bo‘lmagan (ushbu holat “Kredit-axborot tahlil markazi” Kredit byurosi ma’lumoti asosida aniqlanadi) qarz oluvchiga kafillik beriladi.
Kafillik olish uchun tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilish yetarlidir. Tijorat banki kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari arizasi asosida Jamg‘armaga tadbirkor.statefund.uz axborot tizimi orqali elektron tarzda buyurtmanoma taqdim etadi, taqdim etilgan buyurtmanoma 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va Jamg‘armaning tegishli javobi elektron tarzda tijorat bankiga yetkaziladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
a) umumiy belgilangan shartlar doirasida 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga
|