Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tutgan o’rni




Download 64 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2024
Hajmi64 Kb.
#142183
  1   2   3
Bog'liq
Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tut-kompy.info

Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tutgan o’rni

Reja:


  • 1. O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarining o’rni.

  • 2 Ommaviy axborot vositalarining rivojlantirish to’grisidagi qarorlar

  • 3. Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar



Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o‘ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo‘gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo‘lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir. O’zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini Qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O’zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, muxbirlari erkin ishlamoqdalar. O’zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o’zida aks ettiradigan bamisoli bir ko’zgu ekanligi hayotda o’z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo’llagan tabrigida ta‘kidlanganidek, “Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko’tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz” O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi qonunida (1- ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 125- qarorida (2-ilova) davlat va xo’jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash vazifalari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi ―Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta‘minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g’oyat muhim qadam bo’ldi.


Download 64 Kb.
  1   2   3




Download 64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tutgan o’rni

Download 64 Kb.