Monitor – baholovchi: Monitor – baholovchi sifatida jamoa a’zosi, zarur payt xolisona qaror chiqargan holda, guruhni mantiqiy xulosalar bilan ta’minlaydi, jamoa imkoniyatlarini xolis baholaydi, yangi imkoniyatlarni ko’rsatadi. Bajaruvchi: Bajaruvchi sifatida jamoa a’zosi, samarali strategiyani rejalashtirishda ishtirok etishi va uni samarali amalga oshiruvchisi bo’ladi. Jamoa ishchisi:
Jamoa ishchisi sifatida jamoa a’zosining universalligi jamoaning kerakli ishini aniqlab, uni jamoa nomidan bajarishida qo’l keladi.
To’ldirib yakunlovchi:
To’ldirib yakunlovchisi sifatida jamoa a’zosi, topshiriqlarning eng so’ngida sifatni nazorat qilib, xatolarni to’g’rilab, natijani eng yuqori standartga olib chiqishga yordam beradi.
Haqiqiy lider qanday bo’lishi kerak?
Haqiqiy lider (etakchi) qanday bo’lishi kerak?
Etakchilikning asosiy ko’nikmalari nimalarda namoyon bo’ladi?
Ko’pchilik hammadan oldindagi shaxs rahbar yoki lider bo’lishni obro’li ish deb hisoblaydi. Ammo ular odamlar ergashishga intiladigan va unga o’xshash bo’lishni xohlaydigan haqiqiy rahbar qanday bo’lishi kerakligi, qanday fazilatlarga ega bo’lishi lozimligini yaxshi bilishmaydi.
Jamoa lideri, go’yo mayoq kabi, unga ishonadigan odamlarga qaerga harakatlanishni ko’rsatib turuvchi shaxs bo’lib, unga ishonganlarga qaerga borish kerakligini ko’rsatuvchi jamoa a’zosidir.
KIM LIDER ...
Keng ko’lamdagi qiziqishlarga ega bo’lgan, teran fikrlaydigan, birinchi navbatda, boshqalarning shaxsiy o’sishi, rivojlanishi va o’zo’zini anglashi uni qiziqtiradigan inson jamoa lideri bo’la oladi.
Jamoa lideriga xos bo’lgan asosiy sifatlar quyidagilardir:
O’z maqsadini yaxshilab tushuna olish;
O’z-o’zini nazorat qilish va intuitsiyasiga quloq solish;
O’zini adekvat baholash;
Tavakkalchilikdan qo’rqmaslik va unga doimo tayyor bo’lish;
Halollik va ishonchlilik;
|