|
www.scientificprogress.uzBog'liq talabalar-ongiga-psixologik-yondashuv-hamda-ta-lim-jarayoninig-psixologik-asoslari-haqidawww.scientificprogress.uz
Page 49
Ta’lim jarayonida xotira. Ta’lim materiallarini esda olib qolish,esda saqlash, esga
tushirish uchun xotiraning bir necha xil vositalaridan foydalaniladi.Dastlab bilimlar,
axborotlar talaba ongiga assossiyativ yo‘l bilan boradi. Jumladan, o‘rganilayotgan narsa
va xodisalarning o‘xshashligi,yondoshligi,qarama- qarshiligi, mavjud bo‘lganligi
sababli ular yengilroq o‘zlashtiriladi. Ba’zan qonun va qoidalar ma’nosiga tushinmay ,
mexanik ravishda yod olinadi. Lekin, bunday materiallar esda puxta saqlanmaydi.
Aynan shuning uchun o‘quv materiallarini mohiyatini imkon boricha mantiqiy yo‘l
bilan esda olib qolish kutilgan samarani beradi.
O‘zlashtirish jarayonida samaradorlik ko‘p jihatdan talabalarga beriladigan
ustanovkalarga - ularning ruhan shu narsani qabul qilishga tayyorligi , yaqqol
ko‘rsatmalar berilishi , inson o‘zini o‘zi yo‘naltirish jarayoniga bog‘liq. Odatda
materiallarning xusussiyatlaridan kelib chiqqan holda uzoq yoki qisqa muddat esda
saqlashga, aniq esga tushirishga , erkin fikr yuritishga mo‘ljallangan ko‘rinishga ajratish
mumkin.
Ta’limda diqqat va qiziqishlar. Bilish jarayonining barqarorligi, mazmundorligi va
tartibliligi bevosita diqqatga bog‘liqdir. Diqqat passiv, kuchsiz bo‘lgan vaqtda bilish
jarayoni sekinlashadi yoki tormozlashadi. Talabalarning diqqati uzoq vaqt davomida
muayyan vazifaga qaratilgandagina bilish jarayoni amalga oshadi. Diqqat faolligiga
ko‘ra ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyordan tashqarida ; obyektga qarab tashqi,ichki; faoliyat
shakliga qarab : yakkahol, guruhiy, jamoaviy turlarga bo‘linadi.
Ixtiyorsiz diqqat ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin o‘qishda
diqqatning faqat manashu turiga asoslanib ish ko‘rish maqsadga muvofiq
emas.Ma’limki, o‘ta qiziqarli maruzalar, mashg‘ulotlar talabaning fikr yuritishga ,
qiyinchiliklarni yengishga salbiy ta’sir qiladi.saboq berish jarayonida ko‘proq ixtiyoriy
diqqatga tayanish yaxshi natija beradi. Chunki, irodaviy diqqat emotsional qiziqishning
birlashuvi diqqatni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida qiziqishning o‘rni behad muhim. Chunki, qiziqishlar talabaning
o‘qishga nisbatan munosabatini, o‘quv predmetlarning mazmuniga ko‘ra moyillik
kuchini aks ettiradi. Moyillik kuchi ularda yuzaga kelgan bilimga nisbatan ehtiyojlarga
javob reaksiyasini bildiradi ,bilishga chanqoqlik hislarini qondirish vositasini izlab
topishga yo‘l ochadi. Qiziqishga ega bo‘lganlar - predmet ,voqea va hodisalarni o‘zaro
jamlab umumiy xulosa chiqarishga harakat qiladilar.
Ta’limda irodaning roli. O‘zlashtirish samaradorligi talabaning irodaviy zo‘r berish
,ma’naviuy ehtiyoji va anglashilgan o‘quv motivga bevosita bog‘liq. Shunday ekan,
ularni qiyinchiliklarni yengishga, ayrim paytda duch keladigan muvaffaqiyatsizliklar
oldida dovdirab qolmasdan, balki ularni o‘z -o‘zini boshqarishga buyruq berishga
o‘rgatish ayni muddaodir.Hozirgi davrda o‘zini o‘zi tarbiyalash ,o‘zini -o‘zi
takomillashtirtish, ichki imkoniyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi treninglar ,
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
|
| |