|
Jarayonni amalga oshirishdan maqsad
|
bet | 3/4 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #264198 |
12-rasm. Qizdirilmaydigan kameralarda sekinlik bilan boruvchi kokslash qurilmasi texnologik sxemasi:
1, 6, 12-15 –nasoslar; 2,3-quvurli pechlar; 4-yig’gich; 5, 5’-sekinlik bilan koks hosil qiluvchi kameralar; 7- to’rt yo’lli jo’mrak(kran); 8, 19, 21-havoli sovitish jihozlari; 9-rektifikatsion kolonna; 10, 11-bug’latuchi kolonna; 16-sovitkich; 17-ajratkich; 18, 20-issiqlik almashtirgichlar.
Bo’shatilgan kameralar o’tkir suv bug’i va kokslash gazlari yordamida qizdirilgach, stikl qayta takrorlanadi.
Kameralar koks bilan to’lgandan keyin, kamera xomashyo qabul qilishi to’htatiladi va suv bug’i yordamida qolgan suyuq mahsulotlar va neft bug’lari siqib chiqariladi. Dastlab siqib chiqarilayotgan mahsulotlar 9-kolonnaga, qachonki koks temperaturasi 400-4050C pasayganda bug’lar oqimi 4-yig’gichga siqiladi. Koks temperaturasi to 2000C gacha pasayguncha suv bug’i berish davom ettiriladi. Keyinchalik kameraga suv beriladi va berilayotgan suv atmosferaga bug’lanish davom etguncha, ya`ni 4-yig’gichni quyish quvurida suv paydo bo’lguncha davom ettiriladi.
Kameralardan koks gidravlik usulda gidroburg’u (gidrodolota) va gidrokeskichlar (gidrorezka) yordamida 10-15MPa suv bosimda kesib bo’laklanadi va chiqariladi.
Jarayon qiyinchiligi kameralardan koksni tushirish uchun qimmatbaho jihozlar (burg’alash minorasi va anjomlar, yuqori bosimda ishlovchi suv nasoslari) talab etilishidir.
Quyidagi jadvalga sekinlik bilan kokslash jarayoni hom ashyo tavsifi va moddiy balansi keltirilgan.
10-jadval
Ko’rsatkichlar, xomashyo tavsifi
|
Gudron
|
Kreking qoldiq
|
Zichlik
Kokslilik darajasi
Oltingugurt miqdori, %
|
0,990
16
2,8
|
1,024
23
3,3
|
|
|
| |