|
Javascript funksiyalari va obyektlari. Javascript funksiyalari yordamida hodisalarni qayta ishlash. Javascriptda doimiy ifodalar
|
Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 78,02 Kb. | | #107878 |
Bog'liq Javascript funksiyalari va obyektlari Javascript funksiyalari va obyektlari.Javascript funksiyalari yordamida hodisalarni qayta ishlash. Javascriptda doimiy ifodalar Javascript funksiyalari va obyektlari. - Har bir dasturlash tili singari, JavaScript ham funksiyalardan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi. JavaScript funktsiyalari ma'lum bir vazifani bajarish uchun mo'ljallangan asosiy kod bloklaridir. Funktsiyalar kodni takrorlanmasdan ko'p marta chaqirish imkonini beradi.
Javascriptda funksiyani e’lon qilish - Misolda ko’rib turganimizdek dastlab function kalit so’zi, keyin
- funksiya nomi,
- argumentlar ro’yxati
- Funksiya tanasi
JS da funksiya sintaksisi - Javascriptda funksiya function kalit so’zi yordamida e’lon qilinadi va funksiyaga nom beriladi, hamda, argumentlar ro’yxati qavs ichiga yoziladi. Funksiyaning nomi katta- kichik lotin harflari, raqamlar, belgilar va tag chiziqdan iborat bo’lishi mumkin.
- Qavs ichida berilgan funksiya argumenlari “vergul” yordamida ajratiladi.
- Funksiya tanasi esa figurali qavslar ichiga yoziladi.
- Funksiyaning argumentlari funksiya chaqirilganda qabul qilinadigan qiymatlar bo’lib, ular funksiya ichida local o’zgaruvchi sifatida ishlaydi.
Funksiyani chaqirish - Funksiya ichidagi kod ya’ni funksiya tanasi funksiya chaqirilganda bajariladi:
- Foydalanuvchi tugmani bosganda
- Javascript kodi orqali chaqirilganda
- Avtomatik(o’z- o’zidan chaqirilganda)
Qiymat qaytarish - Funksiya natija sifatida chaqiruvchi kodga qiymat qaytaradi. Qiymat qaytarishda return kalit so’zid an foydalaniladi.
- Misol uchun ikki sonnig ko’paytmasini aniqlovchi funksiyani ko’rib chiqaylik:
Lokal va global o’zgaruvchilar - Javacript funksiyasi ichida e’lon qilingan o’zgaruvchi local o’zgaruvchi deyiladi va faqatgina shu funksiya ichida bajariladi.
- Global o’zgaruvchi ya’ni tashqi o’zgaruvchi funksiya tashqarisida ham amal qiladi lekin odatda local o’zgaruvchi bo’lmasagina global o’zgaruvchidan foydalaniladi va agar funksiya ichida bir xil nom bilan local o’zgaruvchi e’lon qilingan bo’lsa global o’zgaruvchi inobatga olinmaydi. Hozirgi kunda global o’zgaruvchilardan deyarli foydalanilmaydi. Shuning uchun ulardan foydalanishni iloji boricha minimallashtirish zarur.
Javascriptda obyektlar - Umuman olganda, JavaScript ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tili sifatida tanilgan . Shunday qilib, JavaScript-da ob'ektlar eng muhim ma'lumotlar turlari va shakllari hisoblanadi. Ular JavaScript-dagi primitiv ma'lumotlar turlaridan butunlay farq qiladi. JavaScript-da yettita ma'lumotlar turi mavjud bo'lib, ulardan oltitasi “primitiv" deb nomlanadi, chunki ularning qiymatlari bitta narsani o'z ichiga oladi (bu raqam, satr va boshqalar bo'lishi mumkin).
- Ma'lumotlar turlaridan farqli o'laroq , biz turli xil ma'lumotlar va murakkabroq ob'ektlarning kalitli to'plamlarini saqlash uchun ob'ektlardan foydalanamiz. JavaScript-da ob'ektlar tilning barcha jihatlariga kiritilgan, shuning uchun siz tilni o'rganishni boshlashingiz bilanoq ularni o'rganishingiz kerak.
- Obyektlar figurali qavslar yordamida hosil qilinadi va xususiyatlar ro’yxatiga ega bo’lishi kerak.
- Misol tariqasida quyidagi bo’sh obyektni ko’rib chiqishimiz mumkin
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Javascript funksiyalari va obyektlari. Javascript funksiyalari yordamida hodisalarni qayta ishlash. Javascriptda doimiy ifodalar
|