|
OSI POG’ONASINING TARIXI, POG’ONALARI, ULARNING VAZIFASI
|
bet | 15/29 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 49,59 Kb. | | #236292 |
Bog'liq Javob Kompyuter tàðmîg‘i topologiyasiOSI POG’ONASINING TARIXI, POG’ONALARI, ULARNING VAZIFASI.
Javob:
TCP/IP PROTOKOLLAR STEKI. POG’ONASINING.
Javob:
TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
TCP/IP protokoltar steki turli xil tarmoqlarni yagona ma'lumotlar uzatish tizimiga birlashtirilgan transport tizimini yaratish uchun mo'ljallangan ierarxik tartibga ega protokollar to'plamidir. Tarmoqlarning xilma-xilligi OSI modelining fizik va kanal sathlarida "mahalliy" tarmoqlarni qurish texnologiyasidagi farq sifatida tushuniladi. Hozirgi vaqtda TCP/IP protokollari steki Internetdagi asosiy ma'lumotlar uzatish protokollaridir. Stekning nomi asosiy protokollarning nomlaridan kelib chiqqan: TCP (Transmission Control Protocol) uztishlarni boshqarish protokoli va IP (Internet protocol) tarmoqlararo protokol. Ko'pincha birlashtiriladigan tarmoqlarga tarmoq osti deb ataladi va birlashgan tarmoq intertarmoq yoki Internet deb ataladi. Internet protokollarining texnik spetsifikatsiyasi RFC (Request for Comments)ning hujjatlari shaklida chiqariladi.
TCP/IP protokollari steki modeli 4 ta sathdan iborat (RFC 1122).
Tarmoq interfeyslari sathi “mahalliy” texnologiyalar asosida qurilgan tarmoqlarni murakkab tarmoqlarga birlashtirishni ta’minlaydi. Mahalliy texnologiyalar deganda mahalliy tarmoql (tarmoq osti)larning qurilish texnologiyalari va nuqta-nuqta kanallari tushunliladi. Bu sathning asosiy vazifasi quyidagilar:
deytagrammalarni qabul qilishga va ularni aniq tarmoq bo’yicha uzatishga javob
beradi;
tarmoq tarkibiga kiruvchi tarmoq texnologiyalarining o’zaro aloqasini tashkil qilishga javob beradi;
OSI modelining fizik va kanal sathlaridan farqli ravishda tarmoq interfeyslari sathi fizik va kanal sathlarida ma’lumotlarni uzatish prinsiplarini aniqlamaydi.
Tarmoq sathi paketlar harakati uchun marshrutni tanlash va paketlarni deytagrammali usulda uzatishga (bog’lanish o’rnatilmasdan) javob beradi.
Tarmoq sathi protokollari:
IP (Internet Protocol) asosiy protokol – murakkab tarmoqlarda uzellar orasida paketlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlab beradi (RFC 791);
Marshrutlash protokollari – marshrutizatorlarning o’zaro tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni almashinishi va marshrutlash jadvalini tuzish uchun mo’ljallangan. Marshrutlash protokollariga misollar: BGP (RFC 4271), OSPF (RFC 2328), RIP (RFC 1058);
IGMP (Internet Group Management Protocol) guruhini boshqarish protokoli –IP-protokoliga asoslangan tarmoqlarda ma’lumotlarni guruhli (multicast) uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan. IGMP ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida tarmoqning bir nechta tugunlariga uzatish uchun foydalaniladi, masalan, tele va radioeshittirishni tashkillashtirish uchun (RFC 3376).
Tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol) tarmoqda yordamchi vazifani o’ynaydi va u IP protokolni to’ldirishga xizmat qiladi. U paketni uzatishda yuzaga keladigan muammolarni to’g’rilash uchun mo’ljallanmagan: agar paket yo’qolsa, ICMP uni qayta jo’nata olmaydi. ICMP protokolining vazifasi boshqacha bo’lib, u foydalanuvchiga uning paketi bilan yuz bergan nostandart holatlarda xabar berish vositasi hisoblanadi. Bu vaqtda IP protokol paketni uzatadi va u haqida unutadi. ICMP protokol esa tarmoq bo’yicha paket harakatini «kuzatadi» va, agar marshrutizator tomonidan paket tashlab yuborilsa, bu xabar manba-bog’lamaga yetkaziladi. Bu orqali jo’natilgan paket va jo’natuvchi o’rtasida teskari aloqa o’rnatiladi.
|
| |