,2,1-“Tabiiy rang “ kombinatsiyasi




Download 11.3 Mb.
bet22/30
Sana21.07.2021
Hajmi11.3 Mb.
#15427
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
3,2,1-“Tabiiy rang “ kombinatsiyasi. Bu kombinatsiyada ko`rinuvchi diapazondagi kanallardan foydalaniladi, shu sababli yer yuzasida joylashgan ob`yektlar ham odam ko`zi bilan ko`rgandek ko`rinishga ega hisoblanadi. Bunda sog`lom holatdagi o`simliklar qoplami yashil rangda, hosil yig`ishtirib olingan dalalar och tusda , nosog`lom o`simliklar qoplami- qo`ng`ir va sariq rangda, yo`llar kulrang tusda, qirg`oq chiziqlari-oqish tusda ifodalanadi. Bu kanallar kombinatsiyasi suv ob`yektlari, sedimentatsiya jarayonlarining holatini tahlil qilish, chuqurliklarni baholash imkonini beradi. Shunengdek, antropogen ob`yektlarni o`rganish uchun foydalaniladi. Kesib tashlangan va siyrak holatdagi o`simliklar 4-5-1 yoki 4-3-1 kombinatsiyalariga nisbatan yomon holatda ko`rinadi. Bulutlar va qor bir xilda , ya`ni oqish tusda va o`zaro qiyin farqlanuvchi ko`rinishda tasvirlanadi. Bundan tashqari, bitta tipdagi o`simliklarni boshqasidan farqlash qiyin hisoblanadi. Bu kombinatsiyalar 7-5-3 kombinatsiyasiga nisbatan solishtirilganda, sayoz suvlarni tuproqlar qoplamidan farqlash imkonini bermaydi.

7,4,2. Bu kombinatsiya tasvirlarning tabiiy holatga yaqin ifodalanishini anglatadi. Biroq shu bilan bir vaqtda atmosfera va tutunlarning holatinintahlil qilish imkonini beradi. Sog`lom o`simliklar qoplami yorqin yashil rangda,o`tsimon o`simliklar jamoalari –yashil rangda ko`rinadi., yorqin pushti tusdagi uchastkalar ochiq tuproqlarni ifodalaydi, qo`ng`ir va pushti ton siyrak o`simliklar qoplamini aks ettiradi. Qurib qolgan o`simliklar qoplami pushti rangda, suv–havorangda ifodalanadi. Qum , tuproqlar va menerallar juda ko`p sondagi ranglar va tuslar (dog`lar) bilan keltirilishi mumkin. Bu kombinatsiya cho`llar va cho`llanishga uchragan hududlarni tahlil qilishda ajoyib natijalarni beradi. Bundan tashqari , ishloq xo`jaligida foydalaniluvchi yer maydonlari va suv-botqoqlik maydonlarini o`rganish uchun foydalaniladi. Yong`in yuz bergan maydonlar yorqin qizil rangda ifodalanadi. Bu kombinatsiya yong`inlar dinamikasi va hududlarning yong`indan keyingi holatini o`rganish uchun ifodalanadi. Shahar qurilishlari pushti-binafsha rangda, o`simliklar jamoalari –yashil va och yashil rangda ifodalanadi. Shahar hududlari ichidagi och yashil tusli nuqtalar hiyobonlar, bog`lar yoki golf maydonlari (Rossiya uchun ahamiyatga ega) bo`lishi mumkin. Och sariq (jigarrang)-yashil rang o`rmon massivlari uchun xos bo`lib, nisbatan to`q rang ninabargli aralash o`rmonlar ko`rsatkichi hisoblanadi.

4,5,1. Sog`lom holatdagi o`simliklar qoplami qizil, jigarrang, pushti va yashil tusda ifodalanadi. Tuproqlar yashil yoki jigarrang, urbanizatsiyalashgan hududlar-oqish tusda, kulrang va yashil-havorangda, och havorangda aks ettirilishi mumkin, yorqin havorang bilan yaqinda kesilgan hududlar, qizg`ish rang bilan esa-qayta tiklangan o`simliklar qoplami yoki siyrak o`simliklar ifodalanishi mumkin. Toza, havorang tusdagi suv juda to`q ko`k rangda (deyarli qoramtir) ko`rsatilishi mumkin, agar sayoz suv yoki tarkibida ko`p miqdorli aralashmalar mavjud bo`lgan suvlarni aks ettirish talab qilinsa, u holda nisbatan och tusli ko`k rangda ifodalanadi. O`rtacha infraqizil kanal qo`shilishi o`simliklarning yoshini yaxshi darajada farqlash imkonini beradi. Sog`lom holdagi o`simliklar4va 5-kanallarda juda kuchli darajada aks ettirilishi mumkin. Bu kombinatsiya bilan parallel holatda 3-2-1 kombinatsiyadan foydalanish suv bosgan hududlar va o`simliklar qoplamini farqlash imkonini beradi. bu kombinatsiyaning yo`llar va shosselarni aniqlashda foydalanish uchun yaroqlilik darajasi kam hisoblanadi.

4,5,3. Bu yaqin, o`rta IQ(infraqizil) va ko`rinuvchi qizil nur kanallardan tashkil topgan kombinatsiya suv va quruqlik o`rtasidagi chegarani aniq farqlash va faqat ko`rinuvchi diapozondagi kanallardan foydalanilganda yomon ko`rinuvchi, yashirin tarkibiy qismlarni qayd qilish imkonini beradi. Bunda katta aniqlikda quruqlik ichida joylashgan suv ob`yektlarini aniqlash mumkin. Bu kombinatsiya jigarrang, yashil va pushti tonda berilgan, turli xil tusda o`simliklarni ifodalaydi. Bu kombinatsiya namlik darajasini tahlil qilish imkonini beradi va tuproqlar, o`simliklar qoplamini o`rganishda foydali hisoblanadi. Umumiy holatda, tuproqlarning namlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, shunchalik darajada to`q tusda ko`rinadi, bu holat IQ diapozonning suvda yutilishi bilan bog`liq hisoblanadi.

7,5,3. Bu kombinatsiya tabiiy rangga yaqin bo`lib, biroq shu bilan birgalikda atmosfera va tutunlar holatini tahlil qilish imkonini beradi. O`simliklar to`q tusli va och tusli yashil rangda, urbanizatsiyalashgan hududlar oqish tusda, yashil-havorang va malina rangda, tuproqlar, qum va minerallar juda ham turli xil rangda ifodalanishi mumkin. O`rta IQ –diapozonning suv , muz va qor qoplamida deyarli to`liq yutilishi qirg`oq chiziqlarini juda aniq belgilash va tasvirda suv ob`yektlarini aniqlash imkonini beradi. Qaynoq nuqtalar (masalan, issiq buloqlar,vulqonlar va yong`inlar kabi) qizg`ish yoki sariq rangda ifodalanadi.Bu kombinatsiyadan ehtimollikdagi foydalanish holatlaridan biri- bu, yong`inlarni monitoring qilishdan tashkil topadi. Suv bosgan hududlar 3-2-1 kombinatsiyadan farq qilib, juda to`q tusli ko`k rangda va deyarli qoramtir tusda ifodalanadi, bunda ushbu hududlar kulrang va yomon farqlanuvchi tavsifda ko`rinadi.

5,4,3. 4-5-1 kombinatsiya kabi, bu kombinatsiya qayta shifrlashda juda ko`p axborotlarni va rang kontrastlarini beradi. Sog`lom holatdagi o`simliklar yorqin yashil rangda , tuproqlar esa –pushti-binafsha rangda aks ettiriladi. Geologik jarayonlarni o`rganish imkonini beruvchi, 7-kanalni o`z ichiga oluvchi, 7-4-2 kombinatsiyadan farq qilib, bu kombinatsiya qishloq xo`jaligi ekin maydonlarini o`rganish imkonini beradi. Bu kombinatsiya o`simliklar qoplamini o`rganish uchun juda qulay bo`lib, o`rmon jamoalarining holatini tahlil qilish uchun keng foydalaniladi.

5,4,1. 7-4-2 kombinasiyaga o`xshash bu kombinatsiyada sog`lom holatdagi o`simliklar qolami yorqin yashil rangda aks ettiriladi, ushbu holat mustasno qilinganida, bu kombinatsiya qishloq xo`jaligi ekin maydonlarini tahlil qilish uchun juda yaxshi hisoblnadi.

7,5,4. Bu kombinatsiya birorta ko`rinuvchidiapozonini o`z ichiga olmaydiva atmosferaning holatini optimal darajada tahlil qilishni ta`minlaydi. Qirg`oq chiziqlari aniq farqlanadi. Tekstura va tuproqning namlik darajasini tahlil qilish uchun foydalanishi mumkin. O`simliklar qoplami havorangda ko`rinadi.

5,3,1.bu kombinatsiya topografik teksturalarni ko`rsatib beradi, shu bilan bir vaqtda 7-3-1 kombinatsiya kabi, tog` jinslarini farqlash imkonini beradi.

Yuqorida ta`kidlanganlardan kelib chiqib, aytish mumkinki, masofadan olingan tasvirlar materiallari yer maydonlarining cho`llanishini aniqlash va baholashda tuproq qoplamining xaritalarini tuzib chiqishda alohida darajada ahamiyatga ega hisoblanadi:ya`ni , turli xil relyef shakllari, o`lchamlari, yonbag`irlar nishabliklarining ekspozitsiyalari, geologik tuzilish tuproq hosil qiluvchi jinslarining tiplari, o`simliklar qoplami va boshqa holatlar haqida majmuaviy ma`lumotlarni beradi.





NDVI (normalized difference vegetation index-o`simliklarni farqlanishining me`yorlashtirilgan indeksi )-bu, eng mashhur indeks bo`lib, hisoblash uchun oddiy, vegetatsion indekslar orasida eng keng dinamik diapozonni qamrab olishi va GAT tarkibida o`simliklar qoplamining o`zgarishlariga nisbatan juda yaxshi sezgirlikka egaligi bilan tavsiflanadi.

NDVI qiymatini hisoblash naychali o`simliklarni aks etishi bo`yicha nisbatan barqaror holatdagi uchastkalardagi spektr egri chiziqlariga asoslanadi. Yuqori darajada fotosintez faolligi (o`simliklar qoplamining qalinligi) qizil spektr sohasida kam darajada ifodalanishi va infraqizil sohasida ko`proq darajada ifodalanishi qayd qilinadi. Bunda shunchaki oddiy nisbatlardan foydalanish emas, balki aks etish minimum va maksimum qiymatlari o`rtasidagi me`yorlashtirilgan farqlanish qiymatidan foydalanilganda o`lchash aniqlik darajasi ortadi, tasvirning yoritilishi farqi, bulut, tutunlar, atmosferadagi radiatsiya va boshqa shu kabi hodisalarning ta`siri kamaytirilishi imkoni tug`iladi. Tasvirda nisbata to`q tusli uchastkalar tuproqning namlik koeffisenti qiymati kata bo`lishi sharoitida o`simliklar qoplami mavjudligini tavsiflaydi. NDVI qiymati qanchalik kata bo`lsa, tasvir ob`yektlarining <>darajasi shunchalik yuqori bo`lishi e`tiborga olinadi.


Tadqiqot olib borilgan hududda 08.06.1980-yilda , 26.10.1989-yilda LANDSAT su`niy yo`ldoshi yordamida olingan tasvir fragmenti.(masshtab 1:200 000)



(V.X.Sherimbetov materiallari asosida)

Tadqiqot olib borilgan hududda 02.08.2000-yilda , 30.08.2009-yilda LANDSAT su`niy yo`ldoshi yordamida olingan tasvir fragmenti.(masshtab 1:200 000)



(V.X.Sherimbetov materiallari asosida)

Cho`llanish darajasini aniqlash maqsadida , Mirzacho`lda tarqalgan turli xil tuproqlar guruhlarining spectral sezgirligini o`rganish uchun Landsat 4-5 kosmik tasvirlaridan foydalaniladi.bunda su`niy yo`ldosh tasvirlari yuqori darajada ishonchli xaritalarni tuzib chiqish maqsadida , vegetatsiya davrida to`rt marta olingan. Kosmik tasvirlar ArcGIS 10 va ERDAS, ENVI 4.8 dasturlari yordamida qayta ishlanadi. Navbatdagi bosqichlarda yer maydonlari tuproqlarining sho`rlanish bosqichlari , o`simliklar qoplamining qalinlik darajasi va tuproq areallarining tarqalishi bo`yicha tavsiflash uchun raqamli shakllarga o`tkaziladi va o`rganilayotgan hududda cho`llanish xavfini aks ettiruvchi electron xaritalar tuzib chiqiladi.<> xaritasi kosmik tasvirlarni qayta ishlash va shunengdek, aerovizual kuzatish materiallari asosida ishlab chiqiladi.


O`rganilgan hudud o`simliklar qoplamining NDVI tahlili

Bunda ushbu xarita cho`llanish havfini xaritaga tushirishda asos sifatida o`rin tutadi va tuzilishi bo`yicha barcha o`zgarishlar dinamikasini o`zida aks ettiruvchi, hududning tabiiy cheklanishlarini genetic jihatdan tavsiflovchi, 85% ishonchli material hisoblanadi. Shunengdek , ushbu xaritada cho`llanish sinflari, tiplari va havf sabablari aks ettirilgan, bundan tashqari uning tarkibida o`simliklar qoplamining zichlashishi kuzatiluvchi ob`yektlar keltirilgan.

Cho`llanish jarayonlarini baholash mezonlarini tahlil qilish asosida cho`llanish havfi quyidagi sinflar ajratib ko`rsatilgan:

Kuchsiz darajada-5527ga (5%);

O`rtacha darajada (o`rtacha) -7132ga(6.5%);

Kuchli darajada-33701ga (30.7%);

Havf darajasi mavjud emas (o`simliklar qoplami )-63370ga (57.8%).


Yaylov hududlarini 30 metrgacha aniqlikda o`ranadigan Landsat 7 va 8 multispektral kosmik tasvirlardan fodalanish asosida amalga oshirildi. Kosmik tasvirlarni qayta ishlash ishlari Erdas Imagine va NDVI dasturiy mahsulotlaridan foydalanish asosida bajariladi. Birlashtirish Global Mapper dasturiy ta`minotida amalga oshiriladi.



Xaritani birlashtirgandan keyin, raqamli shaklga o`tkazish amalga oshiriladi va GAT tizimida raqamli xaritalar tuzib chiqiladi.ob-havo sharoitlari o`rganilgan hudud bo`yicha o`simliklar turlarining tavsiflari, Nurota dala tadqiqotlari tajriba uchastkasi , gidrigeologik shart-sharoitlar, yer yuzasi suv oqimlarining gidrografiyasi va sifati, suv yig`iluvchi havzalarning tuzilish xaritasi, orogidrigrafiya tarmoqlari xaritasini tuzish amalga oshirildi.

Nurota tumani tuproqlarining asosiy unumdorlik elementlari bo`yicha karta-sxemalar





Kosmik tasvirlar orqali aniqlangan, o`simliklar qoplamining doimiy ravishda monitoring qilinishi asosida amalga oshirilgan batafsil tadqiqotlar natijalari sho`rlanish maydomlarining tarqalishini prognoz tavsifda oldindan aytib berish va uni bartaraf qilish imkonini beradi.





Download 11.3 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Download 11.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



,2,1-“Tabiiy rang “ kombinatsiyasi

Download 11.3 Mb.