• Tekisliklar.
  • Borsakelmas, Asaka-Ovdan
  • Bo`kantov , Ovminzatov, Quljuqtov, Yetimtov
  • Tog`lari. Tyanshan va Hisor-Oloy
  • O`zbekiston yer yuzasi , geologik tuzilishi va foydali qazilmalari




    Download 11.3 Mb.
    bet23/30
    Sana21.07.2021
    Hajmi11.3 Mb.
    #15427
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
    2.3.O`zbekiston yer yuzasi , geologik tuzilishi va foydali qazilmalari.

    Darsning maqsadi:



    1. Talimiy: o`quvchilarga O`zbekiston yer yuzasi relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari to`g`risidagi bilimlarni berish .

    2. Tarbiyaviy: vatanga muhabbat, tabiatga mehr uyg`otish, ilmiy dunyo qarashni skakllantirish, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni o`rgatish.

    3. Rivojlantiruvchi: mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga o`rgatish, fanga qiziqishini orttirish.

    O`quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiyalar: O`.O`.R.K- muntazam ravishda o`z bilimini oshirishda geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish kompetensiyasi.

    Darsning turi: yangi bilimlarni beruvchi .

    Dars metodi: klaster, aqliy hujum, zinama-zina va h.k

    Dars jihozlari: O`zbekiston tabiiy xaritasi, darslik ,atlas.

    Didaktik jihoz : tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar.

    Dars uchun talab etiladigan vaqt 45 daqiqa.

    Darsning texnik chizmasi

    Darsning bosqichlari




    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    Yangimavzuniboshlashgahozirlik. O`tilganmavzunibaholash.

    10 daqiqa

    Yangi mavzuni yoritish

    15 daqiqa

    Guruhlarda ishlash, yangi mavzuni tahlil qilish

    10 daqiqa

    Uyga vazifa berish

    5 daqiqa

    Darsning borishi : (reja)

    Tashkiliy qism: a) salomlashish b) tozalikni aniqlash, d) davomatni aniqlash, c) darsga tayorgarlik ko`rish va dars rejasi.

    Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov, b) daftar tekshirish v) tarqatma materiallar orqali

    Otilgan mavzuni takrorlash: Ozbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh?

    Yangi mavzuni qisqacha mazmuni:



    Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O`zbekiston hududi ikki qismga bo`linadi, kata (78.7 % ) qismi tekislikdan, qolgan (21.3 %) qismi tog`lar va tog` oralig`idagi botilardan iboratdir . respublikamiz yer yuzasi g`arb va shimoli g`arbdan sharq va janubi sharqqa tomon ko`tarilib boradi. Tekisliklar. O`zbekistonnig tekislik qismi Turon tekisligining bir ismi bo`lib, uning g`arbi va shimoli g`arbini egallagan. Tekislikning shimoliy-g`arbiy chekkasida Ustyurt platosijoylshgan. U atrofdagi tekisliklardan va Orol dengizi yuzasidan tik ko`tarilib turadigan yonbag`irlar bilan o`rab olingan, ular chinklar deb yuritiladi. Platoning O`zbekistonjoylashgan qismining okean sathidan balandligi 120-180 m atrofida bo`lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovur qirida (292m). Ustyurtning yer yuzasi butunlay tekis bo`lmasdan bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Asaka-Ovdan va boshqalar) uchraydi, platoning janubi-sharqiy qismida esa Sariqamish botig`i joylashgan. Amudaryoning quyi oqimida juda kata delta hosil bo`lgan. Uning yuzasi daryoning qadimgi (Ko`hnadaryo, Daryoliq ) va hozirgi o`zanlari bilan kesilgan. Uning o`rta qismida tub tog` jinslaridan tuzilgan kichik-kichik balandliklar ko`zga tashlanadi. Amudaryo deltasidan shaqrda Qizilqum cho`li boshlanadi. Yer yuzasining tuzilishi juda xilma-xil. Bu yerda past tog`lar –Bo`kantov , Ovminzatov, Quljuqtov, Yetimtov,uning g`arbiy qismida esa Sulton Uvays tog`I qumli va gilli tekislilar orasida ko`tarilib turibdi. Qizilqumning kata qismini qumli tekislilar egallagan. Past tog`lar orasida esa botiqlar joylashgan. Bularga Mingbuloq , Oyoqog`itma, Qoraxotin va boshqalarni misol qilish mumkin. Ulardan Mingbuloq botig`ining tubi okean sathidan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum hududida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining qadimgi o`zanlari ham uchraydi. Qizilqum cho`lidan sharq va janubi sharqda Mirzacho`l, Qarnob, Qarshi, Malik, gilli cho`llari joylashgan. Tog`lari. Tyanshan va Hisor-Oloy tog` tizmalarining g`arbiy va janubi g`arbiy tarmoqlari O`zbekiston hududida joylashgan. Ularning okean sathidan balandligi janub va g`arb tomon asta sekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib ketadi. O`zbekistonnig shimoliy-sharqiy qismida G`arbiy Tyanshanning birqancha tog` tizmalari joylashgan. Bular Talas Olatovidan boshlanadi. Bularga Qorjontov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama kiradi. Talas Olatovi tizmasining eng baland cho`qqisi Manas cho`qqisi bo`lib, uning okean sathidan balandligi 4484 m dir. Chatqol tog` tizmasining O`zbekiston hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho`qqi bo`lib, uning balandligi 3309 m ga yetadi. Chatqol va Qurama tog` tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. G`arbiy Tyanshan tog` tizmasining ocean sathidan balandligi 2500-4000 m bo`lib, uning yuqori qismlarida muzliklar uchraydi.

    Farg`ona botig`ining markaziy qismi O`zbekistonda joylashgan bo`lib, g`arbdan Qurama , shimoldan Chatqol, sharqdan Farg`ona , janubdan Oloy, Turkiston tog` tizmalari o`rab olgan. Turkiston tog`idan shimoli g`arbga qarab Morguzar va Chumqor tog`lari ajralib chiqqan. Chumqor tog`ining faqat shimoliy yonbag`rigina O`zbekistonga qaraydi. Morguzar tizmasining shimoliy g`arbida Nurota tog` tizmalari o`rin olgan bo`lib, ular bir-biridan Sangzor daryosining <> darasi bilan ajralib turadi. Nurota ikki qismdan-shimoliy va janubiy tizmalaridan iborat. Shimoliy tog` tizmasidagi Hayotboshi cho`qqisining balandligi 2169 m ga yetadi. Janubiy nurota alohidako`tarilmalar (Oqtov, Qoratov, Qorachatog`, G`ubdintog` ) dan iborat.

    Zarafshon daryosi vodiysining janubida Zarafshon tizma tog`lari joylashgan bo`lib, u O`zbekiston hududida Chaqilkalon va Qoratepa nomlari bilan ataladi va ancha pasayib qoladi. Bu tog`larning g`arbida esa Zirabuloq, Ziyovuddin nomli past tog` tizmalari bo`lib, ularning eng baland qismi 1115 m ga yetadi. Zarafshon tizma tog`larining janubida Hisor tog` tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari (Yakkabog`, Surxontog`, Ko`hitang va boshqalar ) joylashgan. O`zbekistonnig eng baland cho`qqisi Hazrat Sulton (4643m) Hisor tog`ida joylashgan. Janubiy O`zbekistonda Bobotog` tizmasi ko`tarilgan bo`lib, Zarkosa cho`qqisining balandligi 2289 m dir.



    Download 11.3 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




    Download 11.3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston yer yuzasi , geologik tuzilishi va foydali qazilmalari

    Download 11.3 Mb.