III-BOB. GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARINING ZAMONAVIY DASTURLARIDA ISHLASH




Download 11.3 Mb.
bet26/30
Sana21.07.2021
Hajmi11.3 Mb.
#15427
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
III-BOB. GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARINING ZAMONAVIY DASTURLARIDA ISHLASH .

3.1. MapInfo dasturida ishlash .

MapInfodasturida ishni boshlash uchun MapInfo ikonasini sichqoncha tugmasini ikki marta ta`kidlab ko`rsatish kerak. Bir necha sekunddan so`ng «seans boshlanishi» “Nachalo seansa” dialogi paydo bo`lib, unda sizdan seansni nimadan boshlash kerak ekanligi so`raladi. Agar siz MapInfo bilan avval ishlagan bo`lsangiz, so`nggi seansgacha bo`lgan shakl holatini tiklashingiz mumkin. Buning uchun “Avvalgi seansni tiklang” “Vosstanoviti proshlqy seans” yoki yana ham oxirgi foydalangan “Avvalgi ish to`plami” “ Predqduo`iy Rabochiy nabor “ yoki boshqa “Ish to`plami “ “Rabochiy nabor” ni ochishingiz mumkin. Agar siz MapInfo bilan birinchi marta ishlayotgan bo`lsangiz, “Jadvalni “ “Tablitsu” shaklni tanlashingiz kerak. Yangi GAT dasturini tuzishda ham “Jadval “ “Tablitsa “ ni tanlashingiz kerak.

MapInfo GAT dasturining asosiy xususiyati- uning ommabopligidadir, ya`ni bu tizim: grafikli tasvirlarni o`qish (ko`rish) va ularga qayta ishlov, har bir qatlamining tavsifi foydalanuvchini talabidek ko`rsatilishi, taxrir qilinishi mumkin. Tashqi kartografik darcha matn darchasi kabi jihozlangan. U boshqa darchalarni ko`rsatish uchun gorizontal va vertikal aylantirish chizg`ichiga ega. Grafik darchadan nuqtali, chiziqli, yuzali va boshqa turdagi ob`yektlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. MapInfo dasturi hisobotlar tuzish, grafiklar va diagrammalar qurish, statistik kartalar ishlab chiqishning rivojlangan vositalariga ega. Dastur mavzuli kartalar, shartli belgilar va shriftlar yarata oladi. Ma`lumotlar bazasi orqali ob`yektning sifat va miqdoriy ko`rsatkichlarni aks ettiruvchi shkalalar tuzish yo`llariga ega. Bundan tashqari, dastur kartalarning shartli belgilarini hosil qilish, ularni tushuntiruvchi yozuvlar bilan ta`minlash va eng asosiysi, kartalarni taxrir qilish imkoniyatiga ega. MapInfo dasturi axborot-ma`lumotnoma turkumidagi shaxsiy GAT hisoblanadi. Yuqoridagi qayd etilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, MapInfo Gegrafik axborot tizimida mo`jiza yaratsa bo`lar ekan, degan fikr paydo bo`ladi, chunki asosiy kartaga tayyorlangan qatlamni qo`shsak so`raglan zahoti-“Karta tayyor”, degan javob chiqadi! Lekin, kartani tayyorlash jarayonida qanday texnologiyalar tanlanilishidan qat`iy nazar, jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.

Karta tuzishga kirishishdan avval, mutaxasis natija qanday bo`lishini aniq tasavvur qilishi , kartaning masshtabi, unda qancha hudud aks ettirilishi, qaysi elementlar asosiy va qaysilari ikkinchi darajali, batafsillik darajasi qanday, jarayonlarini ko`rsatish qaysi materiallar asosida bajarilishi, hududning xususiyati va hokazolarni aniq bilishi kerak,aks holda karta tuzishni tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun MapInfo dasturida karta tuzilayotganida, redaktor tomonidan katta tahririy tayyorgarlik ishlari bajariladi. Aynan u hamma yuqorida keltirilgan savollarni o`rganadi va karta dasturida yoki redaktsion ko`rsatmalar hujjatlarda qayd etadi. Bunday hujjatlarning mazmuni, tarkibi, ularga qo`yiladigan talablar “Kartashunoslik, Umumgeografik kartalarni loyihalash va tuzish, Tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish” va boshqa kurslarda batafsil bayon etilganligi sababli, uslubiy qo`llanmada redaktorlik ishlari jarayoni ko`rib chiqilmagan. GAT texnologiyasida kartalarni tuzishda ma`lumotlar raqamli ko`rinishga keltiriladi. Raqamlash 2 xil usulda –maxsus moslamalar yordamida kartografik materiallarni skanerlash va digitalizatsiya qilish, so`ngra vektorli ko`rinishga keltirish, yoki rastrli ma`lumotlarni vektorlash yo`li bilan amalga oshadi. Ma`lumotlar bazasi yaratilgandan keyin, ob`yektlarga mavzusiga qarab ma`lumotlar (atributiv axborotlar) beriladi, ularga oid jadvallar to`ldiriladi, shundan keyin kartani mavzuli qatlamlarini tuzishga bevosita kirishiladi.

Ma`lumki, hozirgi kunda kartografiyada 11 ta tasvirlash usullari mavjud:

1. Belgilar usuli;

2. Nuqtalar usuli;

3. Izoliniyalar usuli;

4. Areallar usuli;

5. Sifatli rang usuli;

6. Miqdorli rang usulu;

7.Kartogramma usuli;

8. Kartodiagramma usuli;

9. Bir joyga tegishli diagrammalar usuli;

10. Harakatdagi belgilar usuli;

11. Chiziqli belgilar usuli;





Download 11.3 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Download 11.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III-BOB. GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARINING ZAMONAVIY DASTURLARIDA ISHLASH

Download 11.3 Mb.