MapInfo dasturida karat tuzish usullari




Download 11.3 Mb.
bet27/30
Sana21.07.2021
Hajmi11.3 Mb.
#15427
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
3.2MapInfo dasturida karat tuzish usullari.

MapInfo dasturida sifatli rang usuliga – “Alohida qiymatlar “ “Otdelьnqe znacheniya” usuli; kartogrammalar usuliga – “ Qiymatlar diapozoni” “Diapozonq znacheniy”; nuqtalar usuliga- “ Nuqtalar zichligi” “Plotnostь tochek”; belgilar usuliga – “O`lchamli belgilar “ “Razmernqe simvolq” ; izoliniyalar usuliga – “Yuza ““Poverxnostь” ; kartogrammalar usuliga – “Ustunli va aylanmali diagrammalar”“Stolbchatqe i krugovqe diagrammq” to`g`ri keladi.

Mavzuli qatlamlarni hosil qilish jarayonini respublikamizning gidrologik mazmunga ega kartalarini tuzish misolida ko`rib chiqamiz.

“Alohida qiymatlar” usulida karta tuzishda MapInfo nuqtali, chziqli va maydoli ob`yektlarni mavzu bo`yicha ajratish imkonini beradi. Buning uchun jadvalda berilgan maydon ko`rinishiga ega bo`lgan alohida qiymatlar tanlanadi. Dastur har bir qiymayga mos keluvchi rangni tanlaydi. Zarur bo`lganda, foydalanuvchining hoxishiga qarab rang o`zgartiriladi. Bu usul o`simlik, tuproq, yer sifati, qiyaliklar ekspozitsiyasi, siyosiy-ma`muriy va boshqa kartalarni tuzishda qo`llaniladi.



“Qiymatlar diapozoni” “Diapozon znacheniy”usulidan foydalanishda MapInfo ob`yektlarining bir-biriga yaqin bo`lgan qiymatlarni guruhlaydi va tuzilgan ushbu guruhlarga bir xil ranglarni , belgilarni yoki chiziqlarni beradi. “Qiymatlar dizpozoni” usuli ob`yektlarning o`lchami, ularning raqamli qiymatlari bilan bevosita bog`liq bo`lgan hollarda ham qo`llaniladi. Bu usuldan kartalarda ma`muriy yoki territorial x`ojalik birliklar bo`yicha nisbiy kartografik ko`rsatkichlarni tasvirlashda, ya`ni aholi zichligi, xo`jalik yoki territorial birliklari va boshqa ko`rsatkichlari turli bo`lgan agrokimyoviy mazmunli kartalarni tuzishda foydalaniladi.

Viloyatalar bo`yicha yer soliqlari stavkalari.



“Yuza” “Poverxnostь”usulida MapInfo kartaning mavzuli ma`lumotlarni uzluksiz rangli bo`yoqlari bilan rastrlangan yuza ko`rinishida ifodalaydi. Yuzalar tasvirlangan kartalar ko`pchilik geoinformatsion tizimlar ishlatiladi, bunda raqamli ma`lumotlar biror bir iymatga ega bo`lib, lokal bir nuqtaga tegishli , deb qaraladi. Masalan, yuza usulini haroratni o`zgarishi,qor oplami qalinligi yoki topografik yuzaning relyefini tasvirlashda foydalanish mumkin. Yuza tipidagi shartli belgilarni tuzishda “ O`lchamli belgilar” “Razernqe simvolq” turli o`lchamdagi belgilarni qo`llab , ular orqali har xil qiymatlarni ko`rsatish mumkin. Quyida keltirilgan “ O`lchamli belgilar” “Razernqe simvolq” tipidagi shartli belgili qatlam turli ma`muriy okruglarida turar joy va jamoat ob`yekylari qurilish miqdorini ko`rsatadi.

“O`lchamli belgilar “ usulida tuzilgan karta.


“O`lchamli belgilar usulini kartadagi grafik tipidagi ob`yektlar uchun qo`llash mumkin. Bunday shartli belgilar raqamli ma`lumotlarni tasvirlash uchun juda qulaydir. “O`lchamli belgilar “ usulida karta yaratishda belgilarning ko`rinishi, rangi va o`lchamlarini tanlash kerak. Belgilarning ko`rsatkichlarini o`zgartirish uchun “O`lchamli belgilarni sozlash “ “Nastroyka razmernqxsimvolov” dialogidagi tugmani bosish kerak. “Belgi shakli “ “ Stilь simvola” dialogi paydo bo`ladi. “O`lchamli belgilar”ning standart turi – qizil aylanalaridir. Belgilar o`lchamlarini tanlashda ma`lumotlar qiymati va ularga mos keladigan o`lchamlarga ega bo`lgan darchalar paydo bo`ladi. Kartani tuzishda belgilarning hamma o`lchamini ishlatish mumkin, ya`ni noldan to maksimal ko`rsatilgan o`lchamlargacha. Kichik qiymatlarga yirik belgilar mos kelishi uchun belgilarning o`lchamini maksimal darachada kattalashtirish kerak. Ob`yektlarni belgilar usulida tasvirlash uchun, hatto , manfiy qymatlarni ham ishlatsa bo`ladi bundan tashqari, alohida darchada musbat qiymatli yozuvlar taqqoslanganda, ko`rinishi bo`yicha farqlanuvchi belgilarni ham tanlash mumkin.

Bu holda yangi dialog “Belgili shaklida” “Stilьsimvola” dialogi ochiladi, bunda belgi turini tanlash, uning rangini va o`lchamini o`zgartirish mumkin. Belgi o`lchamini standart shaklining manfiy qiymatini ko`k aylanada ifodalaydi. Usul shahar va viloyatdagi aholi sonining nisbiyligi, shahar va viloyatda sanoat korxonalari tiplarini ifodalovchi kartalarni tuzishda qo`llanadi. “Nuqtalar zichligi” “Plotnostь tochek” usuli kartada ayrim hudud tarkibida tarqalgan ob`yektlarning qiymatini ifodalashda qo`llaniladi.har bir hudud ichidagi nuqtalarning umumiy soni shu hududga tegishli bo`lgan ob`yektning qiymatini bildiradi. Bu usuldan, shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlar maydoni, chorvachilik va boshqa kartalarni yaratishda foydalansa bo`ladi.



“Nuqtalar zichligi” usulida tuzilgan karta.

“Nuqtalar zichligi” “Plotnostь tochek”usulida mavzuli kartalarni yaratishda nuqtaning “ vazni “ tushunchasi kiritiladi, ya`ni bitta nuqtaning qiymati belgilaniladi. Hudud ichidagi nuqtalar MapInfo tomonidan ixtiyoriy tarzda, avtomatik holada qo`yiladi.

“Ustunli diagrammalar” “ Stolbchatqe diagrammq”usulida dastur mavzuli kartada bir necha o`zgaruvchini aks ettirish imkonini beradi. Kartada har bir yuzali grafik ob`yektining markaziga bog`langan alohida ustunli disgramma tuziladi. Har bir ustunlarda ifodalangan o`zgaruvchi qiymatlar grafiklari bir-birini taqqoslash imkoniga ega.

Quyida keltirilgan kartada “Ustunli diagrammalar” qatlami orqali viloyatlar bo`yicha ijara to`lovlarining taqsimlanishi aks ettirilgan. Diagrammadagi ustun rangi turli to`lovlarni, ustun balandligi-to`lov o`lchamini bildiradi.


Ustunli diagrammalar usulida tuzilgan karta.

Dasturning “Aylanali diagrammalar “ “ Krugovqe diagrammq” usuli bir qancha mavzuli ko`rsatkichlarni bir vaqtda tahlil qilishga imkon beradi. Kartada diagrammaning bo`lagi kattaligi o`zgaruvchi qiymatlarining miqdorini aniqlaydi, uni o`sha diagrammadagi boshqa bo`laklar bilan va hatto boshqa diagrammadagi bo`laklar bilan taqqoslash mumkin. Aylanali va ustunli diagrammalardan xususan demografik tahlillarda foydalaniladi. Foyadalanuvchi aylanali diagrammalar hamma sektorlari rangini, sektorlar chegaralarini va diagramma tipini tanlashi mumkin. Diagrammaning birinchi sektorlarining boshlang`ich burchagini, sektorlar tartibini soat strelkasi bo`yicha yoki unga teskari yo`nalishi bo`yicha tanlashi mumkin. Ustunli diagrammalar kabi aylanali diagrammalarga ham ularning joylashish nuqtasini berish mumkin. Standart joylashtirishda markaziy nuqta tanlanadi.

Quydagi rasmda keltirilgan “Aylanali diagrammalar “ “ Krugovqe diagrammq” usulida tuzilgan karta aks ettirilgan. Aylana o`lchami rayondagi umumiy yer maydonini ko`rsatadi. Diagrammaning sektorlari yerlarning har bir kategoriyalarini ifodalaydi. Sektorning maydoni bilan yerdan foydalanishning umumiy strukturasida shu yerlarning nisbiy maydonini belgilash mumkin.



“Aylanali diagrammalar,” kartodiagramma va boshqa usullar yordamida tuzilgan karta.

“Qiymatlar diapozoni” “Diapozon znacheniy” usulida mavzuli kartalarni yaratish uchun ishni quyiodagi tartibda bajarish kerak:

1. “Karta” “Mavzuli karta yaratish” “Karta “ “Sozdatь tematicheskuyu kartu” kamandasini bajaring va ekranda “Mavzuli karta yaratish” kamandasini bajaring va ekranda “Mavzuli karta yaratish 3 tadan 1 –chi qadam “ “Sozdanie tematicheskoy kartq 1-shag iz 3 “ dialogi chiqadi.

2. “Diapozonlar “ “Diapozonq” va “Uzoqga” “Dalьshiy” tugamasini bosganida, ekranda “Mavzuli karta yaratish – 3 tadan 2-qadam “ “Sozdanie tematicheskoy kartq 2-shag iz 3 “ dialogi chiqadi

3. Ob`yektlari ajratiladigan jadvalni, qiymatlari mavzuli o`zgaruvchi sifatida foydalniladigan maydonni (yuzani) tanlag yoki ifodani yozing.

4. “Uzoqga” “Dalьshiy” tugmasini bosing va ekranda “ “Mavzuli karta yaratish -3 tadan 3 qadam “ “Sozdanie tematicheskoy kartq 3-shag iz 3 “ dialogi chiqadi.

5. OK tugmasini bosing . karta darchasida mavzuli qatlam hosil bo`ladi.




Download 11.3 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Download 11.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MapInfo dasturida karat tuzish usullari

Download 11.3 Mb.