6-Amaliy: Mavzu: sochiluvchan materiallarni klastifikatsiyasi va saralash reja




Download 36.47 Kb.
bet1/2
Sana18.09.2023
Hajmi36.47 Kb.
#82482
  1   2
Bog'liq
6-amaliy
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ

6-Amaliy:
Mavzu: SOCHILUVCHAN MATERIALLARNI KLASTIFIKATSIYASI VA SARALASH
Reja:
1.Elash jarayoni, usullari, elaklar tuzilishi
2.Gidravlik saralash
3. Havo oqimida saralash
Qishloq xujaligi maxsulotlarini etishtirish saqlash va kayta ishlashda materiallarga mexanik ishlov berish, kizdirish, quritish, pishirish, eritish kabi texnologik jarayonlarda material donachalarini granulometrik tarkibi muxim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bir xil o‘lchamdagi material bo‘lakchali aralashmaga sarflanadigan tashki energiya qiymati nazariy xisoblashlarga mos keladi. Turlicha o‘lchamdagi material aralashmasiga sarflanuvchi tashki energiya qiymatini nazariy yo‘l bilan xisoblash qiyin hamda bunday aralashmalarga ishlov berish jarayonlari iqtisodiy jihatdan samarasizdir. SHu maqsadda sanoatda material donachalarini granulometrik tarkibini bir xil qilish usuli-saralash qo‘llaniladi. Saralash deganda donador material zarrachalarini geometrik o‘lchamlariga qarab guruhlarga ajratish tushuniladi.Jarayonda qo‘llanilayotgan kuch harakteriga qarab saralashning 3 turi mavjud:
1.Mexanik saralash-donador materiallarni teshikli to‘siqlar -saralash elemetlari yordamida ajratish.Saralash elementlari bo‘lib bu jarayonda elaklar va g‘alvirlar xizmat qiladi.
2.Gidravlik saralash-suvda material donachalarining og‘irlik kuchlari xisobiga cho‘kishiga asoslangan.
3.Havo oqimida saralash- material bo‘laklarini og‘irlik kuchi xisobiga havo oqimida cho‘kishiga asoslangan.
Mexanik saralashda qo‘llaniladigan qurilmalar saralagichlar deb yuritilib, ularning yuzasi g‘alvir va elaklardan iborat bo‘ladi. G‘alvir va elaklar teshikli turlar kabi bo‘lib, saralanuvchi material bo‘laklari o‘lchamlariga qarab ularni tanlash lozim.
G‘alvir metall listlardan teshik teshib tayyorlanadi. Odatda teshiklar aylana, kvadrat shakllarda, o‘lchamlari 3 mm dan katta, teshiklar yuzasi 50 % ni tashkil qiladi. Elaklar sim(po‘lat,mis,bronza) va iplar yordamida to‘qilgan bo‘lib teshiklarning umumiy yuzasi 70% gacha tashkil qiladi. Keyingi paytlarda rezinali va sintetik iplardan foydalanish ham yo‘lga qo‘yilgan. Sintetik iplar asosidagi(poliamid,poliefiremala,polipropilen­,polietilen)elaklar chidamliligi juda balandligi,soddaligi,yuqori t ga (300S ga­cha)chidamligi va namga bardosh bera olishi bilan afzaldir.
Elaklarning quyidagi turlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz:
Tekis tebranuvchan elak. O‘rtacha va dag‘al maydalash mahsulotlarini sa­ralashda ishlatiladi.Ularning 2 turi mavjud.
1) Qiya o‘rnatilgan elak
2) osma o‘rnatilgan tebranuvchi elak
Qurilma quyidagicha ishlaydi: g‘ildiriakchalarga 2-4o qiyalikda joylashtirilgan elak tirsakli o‘q yordamida ikki yo‘naltirgich orasida ilgarilanma-teskari harakat qiladi.
U har soniyada 50 dan 200 martagacha tebranib, amplitudasi 200 mm gacha bo‘ladi. Mukammallashtirilgan qurilmalarda elak kutisi bilan oshik-moshikli ilmokga o‘rnatilgan bo‘lib, ilgarilanma-teskari harakat qiladi. Bunda 2-3 tebranma elak ustma-ust qo‘yib joylashtirlgan bo‘ladi. Masalan, maydalangan xom ashyoni nastoyka yoki ekstarkt tayyorlashdan oldin ikkita ketma-ket joylashgan elakdan o‘tkazish maqsadga muvofikdir. Xom ashyo xampadan teshigi kichiq bo‘lgan elakka tushib elanadi. Bunda diametri 0,5 mm dan kichiq bo‘lgan zarrachalar o‘tadi. CHang va mayda zarrachalardan tozalangan xom ashyo ikkinchi elakda elanganda 3 mm dan kichik bo‘lgan hamma zarrachalar o‘tadi, elakda qolganlari esa qaytadan maydalashga yuboriladi.
Zirillovchi elaklar. Zirillovchi (vibratsion) elaklar elektromagnitli, giratsion (o‘ki markaz chetida bo‘lgan) va inersion elaklarga bo‘linadi. Zirillovchi elaklarni mayda tolkonlarni elashda ishlatish maqsadga muvofikdir, chunki eirillovchi harakat elak teshiklariga tolkon tiqilib qolishining oldini oladi.
Elektromagnitli zirillovchi elakda ilgarlanma-teskari qaytariladigan harakat elakka mahkamlanib qo‘yilgan yakorning navbatma-navbat magnitlanishi va magnitsizlanishi xisobiga amalga oshadi.
Asbob elektr tarmogiga ulan rasmda keltirilgan: ganda eletromagnit yakorni va unga mahkamlab qo‘yilgan elakni uziga tortadi, bu vaqtda ung tomondagi ulagich uziladi va yakor magnitsizlanadi, elakni orqaga harakati kuchli prujinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu jaaren 200 marta, 3 mm amplituda bilan uzluksiz davom etaveradi.
Griatsion elaklar. Har xil o‘lchovdagi bitta, ikkita va uchta elakdan tashkil topgan bo‘ladi.
Elakli kutidan, prujinali tirgovich va tayanch ramadan tashkil topgan. Harakatlantiruvchi mexanizm harakatni tasmadan oladigan ekssentrikli o‘qdan tashkil topgan.
O‘q ikkita muvozanatni ushlab turadigan toshlari bo‘lgan maxovikka mustaxkamlangan bo‘ladi. Ekssentrikli o‘q aylanganda elanadigan tolkon karama-qarshi oqimda aylanma harakatga kelib, uning yaxshi saralanishiga olib keladi
.Do‘mbirali elaydigan dastgoxlar. Ular yuzasi elakli aylanadigan do‘mbiradan tashkil topgan bo‘lib, 3-80 qiyalikda joylashtirilgandir. Elanadigan material do‘mbira ichiga solinadi va aylanganda elak teshiklaridan o‘tadi, katta bo‘laklar va tashlandiq moddalar do‘mbira oxiriga yig‘iladi va chiqarib tashlanadi.
Odatda do‘mbira gilofli bo‘ladi. Do‘mbiraning bitta yoki 2-3 elakli yuzasi bo‘lishi mumkin. Do‘mbira tishli yoki friksion uzatgichlar yordamida harakatga keltiriladi. Agar friksion uzatgich bo‘lsa, do‘mbira aylanadigan g‘ildarkcha (rolik) larga o‘rnatilgan bo‘ladi. Do‘mbirali elaydigan dastgoxlar daqiqasiga 10 dan 25 martagacha aylanadi.
Barabanli elak. Quruq materiallarni elashda ishlatiladi. Konstruksiya jihatidan silindrik, ko‘pburchak va konussimon shakllarda bo‘ladi.Tayanch organiga qarab valga va roliklarga o‘rnatilgan turlari mavjud.
Qishloq xo‘jaligida sochiluvchan donador materiallarni suv oqimida xam saralash ba’zi xolatlarda muxum bshladi. Bunday jarayonlarda suv oqimidagi qattiq zarrachalar o‘zlarining og‘irligi xisobiga cho‘kadi. Bu to‘grida biz turli jinsli sistemalar va ularni ajratish mavzusida ba’tafsil so‘z yuritamiz. Lekin xozir saralashda keng tarqalgan qurilmalardan biri gidrotsiklon to‘grisida so‘z yuritamiz.
Gidrotsiklonlar-silindrsimon qobiqqa ega bo‘lib, uning d 80 mm dan 700 mm gacha bo‘ladi.Apparatning pastki qismi esa 10-20 0S burchak bilan konussimon qilib tayyorlanadi.Ularning tuzilishi oddiy bo‘lishligidan tash­qari, ularda yuz beradigan jarayonlar anchagina murakkab gidrodinamik xo­lat bilan belgilanadi. 7-rasm. Gidrotsiklon tuzilishi. 1-CHo‘kma tushadigan potrubok 2-konussimon qism. 3-silindrsimon qism. 4-suspenziya beriladigan potrubka. 5-tindirish qismiga chiqaruvchi potrubka.
          1. Suspenziya (4) dan 0,2-0,3 m Pa va undan yuko bosimda tangen-sial bur­chak bilan beriladi. Suspenziya qurilmaning silindrsimon yuzasidan vinsimon yo‘nalishda pastga qarab spiralsimon harakat qiladi.Bu harakatda d katta zarracha­lar uzokka otiladi va konussimon qism devoriga borib tegib tezligini yo‘qotadi va pastga tushadi.Engil fraksiyali zarrachalar teskari harakat oladi (vint atrofida) va yuqoriga harakatlanib 5 potrubka orqali fugat shaklida chiqib ketadi.Gidrotsiklonlar kumni shlamdan tozalashda,kaolinni, dala shtatini gilni tozalashda ishlatiladi.

Gidrotsiklonlarni normal ishlashi uchun yuqorigi va pastki potruboklar diametrlarining nisbati katta ahamiyatga ega.Agar
(9)
bo‘lsa yaxshi ishlaydi.
Gidrotsiklondagi cho‘kish darajasi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi
(10)
Gkch- qattiq fazaning 1m3 suyuq fazaga nisbatan olingan cho‘kmadagi massaviy miqdori.
Gks-k.fazaning 1m3 suyuq fazaga nisbatan olingan suspenziyadagi miqdori.
Gidrotsiklonning ish unumdorligi xajmiy
(11)
- sarf koeffitsienti; R-gidrotsiklondagi bosim farqi(kirish va chiqishdagi)
-suyuqlik muxitini zichligi,dn-suspenziya kiradigan potrubokning diametri.
Gidorsiklonlar afzalligi:uzluksiz rejimda ishlashi,tuzilishi oddiy,narxi arzon, harakat qiladigan qismlari yo‘q, joy egallay­di,ajratish darajasi yuqori .
Massa ajratish unumdorligi quyidagicha topiladi:
(12)
D-diametr g/s,sm
d-suspenziya beruvchi potrubka diametri,sm
g-erkin tushish tezligi sm/cek2 N-kirish potrubkasidagi bosim,mPa.

Download 36.47 Kb.
  1   2




Download 36.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-Amaliy: Mavzu: sochiluvchan materiallarni klastifikatsiyasi va saralash reja

Download 36.47 Kb.