Vektor ma`lumotlarni kiritish uslublari




Download 11.3 Mb.
bet19/30
Sana21.07.2021
Hajmi11.3 Mb.
#15427
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Vektor ma`lumotlarni kiritish uslublari.Vektor GAT tarkibida atribut ma`lumotlarni ko`p holatlarda kompyuter klaviaturasidan foydalanib kiritiladi. Garchi, bu jarayonni amalga oshirish chegeraviy darajada oddiy tavsifga ega bo`lsa-da, biroq grafik ob`yektlarni kiritishdagi kabi, diqqat etiborni talab qiladi. Vektor formatlariga PGJ, Postcript , AutoCAD DXF larni misol qilish mumkin. AutoCAD formati ma`lumotlarni chizish uchun mo`ljallangan. Unda ichki formati ma`lumotlarni saqlash uchun, tashqi DXF formati orqali fayllar bitta kompyuterdan boshqasiga, yoki bitta dasturdan boshqasiga ko`chirish uchun ishlatiladi. GATda bu format fatllarni yaxshilab tushnib, ularni to`liq idora qilish imkoniyatini yaratadi.

GATning axborotlarga tegishli ta`minotini makinga oid ma`lumotlar manbalari tashkil qiladi.Makonga oid malumotlar manbalarining nisbatan keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiritiladi:

-Topografik xaritalar va anolog (o`xshash tavsifga ega bo`lgan ) sifatda planlar;

-Topografik xaritalar va raqamli planlar;

-Elektron taxeometrlar va global tizim sifatida joylashish holatiga aniqlik kiritish maqsadida foydalanuvchi qabul qilish qurilmalari yordamida amalga oshiriluvchi o`lchashlar ma`lumotlari, topografik tasvirga olish ma`lumotlari;

-Yerni masofadan turib zondlash materiallari;

-Geomakonga oid asos sifatidagi (bazaga oid ) ma`lumotlarni to`plamlari;

-Makonga oid raqamli ma`lumotlar bo`yicha Internet tarmog`i manbalari;

-Umumiy geografik va mavzularga oid xaritalar;

-Yerni qurilish sohasiga tegishli hujjatlari;

-Shahar qurilish sohasiga tegishli hujjatlari;

Nisbatan keng tarqalgan, smatik tavsifga ega bo`lgan ma`lumotlar manbalari sifatida-jadvallar va matn shaklidagi ma`lumotlarni ko`rsatib o`tish mumkin. Hozirgi vaqtda yerning suniy yo`ldoshlari soninig ortishi va o`z navbatida arxiv ma`lumotlar miqdori ko`payishi hisobiga, yuqori darajada ruxsat etilish qiymatiga ega (tiniq) bo`lgan kosmik tasvirlardan foydalanish asosida GAT uchun ma`lumotlarni yig`ish borgan sari keng ommalashmoqda. Kosmik tasvirlardan fotografik yoki skanerlash tizimlari yordamida foydalaniladi . Kosmik tasvirlar maxsus asboblar –yani, datchik (sezgir moslama) yordamida olinadi bunda ushbu sergir moslamalar nofaol va faol tavsifga ega bo`lishi qayd qilinadi, yani bunda nofaol sezgir moslamalari aks etuvchi (qaytgan) yoki tarqatiluvchi tabiiy nurlanishni tutib olish funksiyasini bajaradi, faol tavsifga ega bo`lgan sezgir moslamalar esa- talab qilingan segnalni dastlab o`zi chiqaradi va ushbu segnalning ob`yektga tegib qaytishidan keyin, uni qabul qiladi. Shunengdek,yuqori darajadagi ruxsat etilishi va geometrik jihatdan aniqlik taminlanishi imkonini beruvchi , panxromatik tavsifga ega bo`lgan foto qurilmalar va ko`p spektrli fotokameralar yordamida ishlangan kosmik tizimlardan ham foydalaniladi.

Kartografik proyeksiya uch o`lchamli yer yuzining yassi ko`rinishidagi ikki o`lchamli shakliga qayta o`zgartirilishi hisoblanadi. Bu jarayon geometrik figuralar yoki yo`nalishlar shaklidagi, masofa, maydonga tegishli bo`lgan kartografik meyordan chetga og`ishlarini yuzaga keltiradi. Natijada barcha yassi shakldagi xaritalarda ma`lum darajada makonga oid buzilishlar mavjud hisoblanadi. Foydalaniluvchi proyeksiyaning tipi xaritada mavjud ushbu buzilishlar tiplari va ularning ifodalanish darajasini belgilab beradi. Alohida kartografik proyeksiyalarda boshqa xossalar o`zgarishi hisobiga yoki kompromis sifdatida aniqlik darajasi kamaytirilgan bir nechta xossalari hisobiga bitta xossaning buzilmagan tarzda saqlanishi mumkin.GAT tarkibida joyning uch o`lchamli modeli joyning relyefini hisobga olgan holda tuzib chiqilgan yuza tasviri bo`lib, bunda vektor, rastr yoki matritsa tavsifidagi xarita tasviri ifodalanishi mumkin va uning tarkibida ikki o`lchamli xarita ob`yektlariga mos keluvchi uch o`lchamli ob`yektlar joylashtirib chiqiladi. Uch o`lhamli model to`liq holatdagi uch o`lchamli xarita hisoblanadi, bunda ushbu model ob`yekt haqidagi ma`lumotlar bo`yicha so`rovlarni amalga oshirish, uning tashqi ko`rinishini va tavsiflarini tahrirlash maqsadlarida ushbu modelning tarkibiy ob`yektlarini tanlash imkonini beradi. Uch o`lchamli model tarkibida yerda joylashgan va shunengdek , yer ostida joylashgan ob`yektlarni ko`rish mumkin.




Download 11.3 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Download 11.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vektor ma`lumotlarni kiritish uslublari

Download 11.3 Mb.