• II-BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA GAT DAN FOYDALANISH YO`LLARI. 2.1 Geografik axborot tizimlar yordamida karta tuzish.
  • Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o




    Download 11.3 Mb.
    bet17/30
    Sana21.07.2021
    Hajmi11.3 Mb.
    #15427
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
    Matematika va statistika :

    GAT matemetikaning turli sohalarida –geometriya, shakllar va ma`lumotlar bazasi nazariyasi, boshqarishni optimallashtirish, statistika va boshqarish tizimlarini loyihalashda, fazoviy ma`lumotlarni tahlil qilishda va modellashtirishda keng qo`llanilmoqda.



    II-BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA GAT DAN FOYDALANISH YO`LLARI.

    2.1 Geografik axborot tizimlar yordamida karta tuzish.

    Karta yaratish texnologiyasining an`anaviy qog`ozli usuli bilan bir qatorda keying 10-15 yil ichida kompyuterli-geografik axborot tizimlardan foydalanish texnologiyasi rivojlanib kelmoqda. Kartalar yaratishning GAT-texnologiyasi eng ko`p tasavvur etiladigan umumiy shakllari quyidagi ko`rinishdadir:

    1.dastlabki materiallarni tayorlash va ma`lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish:

    a) elektron taxeometrlar to`plovchilaridan;

    b) GPS qabul qiluvchilaridan;

    v) tasvirlarni qayta ishlash tizimi orqali;

    g) tadqiqot materiallari, muallif yoki karta tuzuvchilarning orginallari, shunengdek mavjud kartografik materiallardan;

    d) dastlabki materiallarni skanerlash va olingan rastrli tasvirni bir xil o`lchov birligiga keltirishdan iborat.

    2. Yaratiladigan karta qatlamlari va ularga tegishli jadvallarni tuzish va taxrir qilish hamda ma`lumotlar bazasini tuzish.

    3. Obyektlarning tasnifli, jadvalli va matnli ma`lumotlarini kiritish.

    4. Karta uchun tasvirlash usullarini tanlash.

    5. Qatlamlarni ustma–ust joylashtirish, kartaning mavzuli mazmunini ishlab chiqish va taxrir qilish.

    6. Kartaning komponovkasini ishlab chiqib, uning nashrli nusxasini hosil qilish.

    7. Kartani nashr qilish.

    Ma`lumotlar tushunchasi orqali obyektlar haqidagi yoki ushbu obyektlarni o`lchash natijalari haqidagi dalillar yig`indisi tushuniladi. GAT tarkibida foydalanuvchi ma`lumotlar yuqori darajada rasmiylashtirilish tavsifiga egaligi bilan farqlanadi. Ma`lumotlar - bu axborotlarni tuzib chiqish jarayonida foydalanuvchi qurilish elementi sifatida o`rin tutadi va ma`lumotlarni qayta ishlash jarayonida hosil qilinadi. Ma`lumotlarning quyidagi tiplari ajratib ko`rsatiladi:

    Raqmli ma`lumotlar- sonlar;

    Mantiqiy ma`lumotlar- <>-<>;

    Matn shakldagi ma`lumotlar - ixtiyoriy matn yoki berilgan atamalar to`plami (masalan, lug`at ) asosida tuzib chiqilgan matn. GATda ma`lumotlarning bir biriga bog`langan ikki modeli mavjud. Ular xaritaning va atribut ma`lumotlar modellaridir. Ushbu modellar yordamida ma`lumotlar kompyuter xotirasiga joylaniladi va kerak bo`lsa topiladi. Ma`lumotlar bazalarini shakllantirish jarayoni bir nechta bosqichlardan iborat:



    1. Ob`yektlarning koordinatalarini bildiradigan fazoviy ma`lumotlarni kiritish.

    2. Ob`yektlarning xususiyatlarini bildiradigan sonli va sifat ko`rsatkichlarni, ya`ni atribut ma`lumotlarni kiritish.

    3. Ushbu ikki xil ma`lumotlarni orasidagi munosabatlarni aniqlashga to`g`ri keladi.

    Ob`yektlarning koordinatalarini bildiradigan ma`lumotlarni raqamli tarzga aylantirib kompyuter xotirasiga kiritiladi. Kiritishdan so`ng ma`lumotlar qayta ishlashga to`g`ri keladi. Tekis yuzada madonli ob`yektlarni yagona klass qilib ustma-ust tushirib bo`lmaydi. Ma`lumotlarni raqamli tarzga aylantirish murakkab jarayon bo`lib, kompyuter xotirasiga kiritiladigan nuqtalarni saralab olish va chiziqlarni shu orqali «chizganda»ko`p xar xil xatolar paydo bo`lishi mumkin. GATda nuqtalarni kiritish jarayoni mobaynida kompyuter ekranida hosil bo`lgan shakllar ko`rsatiladi va tutashmagan chiziqlar, poligon chegarasi oxirigacha chizilmagani yoki ortiqcha chizilgani yaqqol ko`rinadi. Ko`pincha GATning dasturi tutashmagan nuqtalarni birlashtiradi va nuqtalarni bir biriga yaqinligi hisoblanadi. Agar bu nuqtalar belgilangan miqdordan yaqin bo`lsa, dastur ularni bitta nuqta deb hisoblaydi va ularni koordinatasi ikki nuqta koordinatalarining o`rtacha arifmetik miqdori deb qabul qilinadi. Shunday vaziyatda dastur foydalanuvchiga nuqtalardan qaysinisini yo`q qilish kerak degan savolni beradi.birorta joy koordinatalari kompyuter xotirasiga kiritilsa, kichik xatolikga ega bo`lgan poligonlar hosil bo`lishi mimkin. Bunday poligonlar ham tizimda avtomatik holda aniqlanadi va yo`qotiladi.

    Topologiya ikkita va undan ortiq xaritalarni ustma-ust tushirishni ta`minlaydi. Unda ikkita chiziq tutashgan joyda yangi nuqtalar hosil bo`ladi va ularni kompyuter xotirasida saqlash vazifasi turadi. Tez-tez uchrab turadigan muammolardan biri ikki xaritadagi chegaralar ustma-ust tushganda kichik poligonlar yaratiladi. Ayniqsa manbaning masshtablari va shu sabali kartografik elementlarning umumlashtirish darajasi har xil bo`lsa, daryo, ma`muriy chegaralar, yo`llar har xil tarzda ko`rsatilishi mumkin va ulardan qaysinisini haqiqiy deb hisoblash oson emas. GATda albatta ma`lumotlarni topologik strukturasini barpo etish funksiyasi mavjud. Bu funksiya ro`y bergan xatolarni aniqlab ularni yo`qotish imkonini beradi. Bir biri bilan tutashmagan chiziqlar yoki ustma-ust tushgan chiziqlar topologiyani buzadi.

    Asosiy geografik ma`lumotlarni olish bevosita to`g`ridan-to`g`ri o`lchash yo`li bilan amalga oshiriladi. Raqamli ma`lumotlarni o`lchash birligini bevosita GAT tarkibiga kiritish mumkin. Ma`lumotlarni kiritishning ko`plab usullari mavjud hisoblanadi. Ushbu usullardan ayrimlari juda soda tuzilishga ega bo`lib, jumladan xarita ustiga shaffof to`rni joylashtirishdan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Ayrimlari esa-nisbatan zamonviy tavsifga ega, masalan-bu maqsadda raqamli kiritish qurilmalari hisoblangan – digitayzer va skanerlardan foydalaniladi. Ma`lumotlarni kompyuterga rastrli yoki vektorli usulda kiritiladi.





    Download 11.3 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




    Download 11.3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o

    Download 11.3 Mb.