Geografik axborot tizimlaridan foydalanishning afzalliklari




Download 11.3 Mb.
bet13/30
Sana21.07.2021
Hajmi11.3 Mb.
#15427
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
1.3.Geografik axborot tizimlaridan foydalanishning afzalliklari.

Geografik axborot tizimi haqida mutlaqo ma`lmotga ega bo`lmagan kishi “Nima uchun men geoinformatika nimaligi haqida bilishim kerak ? “ , deb savol berishi tabiiy holat hisoblanadi. Haqiqatdan ham, kundalik hayotda har birimiz har kuni geografik atlaslar yoki xaritalarga murojaat qilishga ehtiyoj sezmaymiz. Biroq, agar geoaxborot texnologiyalari shunchaki, kompyuter xotirasiga joylashtirilgan oddiy elektron xaritalardan ko`ra, kengroq mazmun mohiyatga egaligi haqida fikr yuritilsa, u holda boshqacha tasavvur hosil bo`ladi. Shu bilan birgalikda GAT tushunchasi odatdagi xaritalar bilan chambarchas bog`liq hisoblanadi. O`z mazmun mohiyatiga ko`ra, har qanday geografik xarita yer yuzasining modeli hisoblanadi va undan foydalanuvchilarning tahlil obyekti sifatida o`rin tutadi. Mutaxasislar qandaydir hodisa yoki obyektning xaritada joylashish holati va uning yuzaga kelish qonuniyatlari, boshqa ko`rsatkichlar bilan aloqadorligini baholash uchun xaritaga bir marta ko`z yugurtiradi. Oddiy misol sifatida –xaritada bitta punktdan ikkinchisigacha bo`lgan oraliq masofani aniqlashni keltirib o`tish mumkin. Ilmiy tadqiqot olib boruvchi, ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi yoki boshqaruv sohasida faoliyat yurituvchi kishilar keng ko`lamdagi axborotlarni qayta ishlash zaruriyati bilan doimiy ravishda to`qnash kelishlari qayd etiladi. Bu ma`lumotlar turli xil obyektlarning makon bo`ylab joylashish holati, ularning xususiyatlari, tavsiflarining vaqtga bog`liq transformatsiyalanishini tavsiflashdan tashkil topadi. Yakuniy holatda, ko`rish mumkin bo`lgan, ya`ni vizual manzara hosil qilinadi, butun vizualizatsiya jarayoni esa -bu xaritalarni tuzib chiqish jarayonidan tashkil topadi.GAT yordamida tuzilgan xarita oddiy qog`ozli xaritadan yaxshi bezalganligi, qo`lda bajarib bo`lmas darajada aniqligi va boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istalgancha o`zgartirish kiritish, yangi mazmun vabo`yoq berish, diagramma va boshqa ma`lumotlarni kiritish , o`chirish va boshqa ishlarni bajarsa bo`ladi. Buning uchun muallifning shaxsan o`zi karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishishi va ular asosiada karta tuzib ko`rishi kerak. Karta yaratishning bu texnologiyasi bugungi kunda, birinchidan sezilarli darajada universallashgan, ikkinchidan juda tez rivojlanayotgan, inson faoliyatining hamma sohalarini qamrab olayotga jarayondir. GAT bilan ishlayotgan kompyuter ekranida bir yoki bir nechta kartani ko`rish mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashganlik darajasini oson o`zgartirish, ayrim elementlarni kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan, shaharda biron bir uyni, uning pod`ezdini, atrofidagi obyektlarni ko`rishimiz mumkin. Bundan tashqari, ma`lumotlarning mavzuli tarkibi bo`yicha boshqarish ishlarini ham olib borish mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ishlash paytida kerakli bo`lmagan ba`zi foydali qazilma tasvirlangan kartalarni yopib qo`yish, zarur bo`lgan qatlamlarni esa ko`rsatish mumkin. Biror bir obyekni belgilab u haqida ma`lumot olish mumkin:masalan, binoning narxini, kimga qarashli ekanligini, holatini, uning o`lchamlarini, uning shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va hokazo. Bu ko`rsatkichlarni kompyuter monitorida bevosita o`lchash ham mumkin.

GATning funksional imkoniyatlari – bu tegishli dasturiy qurilmalar va geografik axborot tizimlarining quyidagi funksiyalari yig`indisi hisoblanadi:

Manbalarni raqamli shaklga o`tkazish yoki mavjud raqamli ma`lumotlarni import qilish yo`li bilan mashina muhitiga kiritish;

Koordinatalar tizimini o`zgartirish, kartografik proyeksiylarni transformatsiyalash, ma`lumotlarni bitta formatdan boshqasiga konvertatsiyalashni o`z ichiga oluvchi ma`lamotlarni qayta o`zgartirish;



  • Ichki va tashqi ma`lumotlarni saqlash, o`zgartirish va boshqarish;

  • Kartometrik operatsiyalarni amalga oshirish;

  • Foydalanuvchilarning shaxsiy rostlash vositalari.

GATda maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan obyektlar ko`rsatkichlari talab shartlari tuziladi va avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydoni 0.1ga dank am bo`lmagan vat emir yo`l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalari, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan yer uchastkalari ekranda ko`rsatilsin va shunga o`xshash talablar bajariladi. Maxsus vositalar orqali ma`lumotlarni analitik qayta ishlanib, juda qiyin masalalarni ham yechish mumkin, ya`ni real borliqning modelini hosil qilish. Masalan, suv va boshqa quvurlar trassasida ro`y beradigan portlashlarni, kutilishi mumkin bo`lgan ko`ngilsiz holatlarni bashrat qilish, ifloslanishning tarqalish yo`nalishini tadqiq qilib, tabiiy muhitga yetkaziladigan ofatni hisoblash, unga qarab rejalarni belgilash mumkin. GAT asosiy ilm va texnologiyalarga tayanadi va bunday soha fanlari bilan yaqin aloqada bo`ladi, jumladan: geografiya , kartografiya , aerokosmik metodlar, geodeziya, fotogrammetriya, informatika, matematika , statistika va boshqalar.



Download 11.3 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Download 11.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik axborot tizimlaridan foydalanishning afzalliklari

Download 11.3 Mb.