• Uslubiy qurilmalar.
  • Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o




    Download 11.3 Mb.
    bet12/30
    Sana21.07.2021
    Hajmi11.3 Mb.
    #15427
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
    Mutaxasis xodim. Dasturiy mahsulotlar bilan ishlay oluvchi va haqiqiy mavjud masalalarni hal qilishda ushbu dasturlardan foydalanish rejalarini ishlab chiqa oladigan mutaxasislarsiz GAT texnologiyalaridan keng ko`lamda foydalanishni amalga oshirish mumkin emas. GAT foydalanuvchilari tizimni ishlab chiquvchi va ta`minotni amalga oshiruvchi texnik mutaxasislar, shunendek har kunlik, joriy masalalar va ishlarni hal qilishda GAT yordamidan foydalanuvchi, oddiy ishchi xodimlardan tashkil topgan bo`lishi mumkin.

    Uslubiy qurilmalar. GATdan foydalanish samaradorligi va muvafaqqiyati ko`p jihatdan belgilangan vazifalar va har bir tashkilotning o`ziga xos ish faoliyatiga muvofiqlikda tuzib chiqiluvchi ish rejalari va ishlash qoidalarining to`g`riligiga bog`liq hisoblanadi.

    1.2. Geografik axborot tizimlarning tasniflanishi.

    GATni ilmiy-texnik adabiyotlarda ko`pchilik mualliflar u yoki bu muhim yo`nalishi, belgisi yoki boshqa ko`rsatkichlari bo`yicha tasniflashga harakat qilmoqdalar. GATlarni tasniflashda quyidagi xossalarni inobatga olish lozim: -maqsadiga ko`ra - foydalanish sohasi va hal etilayotgan masalalari va vazifalari bo`yicha;

    -muammoli-mavzuli yo`nalishiga ko`ra - qo`llanish sohasi bo`yicha;

    -qamrab olgan hududiga ko`ra – mazkur GAT ma`lumotlari bazasini tashkil etadigan raqamli kartografik ma`lumotlar masshtablari qatori bo`yicha;

    -geografik ma`lumotlarni tashkil etish usuliga ko`ra – kartografik ma`lumotlarni EHM xotirasiga kiritish formati, saqlashi, ishlov berishi va tasvirlashi bo`yicha. GAT maqsadiga ko`ra- ko`p maqsadli, axborot-ma`lumotnomali, monitoring va inventarizatsion, tadqiqotli, boshqaruvli, o`quv ishlariga mo`ljallangan, nashrli va boshqa yo`nalishli bo`lish i mumkin.

    Muammoli-mavzuli yo`nalishiga ko`ra-ekologik va tabiatdan foydalanish maqsadlari uchun, ijtimoiy-iqtisodiy, yer kadastriga oid, geologik, muhandislik inshootlari va shahar xo`jaliklari, favqulotda vaziyatlar, ekologik, navigatsion, transport, savdo-marketing, arxeologik va boshqa yo`nalishlarga ajratiladi. Qamrab olgan hududiga ko`ra-global, umummilliy, regional, lokal, sohalar miqyosidagi GATlarga bo`linadi.

    Geografik ma`lumotlarni tashkil etish usuliga qarab- vektorli, rastrli, vector-rastrli yoki uch o`lchamli GATlar bo`lishi mumkin. Vektorli va rastrli tasvirlar o`rtasida aynan, GAT uhun xos bo`lgan sezilarli darajada farqlanishlar mavjud hisoblanadi. Rastrli model – bu makonga tegishli obyektlarning atribut qiymatlarini berilgan rastr katakchalari umumiy yig`indisi ko`rinishida ifodalanishi hisoblanadi. Rastr model tarkibida har bir katakcha o`lchamiga ko`ra bir xilda bo`ladi. Rastr tarkibida uchta tipdagi axborotlardan bittasi mavjud bo`lishi mumkin. Mavzularga oid ma`lumotlar asosida ifodalangan rastr berilgan hududni sifatli aks ettirib beradi. Masalan, tog` jinslari uchun mavzularga oid rastr qiymatlari quyidagi ko`rinishda gradatsiyalarga bo`lib chiqilishi mumkin: magmatik, metamorfik va cho`kindi jinslar. Rastrli modellar quyidagi afzalliklarga ega : rastrli modellar juda oddiy tuzilishga ega bo`lib, bunda ma`lumotlar jadval ustunlari va satrlari ko`rinishida joylashtirilgan raqamlar to`plami shaklida ifodalanadi. Rastrli ma`lumotlar barcha mavjud bo`lgan GAT takibida tahlillarni amalga oshirish uchun foydalanishga qulay hisoblanadi. Vektor format haqidagi tushunchalar chiziqli tavsifga ega bo`lgan obyektlarning hosil qiluvchi nuqtalar to`plami ko`rinishida ifodalanishi bilan bog`liq hisoblanadi: ya`ni, bunda har qanday hohlagan egri chiziq berilgan aniqlik darajasida, ushbu nuqtalarni o`zaro tutashtiruvchi to`g`ri chiziqlar kesmalari yig`indisi yordamida tavsiflanishi mumkin. Vektor GAT uchunpoydevor sifatida tushuncha sifatida bitta yoki bir nechta kesmalar yordamida tuzib chiqiluvchi balandlik (nuqta) va yoy shaklida chiziq hisoblanadi.Maydonga ega bo`lgan obyektlar (poligonlar) yoylar to`plami orqali ifodalanadi. Bunda har bir yoy kesmasi ikkita polygon o`rtasining chegarasi sifatida o`rin tutishi mumkin. Uch o`lchamli obyektlarning joylashish holati nafaqat x, y yassi tekislik koordinatalarida, balki bunda uchinchi –z koordinata ham kiritiladi, ya`ni bu holatda uchlik koordinatalar tizimidan foydalaniladi. Bunga misol sifatida joyning relyefi, geofezik maydon va boshqalarni ko`rsatib o`tish mumkin.

    Har bir amaliy sohalarda o`ziga xos maxsus talablar, iboralar mavjud, lekin GATboshqa axborot tizimlaridan farqli ravisgda fazoviy geografik xususiyatli axborotlar bilan ishlaydi. Bugungi kunda GAT ni qo`llayotgan soha va tarmoqlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

    1.Yer resurslarini boshqarish, yer kadastrda.

    2.Ishlab chiqarish infratizimi, ularni boshqarish va obyektlar inventarizatsiyasida.

    3.Shahar qurilishida, arxetekturada, sanoat va transport qurilishini loyihalashda, muhandislik izlanishlarida va rejalashtirishda.

    4.Istalgan soha bo`yicha mavzuli kartalashtirishda, atlaslar va mavzuli kartalar tuzishda.

    5.Dengiz kartografiyasida va navigatsiyasida.

    6. Aeronavigatsion va yer transporti harakatini boshqarishda.

    7. Suv resurslarini boshqarish va suv kadastrida; suv obyektlarining inventarizatsiyasida va suvning mavsumiy va yillik holatlari, hamda bashoratlashda.

    8. Navigatsiya va yer transporti harakatini boshqarishda.

    9.Masofadan turib zondlash va kosmik monitoringda.

    10.Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni boshqarishda.

    11. Joyning relyefini tasvirlash va tahlil qilishda.

    12.Tabiiy muhitdagi jarayonlarni madellashtirish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini olib borishda.

    13. Atrof muhit monitoringida, texnogen oqibatlarni baholashda, favqulotda va krizisli vaziyatlarni hal etishda.

    14. Ekologik muammolarni belgilab, dolzarbligini baholashda va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda.

    15. Yuk tashishni rejalashtirish va tadbirkorlikda.

    16. Geologiya, mineral–xom ashyo resurslari va tog` jinslarini qazib olish sanoatida.

    17. Transport va telekommunikatsiya tarmoqlarini maqsadli rivojlantirishda.

    18. Marketing va bozor iqtisodiyotini tahlil qilishda.

    19. Arxeologiyada.

    20.Havfsizlik, harbiy ishlar va razvetkada.

    21. Xududlar va shaharlarning rivojlanishini kompleks boshqarish va rejalashtirishda.

    22. O`rta maxsus va oliy ta`limda.

    23. Qishloq xo`jaligida va boshqa sohalarda.

    Ro`yhatda keltirilgan sohalarni bir nechta asosiy guruhlarga ajratsa bo`ladi: birinchi guruhga hisob-ro`yhatli sohalarni kiritish mumkin, GAT joyda bajarilgan o`lchashlar natijalariga tayanadi (masalan,yer kadastri, kata korxonalarning taqsimlangan ishlab chiqarish infrastrukturasini boshqarish va h.k ); ikkinchi guruhga, GAT tizimida boshqarish va qaror qabul qilish ishlarini bajarishga mo`ljallangan sohalarni; uchunchi guruhga modellashtirish va murakkab tahlililarni, o`z ishlarini bajaradigan sohalarni kiritish mumkin. Ro`yhatdagi sohalardan eg ko`p GAT bilan ishlaydiganlari asosan, birinchi guruhga taaluqlidir. Shu sababli bugungi kunda amalda qo`llanilayotgan va foydalanilayotgan GAT larning ko`pchligi o`lchash natijalarini qayta ishlab chiqishga va ularni tahlil qilishga mo`ljallangan.



    Hozirgi vaqtda butun dunyo bo`ylab ko`plab GATlar ishlab chiqilgan, lekin ularning imkoniyatlari bir xilda emas. Zamonaviy GATlarni uchta yirik guruhlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga istalgan kartalarni yaratish imkoniyatini beruvchi, kuchli rivojlangan, hujjatlashtirilgan va turli xususiyatli ma`lumotlarni kompyuterga kiritish vositalariga ega bo`lgan, juda kata hajmli axborotlarga ishlov beruvchi va quvvati ancha kata ishchi stansiyalarni, yoki juda kata quvvatli shaxsiy kompyuterlarga va tarmoqli kompyuter tizimlariga o`rnatilgan dasturlarni keltirish mumkin. Bunday toifali GATlarning yorqin vakillari – INTERGRAP, PROGIS va ESRI hisoblanadi. Bu tizimlar universal bo`lib, ulardan turli sohalarda samarali foydalanish mumkin. Ikkinchi guruhga shaxsiy uy kompyuterlariga o`rnatilgan GATlarni kiritish mumkin. Ular yuqorida keltirilgan tizimlarga qaraganda biroz kamroq imkoniyatlarga ega bo`lsada, birinchi navbatta ilmiy va amaliy boshqarish masalalarini yechishga mo`ljallangan. Bu tizimlarda tasvirning sifatiga, ishlanayotgan ma`lumotlarning hajmiga, ma`lumotlar muhofazasiga va ularni saqlashga qat`iy talablar qo`yilmaydi. Bu tizimlar ko`pchilik korxonalarda, tashkilotlarda va istalgan kichik ofislarda ishlatilishi mumkin. Bunday tizimlarning asosiy vakillaridan MapInfo, AtlasGIS, ArkView va boshqalarni misol qilib aytish mumkin. Bu toifali tizimlarda GATlarning foydalanuvchiga mos keladigan versiyasi ishlatiladi. Dastavval bu yirik tizimlar quvvatli grafikli stansiyalar uchun yaratilgan. Xotirasi cheklangan va ishlash tezligi past shaxsiy kompyuterlarga o`tkazish nazarda tutilmagan. Shunga qaramasdan bunday dasturlar shaxsiy kompyuterlarga o`rnatilmoqda. Bunday holatda dasturning tezligi sekin, tasvir sifati yaxshi emas, boshqa zarur imkoniyatlar ham yo`q .Lekin bu dasturlarda ishonchli yutuq bor. U ham bo`lsa, ishchi stansiyalardagidek o`xshash versiyalar bilan mos kelishligini ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlanishidir. Uchinchi guruhga shaxsiy uy va ma`lumotnomali foydalaniladigan GAT tizimlari kiradi. Bunday GATlar <> xususiyatga ega bo`lib, foydalanuvchi tomonidan ma`lumotlarga yoki tizimga kata o`zgartirishlar kiritishga yo`l bermaydi, yoki kam o`zgartirish kiritish imkoniyatini beradi. Masalan, ma`lumotlar bazasidagi yozuvlarni taxrir qilish yoki yangi yozuvlarni kiritish mumkin emas. Bu GATlar ancha arzon bo`lib, shaxsiy kompyuterlardan juda kam imkoniyatni talab etadi. GATlar yordamida qanday masala hal etilishi kerakligi, oqibatda qanday natija kutilayotganligi, ishlanayotgan ma`lumot hajmining kattaligi, hal etilayotgan masalalarning dolzarbligiga mos ravishda yondashilib GAT tizimlari tanlanadi.



    Download 11.3 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




    Download 11.3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o

    Download 11.3 Mb.