II-BOB. SOMONIYLAR DAVLATIDA ILM-FAN VA MADANIY HAYOTI




Download 271.5 Kb.
bet13/25
Sana23.07.2021
Hajmi271.5 Kb.
#15758
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
II-BOB. SOMONIYLAR DAVLATIDA ILM-FAN VA MADANIY HAYOTI
2.1. Somoniylar davlatida ilm-fan, madaniy hayot va din

IX-XI asr boshlaridan Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat aholisining madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi.

Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi bo‘lgan islom dini tili edi. Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga boy Ajam va Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining qo‘pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi66.

Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo‘q etilib, yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olib turilgan bir paytda bu mamlakatning ko‘pgina tolibi ilmlari xalifalikning markaziy shaharlari — Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bi-lan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar.

Bu davrda «Bayt ul-hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid Marvarudiy, Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Sog‘uniy, Qaffol Shoshiy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar ilmu fani, xususan, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va huquqshunoslik fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar37.

Muhammad Ibn Muso Xorazmiy (783—850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarni u o‘z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Xorun ar-Rashidning Xuroson va Movarounnahrdagi noibi, keyinchalik Xalif Abdulloh ibn Xorun ar-Rashid Ma'mun zamonida (813—833) «Bayt ul-hikma» nomi bilan shuhrat topgan Ma'mun Akademiyasida mudir sifatida fao-liyat ko‘rsatadi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va movarounnahrlik olimlar bilan ijod qiladi. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Yahyo ibn Mansur Marvaziy, Ahmad Farg‘oniy, Xabash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Abul Abbos al-Javhariy va boshqalarbor edi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasini, uzunligi va radiusini aniqlash hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shadi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozadi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar «Aljabr va al-muqobala» hisobi hakida qisqacha kitob, «Hind hisobi haqida» yoki «Ko‘shish va ayirish haqida kitob», ya'ni arifmetik asar; «Kitob surat ul-arz» — «er surati» haqida geografiyaga oid kitob; «Zij», «Usturlob bilan ishlash haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida» kabi astronomiyaga oid asarlar; shuningdek, «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan.

Xorazmiy merosidan, ayniqsa, «Aljabr va al-muqobala» kitobi-ning ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. U bu kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos sodsi. Hatto «al-gebra» atamasi ushbu kitobning qisqacha «al-jabr» deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika faniga «algaritm» atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning «Aljabr» asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi68.

Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik esa asrlar davomida yevropa olimlari Xorazmiy asarini qayta-qayta ishlab, uning asosida darsliklar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasining yevropada, qolaversa butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etadi. Shunday kilib, buyuk vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos sol-di, tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.

IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» da ijod qilgan olimlardan yana biri marvlik Yahyo ibn Abu Mansur edi. U 828 yilda xalifa Ma'mun farmoni bilan Bag‘dodning Ash-sha-mosiya mahallasida rasadxona qurilishida boshchilik kiladi. Rasadxona ishlari va unda olib borilayotgan quzatishlar na-tijalari haqida «Bayt ul-hikma» ning mudiri Xorazmiygahisobot berib turadi. Yahyo ibn Abu Mansur «Az-Zij al-Ma'muni al-mumtaxan» («Sinalgan zich») nomli astronomik asar yozib qodsirgan. U 831 yilda Bag‘dodda vafot etgan.

«Bayt ul-hikma» ning olimlaridan Xolid ibn Abdumalik al-Marvaziy esa 831 yidda Damashq yaqinidagi Ki-siyon tog‘ida barpo etilgan rasadxonani boshqargan. U ham o‘z «Zij» ini tuzadi. yer meridianining uzunligini o‘lchash ishlariga boshchilik qiladi.

Bag‘dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan matematik Ahmad ibn Adbulloh al-Marvaziy zamondosh olimlar o‘rtasida Habash al-Hosib («Hisobchi habash») laqabi bilan mashhur edi. U ikkita «Zij» tuzadi. Uning zijlaridan o‘rta asr astronomlari keng foydalanganlar. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Habash al-Marvaziy handasa fani (geometriya)ga tangens, kotangens, kosekans funksiyalarini kiritib, ularning jadvallarini keltirgan69.

«Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad Farg‘oniy (taxminan 797—8-b5)dir. Uning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. U Farg‘o-nada tavallud topgani uchun Sharqsa al-Farg‘oniy, yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. Ahmad Farg‘oniy xalifa Ma'mun (813—833), Mu'tasim (833—842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi. U avval Marvda, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi va qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. U asosan Damashqsaga rasadxonada osmon jismlari hara-katini va o‘rnini aniqlashning yangicha «Zij»ini yaratish ishlariga rahbarlik qiladi. 832—833 yillarda Suriyaning shimolidagi Sanjar dashtida va Ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashadi. 861 yilda uning rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi Nilometr — daryo oqimi sathini o‘lchagich inshooti Miqyos an-Nil va uning darajoti tiklanadi. Ahmad Farg‘oniy tarixda birinchilardan bo‘lib yerning yumaloqligini isbotlab bergan olimdir.

Bizning davrimizgacha Ahmad Farg‘oniyning 8 ta asari saqla nib, ularning birortasi ham hozirgi zamon tillarigatarjima qilinmagan edi. Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan uning ayrim risolalari o‘zbek va rus tillarida nashr ztildi. Ularning orasida uning «Kitob ul-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum» («Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum — astronomiya asoslari kitobi») ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Ispaniya orqali yevropa mamlakatlaridagi astrono-miya ilmining rivojini boshlab berdi. Shundan so‘ng Ahmad Farg‘oniy nomi lotinlashtirilib, «Alfraganus» shaklida G‘arbda shuhrat topdi. Uning «Astronomiya asoslari» nomli kitobi bir necha asrlar davomida yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanibkelindi38.

Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda Islom ta'limoti va mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil a l-Buxoriy va uning zamondoshi va shogirdi Iso at-Termiziylarning hissasi nihoyatda buyuqdir. Ismoil al- Buxoriyning to‘liq ismi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriydir. U 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat va xotiraga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq hadislarni o‘rganishga kirishib, butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan. U hadis va tafsir olimi, tarixchi bo‘lib yetishgan. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa o‘lkalarda yashab 600 mingdan ortiq hadis to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih» («Sahihi Buxoriy») to‘plamini tuzgan. Bu asar islom dunyosida Kur'ondan keyin ikkinchi manba sanaladi va islom dorilfununlarida asosiy darslik sifatida o‘rganiladi.

Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadis va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat, hurmatu izzat, muruvvatu himmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiqko‘ngillik hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan39.

Imom al-Buxoriy «Al-adab ul-mufrad» («Adab durdo-nalari»), «Tarix al- Buxoro» («Buxoro tarixi»), «Al Jo-mi' al-sag‘ir» («Muxtasar to‘plam») nomli asarlar yozgan. Uatrofiga ko‘plab shogird va izdoshlarini to‘plagan. Uning eng mashhur shogirdlaridan biri Imom at-Termiziy edi.

Imom at-Termiziy 824 yilda Termiz shahridan 6 farsax (36 km) shimolda joylashgan Bug‘ qishlog‘ida dunyoga kelgan. Islom olamida mashhur bu muhaddis olimning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad bin Iso bin Savra bin Muso bin az-Zahhok az-Zarir at-Termiziy al-Bug‘iydir. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlarda mashhur muhaddislar asarlarini o‘rganib, islom dunyosining turli shahar va mamlakatlariga safar qilib, Xuroson, Iroq, Hijozning mashhur muhaddis ulamolari bilan muloqotda bo‘lgan.

Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan, «Jome as - Sahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at- Shamoil an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd» va boshqalar shular jumlasidandir.

Bu davrda islomning nazariy asoslari mustahkamlandi. Bu borada ham Movarounnahr olimlari ulkan hissa qo‘shdilar. Bu dawning islom nazariyachilaridan biri Hakim Ter-miziy edi. Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Husayn ibn Bashir al-Hakim at-Termiziydir. U 820 yidda Termiz shahrida dunyoga keladi. Umr bo‘yi ilm bilan shug‘ullanib, tasavvufni targ‘ib qiladi. 80 dan ortiq muhim asarlar yozadi: «Kitob an-nahi» («Yo‘riqnoma kitobi»), «Kitob al-Furuh» («Ollohdan qo‘rquvchilar haqida kitob») shular jumlasidandir. Ayniqsa uning «Ilal ash-Shariat va hatm ul- avliyotun» nomli kitobi islom nazariyachi-lari tomonidan eng ko‘p qayd etiladigan asardir. Asarlari va ularda berilgan teran fikr-mulohazalar, g‘oyalar bilan at-Termiziy o‘z zamonining ma'naviy hayotiga katta hissa qo‘shadi. Shu boisdan zamondoshlari uni «Al-hakim» degan nom bilan ulug‘lashgan40.

Bu davrda kalom ilmiga asos solib, islom ta'limoti va mafkurasi takomiliga katta hissa qushgan. buyuk allomalardan yana biri Abu Mansur al- Moturidiydir. Uning to‘liq ismi Abu Mansur ibn Muhammad ibn Mahmud al- Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. U taxminan 870 yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida dunyoga keladi. Uning hayoti haqida ma'lumotlar juda oz. U 944 yilda Samarqand shahrida vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Yoshligida otasidan turli ilmlardan saboq olgan. So‘ngra Samarqanddagi Raboti G‘oziyon masjidi qoshidaga madrasada tahsil ko‘rib, ustozlari Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy va Abu Nasr Ahmad al-Ibodiylardan faqih va kalom ilmlaridan dars olgan.

O‘rta asrlarning mashhur ilohiyotshunos olimi bo‘lib yetishgan Abu Mansur al- Moturidiy islomiy odob qoidalari, shariat qonunlari, ma'naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mo‘ljallangan qator asarlar yozgan. Ammo uning ko‘pgina kitoblari bizning zamonimizgacha saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan muhim asarlarvdan biri «Kitob at-Tavhid» («Ollohning yakka-yagonaligi haqidagi kitob»), ikkinchisi «Ta'viylot al Kur'on» («Qur'oni Karimning sharhlari») nomi bilan ataladi. Bu kitoblar ilohiyat ta'limotiga bag‘ishlangan eng qadimiy asarlardan bo‘lib, islomshunoslikda ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega muhim manbalardan birvdir. Ularda diniy ta'limot va islomiy urf-odatlar insonning ruhiy kamoloti, uning dunyoqarashining shakllanishvdagi mohiyati talqin etiladi. Abu Mansur al-Moturvdiy asos solgan talimot kishilarni yaxshilikka, rostgo‘ylikka, sabru-qanoatga, sharm-hayoga, oliyhimmatlikka, Vatanni sevmoqlikka chorlaydi73.

Bu davrda Movarounnahr, Xuroson va Xorazmdan xalifalikning markaziy shaharlariga borib fanning turli sohalarida ijod qilgan olimlardan tashqari madaniyatning deyarli barcha sohalari bo‘yicha ham yetuk ustozu shogirdlarning soni Bag‘dod shahrvda oz emas edi. Bu yerda ular o‘z Vatanlaridagi ilmiy va madaniy an'analarni arab tilida islom mafkurasiga moslashtirilgan holda taraqkiy ettirishga va ularni jahon ilmu madaniyatiga qo‘shishga muyassar bo‘ladilar.

IX asrning ikkinchi yarmvda Movarounnahrning madaniy haetvda yangi davr boshlanadi. Xalifalik hukmronligi tugab, mustaqil Somoniylar davlatining qaror topishi bilan madaniy hayotning jonlanishi uchun keng yo‘l ochiladi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqkiy qila boshlaydi.

Bu davrda qishloq aholisining aksariyati sug‘diy yoki xorazmiycha so‘zlashsa-da, markaziy shaharlarda forsiy — dariy deb yuntilgan xalqning adabiy tili vujudga keladi. Bu til davlat tili sifatida qabul qilinadi. Dariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlaydi. Bu davrda dariy ti-lida yozilgan nasriy asarlarning ayrim nusxalari bizgacha saqlanib qolgan. Abu Mansurning nasriy «P1ohnoma»siga yozilgan muqaddima, noma'lum muallifning «Hudud al-olam» nomli asari hamda Abu Ja'far Tabariyning «Tarixi Tabariy», «Kur'oni Karim»ning 14 jildli «Tafsiri»ning arabchadan dariy tiliga tarjimalari shular jumlasidandir.

IX-X asrlarda ayniqsa Buxoro shahri madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda — amir saroyida turli sohalarga oid qo‘lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubona barpo etiladi. Somoniy amirlarning aksariyati adabiyot, she'riyat, ilm-fan, san'at va me'morchilikka homiylik kiladilar.

Bu davrda Buxoroda ayniqsa she'riyat ravnaq topadi. Uning rivojiga fors klassik poeziyasining buyuk vakillari Abu Abdulloh Ja'far Rudakiy, Abu Mansur Daqiqiy, Abulhasan Balxiy va ko‘pgina boshqa shoirlar g‘oyatda katta hissa qo‘ shadilar.

Rudakiy IX asr oxirida Panjikent yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Yoshlik chog‘idayoq u rud (chang) chalishni yaxshi o‘rgangan. She'r yozib, kuy bastalagan va hofizlik kilgan. Xalqo‘rtasidagi dong‘i tufayli u Nasr ibn Ahmad (914~943) tomonidan sozanda va shoir sifatida Buxoroga chaqirtirilib olingan. Rudakiy «Kalila va Dimna», «Sind-badnoma», «Arois un-nafois» va «Davroni oftob» asarlarini yozgan. U she'riyatda ayniqsa qasida bitishning mohir ustasi bo‘lgan. Uning «Jo‘yi Muliyon», «Mayning onasi» va «Qarilik» kabi qasidalari xalq o‘rtasida g‘oyat shuhrat top-gan. Rudakiyning ulkan she'riy merosidan hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan ozgina qismi ham (2 ming misraga yaqin) shoirning zo‘r va yorqin iste'dodidan, poetik tilining ta'sirchanligidan, obrazlarining teranligidan dalolat beradi. Rudakiy o‘z she'rlarida ona- Vatanni, uning tabiati va aholisini, insoniy his-tuyg‘ularini tarannum etadi. Shoir haqsizlik va adolatsizlikka dadil qarshi chiqadi, o‘sha vaqtlarda hukm surgan tartibsizliklarni ayamay fosh etadi. Umr bo‘yi ta'qib etilgan, oxiri Buxorodan quvilgan Rudakiy 941 yilda ona qishlog‘ida vafot etadi41.

Bu dawning zakovatli shoirlaridan yana biri Daqiqiy edi. Avval u Chag‘oniyon hukmdorlari, so‘ngra somoniylar saroyiga taklif etiladi. Daqiqiy an'anaviy saroy poeziyasidan farqli o‘laroq, xalq rivoyatlari va epik dostonlar asosida yangi poetik yo‘nalishda ijod qiladi. Umrining oxirida u «Shohnoma» nomli poetik asarini yozishga kirishadi. Biroq shoirning fojiali o‘limi oqibatida asar boshlanganicha qoladi. Bu buyuk ish keyinchalik Abulqosim Firdavsiy tomonidan davom ettiriladi. Abulqosim Firdavsiy (934-1012) fors adabiyotining klassik shoiri. U dunyoga mashhur she'riy «Shohnoma» asarini yaratadi. Bu doston Eron va Turon xalqlarining qahramono na o‘tmishiga bag‘ishlangan. U ashaddiy vatanparvarlik ruhida yozilgan asar. «Shohnoma» jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonalaridan hisoblanadi. Asar juda ko‘p tillarga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

IX-X asrlarda fors adabiy tili ancha rivoj topgan bo‘lsa-' da, ammo ilm- fan va adabiyotda hali arab tili muhim o‘ringa ega edi. Saolabiyning «Yatimat ul-bahr» nomli asarida qayd etilishicha, Buxoro, Xorazm va Xurosonda 119 arabiy zabon shoirlar ijod qilgan. Ularning deyarli barchasi saroy ahli, hukmron xonadon a'zolari va boshqa oliy tabaqa vakillaridan iborat bo‘lgan. Tilshunoslik, fiqh, musiqa, falsafa, matematika, tabobat, astronomiya, tarix va boshqa fanlar bo‘yicha ilmiy asarlar asosan arab tilida yozilgan42.

Buxoro va boshqa markaziy shaharlarda islom dini ta'limotining asosiy manbalari va shariat bilimlarini o‘qitish uchun madrasalar ochilgan edi. Bunday ilmgohlardan yetishib chiqadigan ilm ahlining hammasi ham qozi yoki a'lam bo‘lavermay, ular orasidan dunyoviy ilmlar: tabobat, handasa, matematika, kimyo, falakiyot, falsafa, mantiq, tarix va boshqa sohalar bo‘yicha puxtagina bilim orttirgan olimlar ham yetishib chiqar edi. Bunday bilim egalari xalq o‘rtasida baobro‘ va e'tiborli bo‘lib, ular atrofida, shubhasiz, shogirdlar to‘planar edi. Shogirdpeshalariga ular ma'lum soha bo‘yicha o‘z bilganlaridan ta'lim berar edilar.

Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shahar bozorlarida alohida kitobfurushlik rastalari bo‘lgan. Ularda diniy va dunyoviy ilmlarning turli sohalari bo‘yicha turli tillardagi qo‘lyozma kitoblar sotilgan. Ibn Sinoning yozishicha, u Buxoro bozoridan Abu Nasr Forobiyning «Aristotel metafizikasiga sharh»lar nomli kitobini uc h dirhamga sotib olgan. Bu kitobni o‘qib chiqqach Ibn Sino qadimgi yunon faylasufi Aristotel ta'limoti va falsafasining mohiyatiga tushunib yetgan.

Shahar madaniyatining ravnaqi, o‘rta asrlar jamiyati, ziyolilari davrasining kengayib borishi shubhasiz somoniy hukmdorlarni ilm ahli bilan yaqinlashtirdi. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san'atkorlarni va turli sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar kutubxonalardagi nodir ko‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar43.

Mustaqil Somoniylar davlatining tashkil topishi, siyosiy barkarorlik va iqtisodiy ko‘tarilish madaniy hayotning ravnakiga imkon berdi. Bu davr Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Abu Abdulloh Xorazmiy va Abu Bakr Muhammad Narshaxiy kabi jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi.

Abu Nasr Forobiy 873 yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Bag‘dodda bilim olgan. Umrining oxirida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan, 950 yilda vafot etgan. Forobiy riyoziyot, fa- lakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Bular orasida 44.

Bu davrning ulug‘ mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino edi. U 980 yidda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keladi. Besh, o‘n yoshlarida maktabda ta'lim oladi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliydan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o‘rganadi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Golen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy (864—925) ning asarlarini puxta o‘rganadi. Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq e'tiborli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxonada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilimini chuqurlashtiradi.

IX asr oxiri — XI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosondagi murakkab siyosiy vaziyat oqibatida yuzaga kelgan og‘ir sharoitda Ibn Sino o‘z ona shahri Buxoroni tark etib, avvalo Xorazmshoh Ma'mun saroyidagi olimlar qatoridan joy oladi. So‘ngra Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi. U umrining oxirigacha Obivard, Gurgon, Ray, Kazvin, Isfaxon va Hamadon shaharla-rida hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qiladi. 1037 yilda Hamadonda vafot etadi45.

Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo‘yicha 300 dan ortiq asarlar yozadi. Nazm va nasrda qalam yuritadi. Uning besh jildlik «Al-Qonun fit-tib», «Kitob ush-shifo», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Risolat at- tayr» va ko‘pgina boshqa asarlari shular jumlasidandir. Uning tabobatga doir asarlarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dorivor o‘simliklar xususiyatlari, parhyez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning ko‘pgina g‘oyat muhim masalalariga alohida e'tibor berilgan. Uning «Al-Qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. O‘rta asrning bu buyuk allomasi Sharqda «Shayxur-rais», G‘arbda «Avitsenna» nomlari bilan shuhrat topdi46.

Bu davrda Xorazm poytaxti Urganch ham obod va madaniy shahar edi. Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun ancha bilimli hukmdor bo‘lib, olim, shoir, san'atkor, naqqosh va musavvirlarga homiylik qilar edi. Urganchda xorazmshohlar saroyida zamonasining yirik mutafakkirlari Ibn Sino va

Beruniydan tashqari, tarixchi Miskavayx, matematik Abu Nasr Arroq, faylasuf Abu Sahl Masihiy, tabib Ibn Hammorlar to‘plangan edilar. Bu yerda «Bilimdonlar uyi» — «Ma'mun akademiyasi» tashkil etilib, u yerda Xorazmshoh homiyligida falsafa, matematika, tib ilmiga oid masalalar muhokama qilinar edi. Ammo Urganchdagi bu ilmiy muhit uzoq yashamadi. Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi ostida u tezda tarqalib ketdi.

O‘sha zamonda Urganchda yashab ijod qilgan ulug‘ mutafakkirlardan biri Abu Rayhon Beruniy (973-1048) edi. U Xorazmda tug‘iddi, dastlab Urganchda ta'lim oldi. Uzoq yillar Gurgonda yashadi. So‘ngra Xorazmshoh Ma'mun saroyida ijod qildi. 1017 yilda Mahmud G‘aznaviyning talabi bilan G‘azna shahriga bordi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048 yilda G‘aznada vafot etdi. U falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 154 ta ilmiy asar yozdi. Beruniyning «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o‘zining falakiyotga oid asarlarida n Koperniqdan qariyb 5 asr muqaddam yerning quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari surdi. yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U dunyoning geografik xaritasini tuzdi.

Beruniyning fan olamida shuhrat qozontirgan katta asarlari «Hindiston» hamda «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitoblaridir. Ulardan birinchisida u Hindistonning geografiyasi, aholisining mifologik tasavvurlari haqida ma'lumot beradi. Ikkinchi kitobida esa yunonlar, rumoliklar, sug‘dlar, xorazmliklar, nasorolar, yahudiylar, arablarning islomgacha bo‘lgan urf-odatlari, diniy e'tiqodlari, matematik va geografik tushunchalari to‘g‘risida qimmatli tarixiy ma'lumotlarni bayon qiladi. Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi, shubhasiz, jahon fani va madaniyati xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi47.

IX-XI asrlarning qomusiy olimlaridan ikkinchisi Abu Abdulloh al- Xorazmiy edi. Xorazmlik bu olimning hayoti haqida juda oz ma'lumot bizgacha yetib kelgan, hatto uning na tavallud topgan, na vafot etgan sanasi ma'lum. Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xiva, Zamahshar va kindik qoni to‘kilgan Kat shahrida o‘tgan. Bu shaharda Abu Abdulloh al-Xorazmiy yashadi, savod chiqardi va fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ddi. Ma'lum bir vaqt u Xurosonda istiqomat qiladi. Nishopur shahrida kotiblik, Somoniylar davlati poytaxti Buxoroda Nuh ibn Mansur (976- 997) saroyida hatto vazirlik lavozimida faoliyat ko‘rsata-i. Saroydagi hayot unga Buxoro shahridagi nihoyatda boy amir kutubxonasidan foydalanish imkonini beradi.

Abu Abdulloh Xorazmiydan bizgacha arab tilida yozilgan yagona asar — «Mafotih ul-ulum» («Fanlar kalitlari») yetib kelgan. Bu kitob fanlarning rivoji tarixi va ularnint tasnifiga bashshlangan. Unda o‘rta asrlardagi fanlar borasida ma'lumotlar qomusiy uslubda berilgan. Aruz, arifmetika, geometriya, kimyo kabi fanlarning asoslari bayon etilgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘z asarida aniq fanlar to‘g‘risida tushunchalar beribgina qolmay, balki ularning taraqqiyot darajasini ham aniqlagan. Uning bu asari o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda aniq fanlarning rivojida muhim o‘rin tutgan48.

Bu davrda Xorazm diyorida yetishib chiqqan buyuk allomalardan yana biri Mahmud Zamahshariydir. Uning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy bo‘lib, u 1074 yidda Xorazmning Zamahshar qasabasida dunyoga keldi. Dastlab bilimni u avval otasidan oladi, so‘ngra madrasada tahsil ko‘radi. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag‘dod, Hijoz va Makkada hayot kechirib kelgan arab tili grammatikasi va lug‘ati, arab qabilalarining lahjalari, maqollari, urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ladi. Mintaqa geografiyasiga doir ma'lumotlar to‘playdi.

Mahmud Zamahshariy arab tili grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis vafiqh ilmiga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldiradi. Ayniqsa uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan «Al-Mufassal», Xorazmshoh Otsizga bag‘ishlangan «Muqaddimat ul-adab», «Kitob al-Jibol va-lamkina val-miyoh» («Tog‘lar, joylar va suvlar haqidagi kitob») kabi asarlari nihoyatda ahamiyatlidir. Uning «Asos al-balog‘a» («Notiqlik asoslari»), «Al-Kustos fil-aruz» («Aruzda o‘lchov (mezon)») asarlari qimmatli manbalardan hisoblanadi. Az-Zamahshariyning Qur'on tafsiriga oid «Al- Kashshof» asari musulmon olamida ayniqsa mashhurdir. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan Al-Azxar diniy dorulfunining talabalari «Al-Kashshof» asosida Qur'oni Karimni o‘rganadilar49.

XII asrda fiqh ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomaning to‘liq ismi Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil ar-Rishtoniy al- Marg‘inoniydir. U1118 yil-da Farg‘ona vodiysining Rishton qasabasida tavallud topdi, 1197 yili vafot etdi. U yoshligidayoq Rishton, Marg‘inon, Samarqand, Buxoro hamda Movarounnahrning boshqa shaharlarida Qur'on, hadis ilmlarini mukammal egallab, islom huquqshunoslish borasida yuksak yutuqlarga erishgan50.

X-XII asrlarda Movarounnahrda tarix va geografiyaga qiziqish ortib, bu ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki bu davrda mahalliy aholining ma'naviy hayotida o‘z ona tili va unda yozilgan tarixiy va adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortib bormoqsa edi. Ayni shu davrda Gardiziyning «Zaynulaxbor» («Xabarlar ko‘rki»), Bayxaqiyning 30 jildlik tarixiy asari, Majiduddin Adnoniyning «Tari-xiy mulki Turkiston», Muhammad Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi.

Bu davrda Movarounnahr, Shosh, Fargona, yettisuv va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqyaarning qadimdan davom etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti yuzaga keladi. Qator didaktik poemalari bitiladi. Ammo ularning juda oz nusxalarigina bizgacha saqlangan. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Hojib Bolasog‘uniyning «Kutadg‘u bilik» («Saodatga boshlovchi asar») nomli asaridir. Asarda mavzular qamrovi juda keng. Ularda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotidagi o‘rni va vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. «Qutadg‘u bilik»da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. Yusuf Xos Hojib ayniqsa dehqonlar, chorvadorlar, hunarmand va savdogarlarni iliq mehr bilan tilga oladi. Dehqonlarni u hammadan ham yuqori qo‘yadi. Turli tabaqalar bilan hokimiyatning qanday munosabatda bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Dehqonlar «zarur kishilardir... bular bilan sen aloqada bo‘l va aralashgin.... hammajonliylarga ulardan oziq yetadi, hamma o‘z yeyim-ichimini ulardan oladi»51, deb ta'kidlanadi kitobda.

IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda me'morchilik va san'at yangi taraqkiyot bosqichiga ko‘chdi. Avvalambor, o‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va bu davrda to‘la g‘alaba qozongan islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu sohasiga ham kuchli ta'sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o‘zgardi.

Qolaversa, mamlakatning iqtisodiy qo‘tarilishi natijasida uning yangi yo‘nalishda ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. VIII asrda yuz bergan tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodonlashadi. Asrlar davomida to‘plangan va avloddan-avlodga ananaviy ravishda o‘gib, tobora boyib kelgan me'morchilik yuqori darajada rivojlanadi.

Shaharlarda hashamatli binolar qad ko‘taradi. Binokorlikda xom g‘isht va paxsa bilan bir qatorda, pishiq g‘isht va turli xil ganch hamda ohakli qurilish qorishmalari keng ishlatilib, binolarning shakli ham, ko‘rinishi ham ko‘rkamlashadi. Baland peshtoqli yoki chortoqpi, tomi gumbazli hashamatli binolar hamda o‘ymakor g‘ishtlardan qurilgan qo‘rkam minoralar har bir shaharning ko‘rki bo‘lib, uning husniga husn qo‘shar va manzarasini bezab turar edi.

Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Zirabuloq yaqinida -Tim qishlog‘idagi Arabota, Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbaralari, Buxorodagi namozgoh, Minorai Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari va boshqa ko‘pgina binolar o‘sha davr me'morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar X-XII asrlarda Movarounnahrda o‘ziga xos me'morchilikning g‘oyat rivoj topganligidan dalolat beradi52.

Bu davrda monumental me'moriy binolardan tashqari, yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari - bandlar, novalar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Qizig‘i shundaki, bunday inshootlarning o‘lchamlari matematik jihatdan yuyat puxta ishlangan. Shunga qaraganda, mahalliy gidrotexniklar bunday suv inshootlarini qurishda o‘sha davrda rivoj topgan handasa va riyoziyot ilmlari hamda asriy mirobchilik muhandisligi tajribalaridan keng foydalanganlar.

Masalan, X asr Nurota tog‘ tizmalarining Pasttog‘ darasi to‘silib, barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to‘plangan. To‘g‘ on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandining matematika yechimlaridan ma'lum bo‘lishicha, uni bino qilishda X asr muhandislari hovuzga to‘planadigan suvning vertikal hamda ag‘daruvchi kuchlarigina emas, balki bu hududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb VII asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma'lum ekanligidan dalolat beradi53.

IX asrdan boshlab binokorliqsa sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib, ustunlariyu sarrovlari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish uslubi hozirgacha saqlanib keladi.

Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turarjoy qoldiqlaridan ma'lum bo‘lishicha, X—XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me'morchiligida asosiy o‘rinni tutgan. Xona, yo‘lak, ayvon va hovlilardan iborat bunday turarjoylar va saroylar odatda mustahkam qalin paxsa devor bilan o‘ralib suvalgan, xona devorlari ganchkori naqshli panellar bilan bezatilgan. Turarjoy sahni ko‘pincha naqshli qilib to‘shalgan pishiq g‘yshtlar bilan qoplanar edi87.

IX—XII asrlarda me'morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik san'ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini bo‘yoqli yoki ganchkorli naqshlar bilan bezash keng ta rqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san'at o‘zgacha tus oladi. Endiliqsa jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va islimiy gulli naqshlar ishlashga o‘tiladi. Islom dini mafkurasiga asosan, garchi tirik jonzodlarni tasvirlash majusiylik va butparastlik deb qagiy man qilinganiga qaramay, xalq san'atining bu sohadagi asriy an'analari butunlay yo‘qolib ketmaydi. Bu davrda yog‘och, ganch va sopoldan turli jonzodlarning haykalchalarini yasash va ularning tasvirlarini sirli sopol buyumlariga tushirish keng tarqaladi.

Naqqoshlik san'atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, misgarlik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. IX—XII asrlarda ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi. Rango-rang sopol idishlarga nimsariq, ko‘kimtir, yashil, qizil, jigarrang va qora bo‘yoqli naqshlar tortilib, sirti yupqa sir bilan qoplangan. Idish-tovoqlarni epigrafik naqsh — arabcha «xatti kufiy»da bitilgan maqollar, hikmatli so‘z va tilaklar bilan bezash katta o‘rin tutgan. Bunday sopol buyumlar nihoyatda sifatli bo‘lib, chet mamlakatlarga ham olib chiqilgan.

Bu davrda xattotlik xalq san'atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblardan nusxalar xattotlar tomonidan faqat qo‘lda ko‘chirilishi tufayli xattotlik san'ati ancha rivoj topadi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me'moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.

Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorlarining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. Shu jumladan, masjid, xonaqoh va madrasalarga ayrim oyatlar, saroylarga turli madhiyalar, oddiy bino va buyumlarga esa hikmatli so‘zlar bitilar edi. Shuningdek, imoratning qurilgan yili, binokor ustaning ismini yozish ham odatga aylangan. Bu odat, shubhasiz, kulolchilik, misgarlik va zargarlik buyumlarida ham namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, IX—XII asr me'morchiligi va unda ishlangan me'moriy naqsh uslublari o‘z navbatida mexnatkash aholining did-nafosat va binokorlik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘langan xalq me'mor-bannolarining sermazmun ijodini namoyish etadi54.

IX—XII asrlarda musiqa san'ati xam g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar, xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» kitobida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng tarqalgan55. Bu davrda sozandalar rud, tanbur, qo‘buz, rubob, nay, surnay, karnay, qo‘shnay, tabl, barbat, daf, ko‘s, taburok, zir, chag‘ona, shaynur, arg‘unun va qonun kabi g‘oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar.

Bu davrda hatto yangi sozlar ixtiro etilgan. Masalan, Rudakiyning zamondoshi Abu Hifz Sug‘diy nayga monand «shohrud» nomli torli asbob yaratgan edi. Manbalarda Abu Bakr Rubobiy, Bunasr, Buamir, changchi

Lo‘kariy kabi sozandalar hamda hofizlarning nomlari saq-lanib qolgan. Rudakiy rud va tanbur kabi sozlarni yaxshigina chaladigan sozanda va xushovoz hofiz bo‘lgan, uning mashhur «Bo‘yi jo‘yi Mo‘liyon» she'ri ushshoq kuyida aytilib, nihoyatda shuhrat qozongan. Rudakiyning zamondoshlaridan shoir Abu Tayib Tohir «Xusravoniy» kuyini ijod qilgan edi.

Bu davrda xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining klassik kuyi «Shashmaqom» uchun poy devor bo‘lgan «Rost», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi quylar ijod etiladi. Bu soz va kuylarning ko‘pi o‘zbek va qardosh xalkdarning madaniy merosi tarzida hozirgi kungacha sakdanib kelmoqsa. Musiqa san'ati, shubhasiz, poeziya hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan holda taraqqiy etadi. Forobiy va Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ olimlar musiqa va musiqashunoslikka katta e'tibor beradilar va nodir asarlar yaratadilar90.

Somoniylar davrida mamlakat ma’naviy xayotining asosi islom mafkurasi edi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat berdilar. Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va utning imlosi joriy etildi.

Movarounnahrda ko’p o’tmay hatto ona tilidan ko’ra arab tili va yozuvini yaxshiroq bilgan bilimdonlar paydo bo’ldi56.. Mahalliy bilimdonlar o’z vatanida quvg’in ostiga olinib, kupgina tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari Damashq, Kohira, Bog’dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo’ladilar. Davlatni boshharishda abbosiylar ma’muriyati ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi, chunki arablar orasida shu davrda davlat ishiga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz, borlari ham zaif edi

Eng mashhur madaniyat markazi shu davrda Bag’dod shahri edi. Bag’dodda «Bayt ul hikma» (donishmaidlar uyi) tashkil etilgan edi. “Baytul xikma”da Ahmad Farg’oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad ibi Abdulloh Marvaziylar ta’lim olganlar. IX-X asrlarda O’rta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi57. Uning ildizlari O’rta Osiyo, ayniq, Xorazm, shuningdek Bobil, Eron, Hindostonning antik dunyosiga va kadimgi madaniyatiga borib taqalar edi. IX-XII asrlarda arab tilida asarlar yozgan eng mashhur olimlar Ahmad Farg’oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abusalx Masihiy, Abulhayr Xammar, Abunosir Arron va boshqalar edi.Sharq dunyosining buyuk daho olimi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'il-gan. Uning otasi Abdulloh asli Balxdan bo'lib, Ibn Sino besh yoshga to'l-ganda oilasi bilan Buxoroga ko'chib keladi. Turk yozuvchisi Ibrohim Ogoh Chubukchining ma'lumotiga qaraganda, asli turk oilasidan bo'lgan ibn Sinoning otasi nihoyatda o'qimishli kishi edi. U «Ihvon as-Safo» risolalarini va Ismoiliya mazhabining dunyoqarashlarini sevardi. Bir kuni Abdulloh An-Notiliy degan falsafani yaxshi biluvchi bir zot bilan tanishganida o'g'li Ibn Sinoni shogirdlikka olishini so'raydi. An-Notiliy bo'lajak allomani o'z tarbiyasiga oladi. Ibn Sino Arastuning «Mantiq»ini, Oklidesning «Anosir»ini, Batlimusning «Al-Majasti»sini shu buyuk zotdan o'rganadi. Bundan oldinroq esa Ismoil ismli bir zotdan fiqh ilmidan tahsil oladi. O'n yoshdayoq «Qur'on»ni yod olgan Ibn Sinoustozlarini shoshirib qo'yadigan zukko bola edi. Falsafa, mantiq, falakiyot, tabiiy va riyoziy ilmlar u juda yaxshi biladigan bilim sohalari edi. Bulardan tashqari islom tarixini mufassal o'rgandi. O'zi anglagan darajada islomiyatni ham sharhlay olardi».

Ibn Sino ayniqsa, tibbiyot ilmiga alohida mehr qo'ygandi. Bu borada u xristian tibbiyotshunos olimi Iso ibn Yahyo asarlaridan ko'p foydalangan. Chunki u tibda tajribalarga ko'p ahamiyat bergan tabib bo'lgan. Qisqa vaqt ichida Ibn Sino tabobat sohasida katta shuhrat qozonadi. Ibn Sinoning o'zi bu haqida quyidagilarni yozgan edi:

«Tib aslida qiyin ilmlardan emas, shu sababdan men qisqa muddat ichida bu sohada shunday yutuqqa erisha oldimki, hatto fozil tabiblar ham menga kelib, mendan tib ilmini o'qiydigan bo'ldilar. Bemorlarga ham qatnar edim. Erishgan tajribalarim natijasida menga davolash eshiklari shunday keng ochildiki, uni ta'riflab bo'lmaydi»58.Ibn Sinoning obro'-e'tibori kun sayin oshib borganligini bir necha e'tiborli dalillar isbot qiladi. Buxoro amiri Nuh ibn Mansur (976-997) og'ir dardga chalinadi. Uni davolashda Ibn Sino faol qatnashadi va buning evaziga u saroy kutubxonasida saqlanayotgan nodir kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

1002-yilda Xorazmga borgandan so'ng, o'sha davrning yirik madaniyat markazlaridan biri bo'lgan Urganchda Ma'mun akademiyasida faollik ko'rsatadi. Abu Rayhon Beruniy singari buyuk olimlar bilan hamkorlikda ishlaydi. 1017-yil Xorazmni Mahmud G'aznaviy bosib olgach, Ibn Sino Go'rgon amirligiga, u yerdan Ray, Kazvin shaharlariga o'tib, so'ng Hamadonga — buvayxiylar hukmdori Shams ad-Davla xizmatiga (997-1021) kiradi. Hamadon amiri Shams ad-Davlani davolagan Ibn Sino vazirlik darajasiga ko'tariladi. Askarlar orasida sodir bo'lgan isyon tufayli Ibn Sino zindonga tushadi. Ammo Shams ad-Davla yana kasallanganda zindonband etilgan buyuk tabib ikkinchi bor uni davolaydi va tag'in vazirlikka tayinlanadi. Shams ad-Davla vafotidan so'ng uning o'g'li Samo ad-Davla taxtga o'tiradi. Ibn Sino vazirlikda qolishni istamaydi. U Isfahon amiri Alo ud-Davlaga maktub yo'llab vazifa so'raydi. Bu xatti-harakati uchun Hamadon hukmdori Ibn Sinoni zindonband qiladi. Oradan to'rt oy o'tgach, Isfahon amiri Alo ud-Davla Hamadonni bosib oladi va Ibn Sinoni hibsdan ozod etadi.

Tinimsiz ilmiy mutolaa, shaharma-shahar darbadarlarcha yurish, olimga nisbatan bir necha bor uyushtirilgan ta'qib va zindonlar, albatta, uning salomatligiga ta'sir etgan edi. Ibn Sino 1037-yilda « (hijriy 428) 57 yoshida vafot etadi. Buyuk qomusiy olimdan juda katta meros qolgan. Turli manbalarda ulug' mutafakkirning falsafa, mantiq, ruhshunoslik, adabiyotshunoslik, she'riyat, musiqa, geologiya, mineralogiya, fizika, matematika, tibbiyot, falakiyot va fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd etiladi. Biroq bizgacha Ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan, xolos. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasawufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa olimlar bilan bo'lgan yozishmalarga tegishlidir1.

Olimning falsafaga oid «Kitob ash-shifo» asarini o'z davrining qomusiy asarlaridan desak mubolag'a bo'lmaydi. Unda mantiq, tabiiy fanlar, riyoziyot va ilohiyot bo'yicha falsafiy g'oyalar o'z aksini topgan.Yana bir falsafaga oid yirik asar «Al-ishorot va tanbihot» («Ishoralar va tanbihlar») hisoblanadi. Unda falsafaning asosiy masalalari qisqacha bir tarzda bayon etilgan. Fors-dariy tilida yozilgan yirik falsafiy asarlardan biri «Donish-noma» («Bilim kitobi»)dir. Ibn Sino bu asarida o'zidan oldingi va o'z davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan holda shunday bir falsafiy asar yaratdiki, bu asar O'rta asr Sharqidagi nazariy bilimlarning eng yuqori cho'qqisiga ko'tarildi.

Ibn Sinoning tabobat ilmi bobida qoldirgan buyuk merosi, ayniqsa, katta tarixiy ahamiyatga egadir. Uning tabobatga oid asarlaridan 30 tasi bizgacha yetib kelgan, shulardan asosiylari o'zbek tiliga tarjima qilingan. Ulug' hakimning tabobatga oid shoh asari albatta «Kitob al-Qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi»)dir. Ibn Sino «Tib qonunlari»ni besh kitobga bo'lgan:

1-kitobda tabobatning umumiy nazariyasi bayon etiladi. 2-kitob dorishunoslikka bag'ishlangan. Unda o'simlik ma'dan va hayvonlardan olinadigan 811 sodda dorining nomini alifbo tar-tibida joylashtirilib chiqilgan va ularning ta'rifi keltirilib, har biri qaysi dardga davo ekanligi izohlangan. («Tib qonunlari», 7-bet.) Ibn Sinoning davolash uslubida ishlatilgan 396 dorivor o'simlikdan 165 tasi bugungi kunda tibbiyot fanida qo'llaniladi59.

3-kitobda «Juz'iy» kasalliklar, ya'ni insonning boshidan tovonigacha har bir a'zosida bo'ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usullari yoritiladi.

4-kitob insonning biron-bir muayyan a'zosiga xos bo'lmagan, balki butun gavdasida yuz berishi mumkin bo'lgan kasalliklarga bag'ishlangan.

5-kitobda murakkab dorilar, ya'ni tabiatda tayyor holda uchramaydigan darmondorilarni tayyorlash to'g'risida fikr yuritiladi.

Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarining jahonshumul tarixiy ahamiyatini shu narsadan ham bilish mumkinki, bu kitob to XVIII asrning oxirlariga qadar ham G'arbiy Yevropaning tibbiy o'quv yurtlarida asosiy o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qilgan. Sharq olamining taniqli mutafakkirlaridan bo'lgan Nizomiy Aruziy Samarqandiy «Chor maqola» kitobining IV qismida Ibn Sinoning tabobatga oid o'n besh kitobining ro'yxatini keltirib, so'nggida quyidagilarni yozgan edi: «Agar (tabib) shularning (kitoblarning — R.Sh. Sh.K) hammasini o'qishdan xalos bo'lmoqchi bo'lsa «Qonun»ning o'zi kifoya qiladi»60.

«Tib qonunlari» XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan. Shu kunga qadar bu asar dunyodagi deyarli barcha xalqlarning tillariga o'girilgan. Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir. Ibn Sino nafaqat qomusiy ohm va mutafakkir, ayni zamonda u iste'dodli shoir va adib ham bo'lgan. Uning badiiy, ijod bobidagi mevalari — «Qush risolasi», «Salomon va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Uyg'oq o'g'li Tirik» asarlarida o'z aksini topgan. Ularda ulug' adib yuksak insoniy fazilatlarni, hayotiy muammolar va yechimlarni qalamga oladi.

Italiyalik mashhur olim, matematik va shifokor Djirolamo Kardino (1501-1576) Ibn Sino haqida shunday degandi: «Mening hamma g'oyalarim, o'zimgamas, balki Ibn Sinoga taalluqlidir, chunki uning nazariyalari falsafiy qarashlar orasida haqiqatga yaqin yagona g'oyalardir. Men buni bajonidil tan olaman».Sharqda «Shayxur-Rais» va G'arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur bo'lgan buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino abadul-abad avlodlar qalbini faxr va g'urur his-tuyg'ulari bilan albatta yoritib turajak.

XI-XII asrlarda ijtimoiy fanlar ham anchagina taraqqiy etdi. Masalan, shoir Abu Abdullo Rudakiyning prozaik asarlari, Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»si, Gardiziyning «Zayn-ul-bahor» («Go’zal xabarlar») asari, Majididdin Admoning «Tarixi mulki Turkiston» («Turkiston tarixi»), Nizomulmulkning «Siyosatnoma»si, Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilik» asarlari shu davrga oid bo’lib, undan tashqari shu davrlarda Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy, Amak Buxoriy, So’zani Samarqandiy kabilar ham ijod etdilar.

IX-XII asrda dunyoviy fanlar bilan birga diniy bilimlar ham keng rivojlandi. Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, Burxonuddin Marg’iloniy, Abu Xafs Kabir Buxoriy kabi ulamolar islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo’shdilar. Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida Buxoro shahri markaziy o’rin egalladi.Tasavvuf ta’limoti rivojlanib O’rta Osiyoda uning turli xil yo’nalishlari (XII asrda Turkistonda Yassaviya, XIII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya) paydo bo’ldi va tarqaldi61.

Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf, tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning «Al-jabr», «Zij», «Quyosh soati haqida risola», «Sur’at ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari Sharq va G’arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi.

Abu Nasr Farobiy Sharq falsafasining ulug mugafakkiri bo’lib, kadimga dunyo falsafiy merosini saqlashda va rivojlashirishda katta hissa qushdi. U 160 dan ortiq asar yozgan, ulardan «Aristotilning «Metofizika» asari maqsadlari haqida», «Musiqi kitobi», «Baxt-saodatga», «Siyosat al-madoniya» shular jumlasidandir.

1998 yil Ahmad Farg’oniyning 1220 yilligi nishonlandi. Ahmad Farg’oniy astronom, matematik, geograf edi. Bag’dod yaqinda Raqoq nomli mavzsda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil etadi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan» nomli asarlari mashhurdir.

Xorazm madaniyati xorazmlik ulug’ olim Abu Rayhon Beruniyning nomi bugan bog’langan. Abu Rayhon Beruniy 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan bo’lib, «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorlmklar», «Hindiston», «Meteorologiya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi bilgan qomusiy olim edi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika, geografiya, tarix fanlarga katga hissa qushdi.

Bu davr O’rta Osiyoda me’morchilik san’ati ham gurkirab rivojlandi. Buxoroda Dehgaron, Masjidi kalon, Namozgoh, Maqoki Attoriy masjidlari, Surxondaryodagi Jarqo’ton minorasi, Ko’hna Urganchda Faxriddin Roziy maqbarasi, Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi, Talxojanbobo masjidi va boshqa yodgorliklar me’morchilik san’atining yorqin namunalari hisoblanadi.





Download 271.5 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Download 271.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. SOMONIYLAR DAVLATIDA ILM-FAN VA MADANIY HAYOTI

Download 271.5 Kb.