Darsning xronologik haritasi:
№
|
Kerakli jihozlar
|
Vaqti
|
Darsning kechishi va yunalishi
|
1.
|
Jihozlanishi, doska.
|
2-daqiqa
|
1.Tashkiliy qism.
a)o’quvchilarning bildirishnomasi asosida darsga tayyorgarligini tekshirish.
|
2.
|
Doska.
|
3-daqiqa
|
2.O’qituvchi kirish so’zida mavzuning nomini aytadi va mavzu maqsadini tushuntiradi.
|
3.
|
Kichik ko’rgazmalar
|
35-daqiqa
|
3.O’quvchilarning bilimini nazorat qilishda qo’llaniladigan usullar.
a) aqliy hujum.
b) interfaollik
v) aysberg usuli
g) rag’batlantirish
|
4.
|
Darslik kitob.
|
5-daqiqa.
|
4. Darsga yakun yasash.
Uyga vazifa: Somoniylar davlati haqida qo’shimcha ma’lumotlar to’plash.
|
Darsning borishi:
O’qituvchi: Tashkiliy qism.
a) Salomlashish.
b) Tozalikka e’tibor berish.
v) Darsga tayyorgarligini tekshirish.
g) Davomatni aniqlash.
d) O’tilgan mavzuni umumlashtirish.
Yangi mavzu bayoni:
Somoniylar davlatiga Somon qishlog’i (Balx yaqinida, ba’zi manbalarda esa, Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos solgan. Xalifa Ma’munga bo’lgan sadoqatlari evaziga 819-820 yillarda Somonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga, Ahmad Farg’onaga, Yahyo Shosh va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokim etib tayinlandilar.
839-840 yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi. U Sug’dning bir qismi va Farg’onaga hokim bo’lib oldi. Lekin Somoniylar davlatini bunyod etishda Ahmadning hissasi ko’proq bo’ldi. Uning Nasr, Yaqub, Yahyo, Asad, Ismoil, Isxoq va Homid ismli o’g’illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari Ahmad va Yahyo boshqardi, keyin hokimlik Nasr (865-892) qo’liga o’tdi. 859-yilda Yahyo ibn Asad vafot etgach, Shosh va Ustrushona Ahmadning ikkinchi o’g’li Ya’qubga nasib etdi. Keyin tashabbus Ismoil ibn Ahmad qo’liga o’tdi. Buxoroda Tohiriylar mavqei sust edi. 874 yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892) ni hokim qilib jo’natadi.
|