• Interfaollik
  • "Oqlovchi"
  • Yangi mavzuni mustahkamlash




    Download 271,5 Kb.
    bet17/25
    Sana23.07.2021
    Hajmi271,5 Kb.
    #15758
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
    Yangi mavzuni mustahkamlash:

    Aqliy hujum:

    1. Movarounnahrda Somoniylar davlatining tashkil topishi uchun qanday

    shart-sharoitlar paydo bo’ldi.

    2. Somoniylar davlatining tashkil topishi va davlat boshqaruvidagi

    islohotlar.

    3. Somoniylar davrida yer egaligi va iqtisodiy hayot.

    4. Somoniylar davrida islom dini va madaniy hayot.

    5. Somoniylar davlatinining parchalanib ketishi sabablarini aniqlang.



    Interfaollik:

    O’qituvchi: O’quvchilar darsimizni noan’anaviy usulda davom ettiramiz. (Shunday deb o’qituvchi birinchi qatordagi o’quvchilarni "Qoralovchi" guruh, ikkinchi qatordagi o’quvchilarni "Oqlovchi" guruhlarga ajratib har ikkala guruhda bittadan faol o’quvchini darsni kuzatib boruvchi "Ekspert" lar deb belgilagach, o’zi o’quvchilar qatoriga o’tiradi. Bir o’quvchi Somoniylar davlati to’g’risida tushunchalarini so’zlab beradi. Bu o’quvchiga "Qoralovchi" guruh tomonidan savollar yog’iladi, "Oqlovchi" guruh bu o’quvchini himoya qilib boradi va nihoyat "Ekspert" lar ikkala guruhning darsga faolligini holisona baholab beradi).

    O’qituvchi: Mana darsimiz qiziqarli davom etmoqda, endi uni yanada qiziqarli o’tkazish maqsadida "Aysberg" usulidan foydalanamiz. Faraz qilaylik biz Shimoliy muz okeanida sayohat qilib yuribmiz. Birdaniga oldimizdan "Aysberg" (muzqoya) chiqib qoldi. Xush, nima qilish kerak?

    1-chi o’quvchi: "Aysberg"ni aylanib o’tamiz.

    2-chi o’quvchi: "Aysberg"ni parchalab yuboramiz.

    3-chi o’quvchi: "Aysberg"ni eritib yuboramiz.

    4-chi o’quvchi: Orqaga qaytib ketamiz.

    O’qituvchi: Endi yana darsga qaytaylik. O’sha biz aytgan Aysbergning o’rniga Somoniylar davlati mavzusini ko’rib qo’yaylik. Bu mavzuni, birinchi o’quvchi aytganidek o’rganmasdan aylanib o’tib ketamizmi? ikkinchi o’quvchi aytganidek parchalab yuboramizmi? uchinchi o’quvchi aytganidek eritib yuboramizmi? yoki to’rtinchi o’quvchining fikri buyicha bu mavzuni o’rganmasdan orqaga qaytib ketgan ma’qulmi?

    O’quvchilar: yangi mavzuni "Aysberg" singari eritib, urganib olganimiz ma’qul.


    Download 271,5 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




    Download 271,5 Kb.