• Tuzuvchilar: S.Qo‘ziyeva
  • Kafedra mudiri
  • O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i: ________
  • Jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya va uni o




    Download 399 Kb.
    bet1/24
    Sana03.04.2024
    Hajmi399 Kb.
    #186615
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Dorivor o\'simliklarni yetishtirish texnologiyasi
    7-sinf to\'liq savol va javob @Kimyo, EXCELНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДАГИ, 11-amaliy, № 6 Амалий иш Axборотларни ҳимоялаш, 6-amaliy, Uzlet stipendiya 2022 yil 2 yarim yillik ota onasi yo\'qlar, said ahmad ufq trilogiya, Bebutova Lola kurs ishi slayd 3, akhborot khavsizligi (2), metod DILNOZZZZZZ, 1 kurs ped sport bayonnoma, 202-guruh Mamaraimova Iroda, kompyuternoe-muzykalnoe-tvorchestvo-kak-sredstvo-formirovaniya-informatsionnoy-kompetentnosti-sovremennogo-muzykanta-pedagoga, Fanlar majmuasi-2021, Veb

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


    TABIIY FANLAR FAKULTETI
    BIOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI


    DORIVOR O'SIMLIKLARNI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI



    Oliy ta’lim va kasb hunar kollej talabalari uchun
    o‘quv-uslubiy qo‘llanma


    Jizzax 2023
    O‘quv-uslubiy qo‘llanmada dorivor o‘simliklarni yetishtirish, yig‘ish, quritish va tahlil uslublari bayon etilgan. Unda dorivor o‘simliklarning botanik ta’rifi, geografik tarqalishi, ulardan xomashyo tayyorlash, ayni vakillarining tashqi ko‘rinishi, kimyoviy tarkibi, olinadigan dorivor preparatlar va ularning ishlatilishi haqida so‘z yuritiladi.

    Tuzuvchilar:
    S.Qo‘ziyeva Biologiya va uni o‘qitish mеtоdikasi kafedrasi v.b dotsenti
    X.K.Berdiqulov Biologiya va uni o‘qitish mеtоdikasi kafedrasi o‘qituvchisi,
    Taqrizchilar:
    D.E.Azimova JDPU, Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri dotsent,
    A.O‘ralov O‘z MUJF Tabiiy fanlar va iqtisodiyot kafedrasi mudiri b.f.f.d.(PhD).

    Ushbu uslubiy qo‘llanma “Biologiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasining 2023 yil “22” avgustdagi “1” – son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


    Kafedra mudiri: ________ dots. D.E.Azimova

    Ushbu uslubiy qo‘llanma “Tabiiy fanlar” fakulteti Ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan 2023 yil 23 avgustdagi 1 sonli bayonnoma.


    Fakultet Ilmiy kengashi raisi: ________ prof. Z.Z.Yaxshiyeva

    O‘quv – mеtodik kеngashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya qilingan. 2023 yil «24 » 08 dagi 1 – sonli majlis bayoni.


    O‘quv-uslubiy ta’minot
    bo‘limi boshlig‘i: _________A.Abduraxmonov
    Kirish
    Davlat farmakopeyasiga kiritilgan dorivor o‘simliklar va xomashyolarni yanada chuqurroq o‘rganish. Ta’sir etuvchi dorivor moddalar to‘planishiga ta’sir etuvchi omillar: xomashyoni yig‘ish va quritishning muqobil usullari; saqlashda ta’sir etuvchi moddalarning yo‘qolishi, ayrim kimyoviy guruhlarni fitokimyoviy tadqiq etish. Dorivor xomashyo sifatini belgilovchi me’yoriy texnik hujjatlarni tuzish; farmakognostik tahlil va ta’sir etuvchi moddalar tahlilining yangi usullarini ishlab chiqish.
    Yangi dorivor o‘simliklarni qidirib topish va ularni o‘rganish. Buning uchun xalq tabobati ma’lumotlaridan foydalanish, dorivor o‘simliklarni botanik qarindoshligi tamoyili bo‘yicha izlash, sintetik kimyo rivojlanishi va kimyoviy preparatlar keng qo‘llanishi davrida XIX asrdan so‘ng qo‘llanmay qo‘yilgan – «unutilgan» dorivor o‘simliklar mavqeini tiklash.
    Xalq tabobati merosidan unumli foydalanish hamda Xitoy, Tibet, Mo‘g‘ul, Hind, Eron tabobatida qo‘llanadigan dorivor o‘simliklarni o‘rganish.
    Dorivor o‘simliklarni ekib yetishtirish va iqlimlashtirish. Bu ish hozirda dolzarb bo‘lib, maxsus dorivor giyohlar o‘stiriladigan xo‘jaliklar ko‘lamini kengaytirishni taqazo qiladi. Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Ibn Sino nomidagi shirkat xo‘jaligida dorivor o‘simliklarning mahalliy sharoitda yovvoyi holda uchramaydigan yoki tarqoq holda uchraganligi uchun tabiatdan terib olish o‘zini oqlamaydigan turlari o‘stiriladi. Bu esa o‘simlik xomashyosi tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish, mahsulotni talabga qarab rejalashtirish imkoniyatini beradi.
    Dorivor o‘simliklar xomashyosi tayyorlashning muqobil usullarini ishlab chiqarish va o‘simlik tarqalgan maydonlarni muhofaza qilish.Sintetik kimyoning dorivor preparatlar sohasidagi ulkan yutuqlariga qaramasdan dorivor o‘simliklar keng qo‘llanib kelmoqda. O‘simlik xomashyosidan tayyorlangan dorivor preparatlar chiqarilayotgan preparatlar umumiy xajmining 40% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Tibbiyot sanoati va dorixonalar tarmog‘ida 270 tur atrofidagi yovvoyi holda o‘suvchi yoki ekib o‘stiriladigan o‘simliklardan foydalaniladi, ulardan 130 turga yaqini tibbiyot sanoati ehtiyojlariga va 100 turdan ortig‘i birlamchi ishlov berilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri dorixonalar tarmog‘iga tayyor dorivor vosita sifatida keltiriladi.
    Yurak-qon tomir kasalliklari, jigar va oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari, hamda balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida 70% dan ortiq, ginekologiya amaliyotida esa – 80% gacha dorivor o‘simliklar va ulardan olingan preparatlar qo‘llanadi.
    Farmakognoziya boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘langan; uni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun botanika, biokimyo, organik kimyo, ekologiya, tabiat muhofazasi fanlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish va lotin tilini bilish talab qilinadi. Farmakognoziya bo‘yicha bilimlar keyinchalik farmakologiya, dori shakllari texnologiyasi va galen preparatlar sanoati kurslarini o‘rganish uchun zamin bo‘ladi.

    Download 399 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 399 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya va uni o

    Download 399 Kb.