|
FREZERLASH DASTGOXLARI MOSLAMALARI
|
bet | 11/13 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #247204 |
Bog'liq tokarlik1.FREZERLASH DASTGOXLARI MOSLAMALARI
Frezerlash dastgoxlari moslamalari turli xil bo’lib universal, universal yig’ma, universal sozlanadigan, guruxli va maxsus bo’lishi mumkin.
Mashina tiskilari universal moslama hisoblanadi. Ular turli ko’rinishdagi va o’lchamdagi zagotovkalarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Tiskilarni tana, salazka va maxkamlash mexanizmi kabi doimiy detallari va xar hil o’lchamdagi detallarga ishlov berish uchun ishlatiladigan (almashinadigan lablar (gubki)) almashinadigan detallarga bo’linadi.
Tiskilar 1 ta yoki 2 ta xarakatlanuvchi lablarga ega bo’lishi mumkin. Tiskilarda vintli, ekstsentrikli qo’lda maxkamlash va mexanizatsiyalashgan pnematik, gidravlik, pnevmogidravlik maxkamlash mexanizmlari ishlatiladi. Xarakatlanuvchi labga ta’sir etuvchi maxkamlash kuchini yo’nalishiga ko’ra tortuvchi va suruvchi bo’lishi mumkin.
rasm. Ikkita doimiy xarakatlanadigan labga ega bo’lgan universal o’zi markazlaydigan tiski.
rasmda universal o’zi markazlaydigan ikkita doimiy xarakatlanadigan lab 1ga va almashinadigan lablar (2 va 3) ga ega tiski ko’rsatilgan.
Bir tomonda o’ng rezbali va ikkinchi tomonda chap rezbali vint 4ni aylantirilganda tiski lablari yaqinlashadi (zagotovka maxkamlanganda) va uzoqlashadi (zagotovka bo’shatilganda).
. Mashina tiski (iskanja)lari,
Quyida (11.2 rasm) qo’zg’almas (statsionar) universal moslama-pnevmatik tiski keltirilgan. Ushbu tiski vertikal parmalash dastgoxlarida tsilinrik detallarni zagotovkalarini markazlash va maxkamlash xamda teshiklarni parmalash va zenkerlash uchun qo’llaniladi.
rasm Universal qo’zg’almas (statsionar) moslama-pnevmatik tiski
Tiski tanasiga vintlar yordamida qopqog’i 6 bilan pnevmotsilindr maxkamlangan. Pnevmotsilindr ichida porshen 7 va chap uchida ikkita pazli shtok 8 xarakatlanadi. Pazlarga uzun yelkali G-simonrichaglar 3 paletslar 5 yordamida o’rnatilgan. Qisilgan havo pnevmotsilindrni A bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan porshen 9 o’ngga xarakatlanadi. Bu vaqtda richag 3 o’q 4 atrofida buriladi va kalta yelkasi bilan almashinadigan lab (gubki) bilan polzun 2 ni markazga qarab suradi va zagotovka maxkamlanadi
.
Qisilgan havo pnevmotsilindrni B bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan porshen 9 chapga xarakatlanadi. Bu vaqtda richag 3 o’q 4 atrofida buriladi va kalta yelkasi bilan almashinadigan lab (gubki) bilan polzun 2 ni markazdan orqaga qarab suradi va zagotovka bo’shatiladi.
|
| |