BITTA KLASSNI IMPORT QILISH
Moduldan bitta klass import qilish uchun from
modul import
klass ifodasidan
foydalanamiz:
from odamlar import Talaba
from transport import Avto
talaba = Talaba("Alijon","Valiyev","FA010101","N00022")
avto = Avto("GM","Malibu","Qora",2020,40000)
BIR NECHTA KLASSLARNI IMPORT QILISH
Moduldan bir nechta klass chaqirish talab qilinsa, import so'zidan so'ng
klasslar
ketma-ket vergul bilan ajratib yoziladi:
from odamlar import Talab, Shaxs
talaba = Talaba("Alijon","Valiyev","FA010101","N00022")
shaxs = Shaxs("Hasan","Husanov","FB0011223")
MODULNI O'ZINI CHAQIRISH
Modulni to'liq import qilish uchun import modul ifodasidan foydalanamiz. Bunda
modul ichidagi klasslarga modul nomi va nuqta orqali murojat qilinadi:
import odamlar
talaba = odamlar.Talaba("Alijon","Valiyev","FA010101","N00022")
shaxs = odamlar.Shaxs("Hasan","Husanov","FB0011223")
MODULDAGI BARCHA KLASSLARNI IMPORT QILISH
Moduldagi barcha klasslar quyidagicha import qilinadi: from modul import *.
Bunda modul ichidagi istalgan klassga to'g'ridan-to'g'ri uning
nomi bilan murojat
qilinadi.
from odamlar import *
talaba = Talaba("Alijon","Valiyev","FA010101","N00022")
shaxs = Shaxs("Hasan","Husanov","FB0011223")