- laboratoriya ishi. Avtogenerator (o’z-o’zidan ishlovchi tranzistorli generatorni) sxemasini tadqiq qilish




Download 3.96 Mb.
bet8/18
Sana21.09.2022
Hajmi3.96 Mb.
#26182
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
LAbaratoriya ishi
1655556713, 1-loyiha, Funksional ketma-ketliklar va ularning yaqinlashuvchanligi, Тема Дидактика как тиория обучения, мажмуа-2022. манба-тарих, 8, So\'gi qo\'ng\'iroq , zamonaviy cam tizimining funksiyalari, Shamol energiya resurslari, Chapter-1, 4-мавзу

4- laboratoriya ishi.

Avtogenerator (o’z-o’zidan ishlovchi tranzistorli generatorni) sxemasini tadqiq qilish


Ishni bajarishdan maqsad. O’z-o’zidan ishlovchi generatorning energetic xususiyatlari bilan tanishib chiqish va uning to’liq chastotasini tebranish konturining parametrlariga hamda to’lqin amplitudasining manba kuchlanishiga bog’liqligini tekshirish
Nazariy qism.
Laboratoriya qurilmasi o'z - o'zidan ishlovchi generatorning to'lqin Chastotasini tebranish konturi parametrlariga bog'liqligini tekshirish uchun mo'ljallangan . Qurilma kichik hajmdagi asbob tarzida qurilgan . Barcha boshqarish muruvvatlari va tekshirish uchun kerak boʻlgan ulagichlar qurilmaning oldingi tomonida yuzaki qismida joylashgan . Manba ossillograf , millivoltmetr VZ - Z8 , Chastotamer CHZ - 15 qurilmaning yon tomoniga joylashtiriladi va maxsus simlar orqali ulagichlarga ulanadi .
O'z - o'zidan ishlovchi generator iiduktiv teskari bog'langan sxemada ishlaydi va kam quvvatli yuqori Chastotali KT315 turdagi tranzistorda yig'ilgan ( 4 - rasm ) . Kontur g'altagi L va teskari aloqa bog'lovchi g'altak L₁ diametri 8 mm , uzunligi 140 mm , 400 NN turdagi ferrit o'zagiga ulangan . O'zgaruvchan sig'im KPE turidagi bo'lib , uning qiymati 12-495 pf oralig'ida o'zgaradi . Sig'im S , g'altak 1. dan yuqori Chastotali energiyaning bir qismini tranzistorning kirish qismiga olib beradi , yani musbat teskari aloqa bog'laydi . R , va R₂ qarshiliklar generatorning kerakli ish holatini belgilaydilar . Generator uzun to'lqin diapazonida ishlaydi . Bunday to'lqinlar atrofdagi muhitda yaxshi yutiladi va boshqa apparatlarning ishlashi uchun xalaqit bermaydi .
Radiosignallarni uzatuvchi qurilma (RUQ) deb, tarkibida uzatilishi kerak xabar bo`lgan yuqori chastotali radiotoʻlqinlarni ishlab beruvchi qurilmalarga aytiladi. Qurilmaning asosiy vazifasi radiosignalni yuzaga keltirib, shakllantirib va kerakli miqdorgacha kuchaytirib, uni antennaga uzatishdir. Radiosignal bu yuqori chastotali toʻlqin bo`lib, uning biror parametri uzatilayotgan xabar ta’sirida o`zgarib turadi. Radiosignal quvvati Rchiq radioqurilmani loyihalayotgan paytda aniqlanadi.
Radiosignal spektri ish chastotasi f, chastota turg’unligi ∆f/f, band qilingan chastota kengligi va parazit tuqinlar, ya’ni kerakmas bo`lgan toʻlqinlar miqdori bilan xarakterlanadi (2.1-rasm). Band qilingan chastota kengligi bu yuqori fyu va quyi fq chastotalar oralig’i bo`lib, bu oraliqda signalning 99% quvvati yig’ilgan bo`ladi. Yuqori fyu va quyi fq oraliqdan tashqarida bo`lgan toʻlqinlar kerak emas parazit toʻlqinlar hisoblanadi. Ular boshqa chastotadagi signallarni qabul qilishga xalaqit berishadi va shu tufayli ularni miqdorini iloji boricha kamaytirish kerak.
fc ish chastotasining t vaqt davomida o`zgarshi chastota turg’unligi bilan aniqlanadi (∆f/f ). Chastota turg’unligi iloji boricha kichik bo`lishi kerak va u ish chastotasiga va qurilmaning quvvatiga bog’liq boʻladi.


4.1- rasm .Radiosignalning tarkibi
Masalan: (4 - 29, 7) MGs chastota oralig’ida ishlovchi va quvvati R = 500 Vt bo`lgan qurilmalarda Afc<50-10"6 bulishi kerak.

Sxemotexnik tashkil qilinishi bo`yicha juda ko`p radiosignallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi turlicha sxemalar mavjuddir. Ularning ichidan radiouzatuvchi qurilma sxemasini ko`rib chiqamiz (2.2-rasm).
4.2-rasm. Radiouzatuvchi qurilmaning prinsipial sxemasi
Radiouzatuvchi bipolyar tranzistorlarda yig’ilgan ikkita kaskaddan tashkil topadi. Real kirish signali manbasi (mikrofon), sxema modelida E1 to`g’ri burchakli impulslar generatori bilan almashtirilgan. VT1 tranzistorida tashkil qilingan birinchi kaskad, modulyatsiyalanayotgan signalni dastlabki kuchaytirgichi hisoblanadi. VT2 tranzistorida yig’ilgan ikkinchi kaskad yuqori (tashuvchi) chastotaning LC- generatori hisoblanadi. E1 generatordan olingan signallarning parametrlari 2.3-rasmda ko`rsatilgan.
E1 generator o`chirilgan holda olingan, o`rnatilgan rejimdagi modulyatsiyalanmagan tashuvchi chastota tebranishlari 2.4- rasmda ko`rsatilgan. Modulyatsiyalanuvchi to`g’ri burchakli impulslar va antennali chiqishdagi tebranishlarning ossilogrammasi 2.4- rasmda ko`rsatilgan. Huddi shu tebranishlarni “Transient” rejimida ham olish mumkin.
Yig’ilgan real uzatkich 6 Vt chiqish quvvatiga ega bo`lishi kerak. Chorak-to`lqinli nurlantiruvchi antenna dipolida va ultra qisqa to`lqinli(UQT) qabul qilgichning 10 mkV sezgirligida, 100 metrgacha uzoqlikkacha turg’un aloqani ta’minlashi mumkin.


4.3-rasm. Generatorni parametrlarini o`rnatish





4.4-rasm. Tashuvchi chastota tebranishlari ossillogrammasi

Download 3.96 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 3.96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- laboratoriya ishi. Avtogenerator (o’z-o’zidan ishlovchi tranzistorli generatorni) sxemasini tadqiq qilish

Download 3.96 Mb.