Jizzax politexnika instituti radioelektronika fakulteti radioaloqa qurilmalar




Download 3.96 Mb.
bet2/18
Sana21.09.2022
Hajmi3.96 Mb.
#26182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
LAbaratoriya ishi
1655556713, 1-loyiha, Funksional ketma-ketliklar va ularning yaqinlashuvchanligi, Тема Дидактика как тиория обучения, мажмуа-2022. манба-тарих, 8, So\'gi qo\'ng\'iroq , zamonaviy cam tizimining funksiyalari, Shamol energiya resurslari, Chapter-1, 4-мавзу

Kirish


Zamonaviy radiosignallarni tadqiq qilish katta aniqlik va chuqur taxlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan ishlarning katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi.
Radioelektron apparatlarining asosiy bajaradigan funksiyalari bo`lib axborotlarga ishlov berish, ularni uzatish va qabul qilishdan iborat. Bu funksiyalarni bajarish uchun turlicha murakkablikka ega bo`lgan radioqurilmalardan foydalaniladi. Bunday radioqurilmalarni loyihalash jarayonlari murakkab jarayon hisoblanib, asosan zamonaviy kompyuterlarda, avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalaridan foydalanib amalga oshiriladi.
Loyihalash jarayonida radioqurilmada kechadigan jarayonlarni modellashtirish muhim masala hisoblanadi. Modellashtirish orqali qurilmaning ishlash jarayoni taxlil qilinadi, kerakli parametrlari tekshirib ko`riladi va uning turli xarakteristikalarining sonli miqdorlari aniqlab olinadi.
Hozirgi vaqtda jahonda ko`plab kompyuterda modellash dasturlari qo`llanilmoqda. Ular ichida o`quv yurtlarida eng ko`p qo`llaniladigan dasturlardan biri Interactive Image Technologies firmasining Electronics Workbench dasturidir. Bu dasturning ma’lumotlar bazasi ko`plab elementlar - rezistorlar, kondensatorlar, g’altaklar, diodlar, tranzistorlar, mikrosxemalar va boshqa elementar to`g’risidagi ma’lumotlarni o`z ichiga olgan. Malumotlar bazasidagi har bir element o`zining ekvivalent sxemasi va parametrlarining tavsifiga egadir. Dastur paketi nisbatan kichik hajmga ega bo`lishiga qaramasdan, unda katta miqdordagi real elementlarning modellari mavjud. U sxemotexnik tahrirlagich va SPICE simulyatorni o`z ichiga olgan integrallashgan paket bo`lib hisoblanadi.
Electronic Workbench dasturi signallar generatorlari, ossillograflar, testerlar, jahondagi ko`plab taniqli firmalarning (Motorola, Nationl, Philips, Toshiba va boshqalar) yarim o`tkazgichli priborlari va mikrosxemalarini o`z ichiga oluvchi katta kutubxonaga ega. Uning yordamida elektr zanjirlar, analog hamda raqamli elektron sxemalarni taxlil qilish mumkin.
Electronic Workbench dasturi tayyor elementlardan tekshiriladigan sxema yig’ilgandan keyin, uning har bir komponentining matematik modellarini o`zaro bog’laydi va chiziqli bo`lmagan differensial tenglamalar sistemasi ko`rinishiga o`tkazadi. Ularga asosan chiziqli bo`lmagan algebraik tenglamalar sistemasini hosil qilib, takomillashtirilgan Newton-Raphson usulidan foydalanib sonli ko`rinishda yechadi va natijalarni sxemaga ulangan o`lchash qurilmalariga (ampermetrlar, voltmetrlar) yoki ikki nurli ossillografga uzatadi. Bundan tashqari dasturda grafik analizator ham mavjud. Ossillograf va grafik analizator elektr zanjirlarida sodir bo`ladigan jarayonlarni xotirasiga yozib oladi va keyinchalik ularni har tamonlama taxlil qilish imkoniyatini beradi.
Ushbu uslubiy ko`rsatmada radioelektron apparatlar tarkibiga kiruvchi radioqurilmalarni Electronic Workbench dasturidan foydalanib modellashtirish va P-CAD zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash sistemasidan foydalanib radioelektron qurilmalarning sxemalarini loyihalash bo`yicha laboratoriya ishlarini virtual bajarish masalalari ko`rib chiqilgan.
Virtual laboratoriya – tajribalar o`tkazish va fanlarni qiziqarli tarzda o`rganish uchun ideal muhit bo`lib hisoblanadi. Interaktiv virtual reallik oddiy eksperimentlar bilan bir qatorda quyida sanab o`tilgan murakkab eksperimentlarni ham o`tkazish imkoniyatini beradi:

  • qimmat va murakkab jihozlarni talab qiluvchi eksperimentlar;

  • real sharoitlarda o`tkazish qiyin, yoki amalda mumkin bo`lmagan eksperimentlar;

  • real sharoitlarda katta mablag’larni talab qiluvchi eksperimentlar;

  • qisqa vaqt davomida o`tkazilishi zarur bo`lgan eksperimentlar va boshqalar.

Uslubiy ko`rsatmada radiouzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni modellashtirish, ularning ishlash jarayonlarini taxlil qilish va P-CAD zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash sistemasidan foydalanib radioelektron qurilmalarning sxemalarini loyihalash bo`yicha laboratoriya ishlari ishlab chiqilgan bo`lib, uning yordamida talabalar nazariy olgan bilimlarini laboratoriya ishlarini bajarish orqali mustaxkamlash imkoniyatiga ega bo`ladilar.


Download 3.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 3.96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jizzax politexnika instituti radioelektronika fakulteti radioaloqa qurilmalar

Download 3.96 Mb.