• Metall
  • Kuzatiladigan eritma, foydalaniladigan asboblar va mosla- malar
  • Ishni bajarish tartibi
  • Labaratoriya ishi-1




    Download 206.32 Kb.
    Sana20.10.2022
    Hajmi206.32 Kb.
    #27604
    Bog'liq
    1-loyiha
    1655556713, LAbaratoriya ishi, Funksional ketma-ketliklar va ularning yaqinlashuvchanligi, Тема Дидактика как тиория обучения, мажмуа-2022. манба-тарих, 8, So\'gi qo\'ng\'iroq , zamonaviy cam tizimining funksiyalari, Shamol energiya resurslari, Chapter-1, 4-мавзу, Topshiriq

    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI AVTOMOBILSOZLIK FAKULTETI AVTOMOBILSOZLIK VA TRAKTORSOZLIK YO’NALISHI K71-21-GURUH 2-BOSQICH TALABASI MAHAMADJONOV SAMANDARNING MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNALOGIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
    LABARATORIYA ISHI-1
    Mavzu: Metallar va ularning qotishmalarining kristallanish jarayoni
    Ishdan maqsad. Qolipga qo‘yilgan metall yoki uning qotishmalarining sovib borishida kristallanish jarayonining borishini tuz eritmalarini kuzatish yordamida o‘rganish, shu asosda donalar o‘lchamini, tabiatini va zonalar hajmini boshqarish.
    Metall va uning qotishmalari sharoit o‘zgarganida kichik erkin energiyali barqaror holatga o‘tishga intiladi va shunga ko‘ra ular gaz, suyuq va qattiq holda boladi.
    Metallarning suyuq holatdan qattiq holatga o‘tish jarayonini kuzatdik va shuni ko‘rdikki, qolipdagi suyuq metall harorati ma’lum darajaga pasayganda unda mayda kristallanish markazlari hosil bo‘la boshlab, ulardan kristallar o‘sa boradi. Metallarning o‘ta sovish darajasi bilan «tug1 та», barqaror kristallanish markazlar soni va kristallarning o‘sish tezligi orasida ma’lum bog‘lanish bor ekan
    Bunda ko‘rinadiki, hosil bo‘lgan har qaysi kristallanish
    markazlaridan to‘g‘ri shaklli, turli tomonga yo‘nalgan kristallar
    o‘sa bordi. Bu kristallarning sirtlari shunga bo‘lak kristallar bilan
    to‘qnashganlarida ularning sirt qiyofalari buzildi.
    Bu hosil bolgan kristallar majmuasiga kristalitlar yoki donlar deyilar, ekan
    Kristallanishning borish tezligi metallning tozaligiga, suyuqlanish
    haroratiga о’rtacha sovish darajasiga va hokazolarga bog'liq ekan. Tuz
    eritrnalarining kristallanish jarayonini kuzatishimiz shuni ko‘rsatdiki,
    ularda ham kristallanish metallardagi singari borar ekan. Shu
    sababli laboratoriya ishida metallarning kristallanish jarayonini tuz
    eritmalari misolida o‘rgandik.
    Kuzatiladigan eritma, foydalaniladigan asboblar va mosla-
    malar
    Laboratoriya ishida kuzatiladigan eritmalar sifatida osh tuzi
    (NaCf), qo‘rg‘oshin nitrati Pb(N03)2, ammoniy xlorid (.NH4C1),
    sariq qon tuzi K4[Fe(CN)6], qizil qon tuzi КЗ \Fe(CN)6\ va
    boshqalaming suvdagi eritmalaridan foydalandik. Ulami
    tayyorlashda probirka, spirt lampasidan, eritma tomchisini biologik
    mikroskop stolidagi oynaga tomizishda, tomizgichdan, tomchi
    diametrini o‘lchashda chizg‘ichdan, kristallanishni kuzatish uchun
    biologik mikroskopdan foydalandik.
    Ishni bajarish tartibi
    1.Probirkadagi eritmadan ozginasini tomizgichga olib, undan
    bir tomchisini stol 9 ga o‘matilgan sirlanmagan toza oyna sirtiga
    tomizdik.
    2. Okulyar orqali tomchiga qarab, mikroskopni kuzatishga
    rostladik.
    3. Eritmaning vaqt birligida kristallanish jarayonining borishini
    kuzatdik, ko‘rilayotgan manzarani 1-jadvalning tegishli grafasiga
    tushirdik. Ma lumki, tomchi chekka qismining o‘zak qismiga
    qaraganda tezroq sovishi sababli u yerda «tug‘ma» kristallanish
    markazlari ko‘proq hosil bo‘ldi, bu markazlardan kristallanish
    jarayoni metallardagi singari boshlanib, ikkinchi shunday
    markazlardan o’sayotgan kristallar bilan to‘qnashgunlarigacha o‘sa
    boradi
    Qachonki, ular bir-biri bilan to‘qnashganlarida,
    kristallanish qarshilik yo‘q tomonga qarab bordi. Shu tartibda
    kristallanish eritma to‘la qotguncha davom etib, turli tomonga
    yo‘nalgan teng o‘qli mayda donlardan tashkil topgan yupqa
    qatlamli kristallar hosil bo‘ldi. Bu zona qalinligi eritma xiliga,
    to'yinganlik darajasiga, tomchi o‘lchamiga va sovish tezligiga
    bog‘liq ekan. Bu zonadan o‘zak tomon tomchining sovish tezligi
    pasayishi sababli hosil boladigan «tug‘ma» markazlar kam
    bo‘ldi. Buning oqibatida birinchi zonaga tik ravishda cho‘zilgan -
    cho'zinchoq kristallar qatlami hosil bo‘ldi. Shuni qayd etish
    lozimki, donlar o’lchami faqatgina hosil bolgan «tug’ma»
    kristallanish markazlarga bog'liq bo‘lib qolmay, balki metallda
    erimay qolgan oksidlar, nitridlar, sulfidlar va boshqa
    qo‘shimchalar miqdoriga ham bog‘liq ekan,
    Metallarda tuz eritmalardan farqli ravishda oz bolsa ham
    begona qo‘shimchalar, erigan gazlar va boshqalar bo‘lishi quyma
    xossasiga putur yetkazdi. Umumiy holda, birlik hajmdagi donlar
    sonini quyidagicha ifodalandi:
    Download 206.32 Kb.




    Download 206.32 Kb.