• ______________________________________ FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI Mavzu: Kompleks hosil qilishga asoslangan titrlash usullari
  • KIRISH…………………………………………………………………….……3 ASOSIY QISM I. BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI………………………………………….5
  • II BOB.Tajribaviy qism…………………………………………………….....20
  • Kurs ishining maqsadi.
  • Termiz davlat universiteti




    Download 0.49 Mb.
    bet1/12
    Sana29.05.2023
    Hajmi0.49 Mb.
    #66845
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Kompleks hosil qilishga asoslangan titrlash usullari.....K
    Foydalanuvchilarni ro\'yhanga olish xizmati (1), Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari, Maqsadni aniqlash va tegishli ma’lumotlarni to‘plash, Fairy tales, Fosforli òģitlar kurs ishi, ELEKTR KESMALASH (LEKTRO PROFILLASH). VERTIKAL ELEKTR ZONDLASH USULI, 11 mavzu Ko’phadning bo’linishi ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajratish, Elektron pochtani tashkil etish 14 m., Texnologiya ta`limining didaktik tamoyillari va ularning ta`limdagi o`rnini aniqlash, mintaqaviy iqtisodiyot, 2222


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
    __________________________________ FAKULTETI
    ___________________________________TAL`IM YO`NALISHI __-KURS ___-GURUH TALABASI
    _____________________________________NING
    ______________________________________ FANIDAN TAYYORLAGAN
    KURS ISHI
    Mavzu: Kompleks hosil qilishga asoslangan titrlash usullari

    Topshirdi: ____________________
    Qabul qildi: ___________________
    Termiz – 2023
    KOMPLEKS HOSIL QILISHGA ASOSLANGAN TITRLASH USULLARI
    MUNDARIJA
    KIRISH…………………………………………………………………….……3
    ASOSIY QISM
    I. BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI………………………………………….5
    I.1 Kompleks hosil qilish reaksiyalarining analitik kimyoda qo'llanilishi…….…5
    I.2. Kompleksimetriya usullarining tasnifi………………………………….…...9
    1.3. Kompleksonometrik titrlash…………………………………………….….15
    II BOB.Tajribaviy qism…………………………………………………….....20
    II.1. Suvning umumiy qattiqligini kompleksonometrik usulda aniqlash…….…20
    II.2. Kompleksonometrik titrlash egrilarini tuzish………………………….…..23
    III. XULOSA …………………………………………………………………..29
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….…31

    Kirish
    Kurs ishining dolzarbligi. XX asr boshlarida indikatorlar nazariyasi, kompleks birikmalar tuzilishining koordinatsion nazariyasi, kislota va asoslar nazariyasi ishlab chiqildi. Analiz ishlari birmuncha boyitildi: tomchi analizi, miqdoriy organik mikroanalizi, sifat analizining vodorod sulfidsiz usuli, kompleksonometriya usullari ishlab chiqild.
    Titrometrik analiz usuli deb aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga sarf bo`lgan reaktiv miqdorini aniq o`lchashga asoslangan usulga aytiladi. Reaktiv aniq konsentratsiyali eritma shaklida olinadi–titrlangan eritma. Aniqlanayotgan komponent miqdoriga ekvivalent miqdordagi reaktiv qo`shilgan vaqt, ya`ni reaksiyaning tugash vaqti turli usullar bilan aniqlanadi. Titrlashda aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent miqdorda reaktiv quyiladi. Aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo`lgan eritmaning hajmi va aniq konsentratsiyasini bilib aniqlanayotgan modda miqdori hisoblanadi.
    Titrometrik analiz usuli gravimetrik analiz usuliga nisbatan kamroq aniqlikdagi natijalar beradi, lekin analiz juda tez bajariladi. Titrlash vaqtida boradigan reaksiyalarning turiga qarab titrometrik analiz usuli quyidagi usullarga bo`linadi: kislota–asosli titrlash usuli, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usuli.
    Kompleksonlar aminopolikarbon kislotalarning hosilalari bo`lib, odatda etilendiamintetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi–EDTA ishlatiladi, uni komplekson III yoki trilon–B deb ham ataladi. Uning tarkibi quyidagicha:
    Na2C10H14O8N2•2H2O (Mr=372)
    EDTA boshqa kompleksonlar kabi ko`pgina metallar bilan barqaror eruvchan ichki kompleks tuzlar hosil qiladi. Kompleks hosil qilish usuli bo`yicha titrlashda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: ekvivalent nuqtada aniqlanayotgan kationlar amalda kompleksga bog`langan bo`lishi kerak. Asosiy shartlardan biri titrlanayotgan eritma pH ining juda aniq qiymatidir.
    Kompleks hosil qilish usulida ishlatiladigan indikatorlar aniqlanayotgan metall ionlarining konsentratsiyasi o`zgarishiga sezgir bo`ladi. Odatda kompleks hosil qilish usulidagi indikatorlar bu turli metallar ionlari bilan indikatorning o`z rangidan boshqa rang hosil qiluvchi rangli organik birikmalardir. Ko`pincha erioxrom qora T (yana xromogen qora maxsus El–OO deb ataluvchi) indikatori ammiakli bufer aralashmasi bilan ishlatiladi. Indikator eritmasining rangi ko`k, ko`p metallar bilan esa u qizil vino rangli kompleks hosil qiladi.
    Kurs ishining maqsadi. Kompleks hosil qilish usuli metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Bunda juda barqaror, suvda yaxshi eruvchan ichki kompleks birikmalar (kompleksonatlar) hosil bo`ladi. Usul tezligi va yuqori aniqligi bilan ajralib turadi.

    Download 0.49 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.49 Mb.