Moslamalarni loyixalash metodikasini o’rganish




Download 0,74 Mb.
bet1/2
Sana13.02.2024
Hajmi0,74 Mb.
#155941
  1   2
Bog'liq
MOSLAMALARNI LOYIXALASH METODIKASINI O’RGANISH

MOSLAMALARNI LOYIXALASH METODIKASINI O’RGANISH


Reja:
1. Moslamalarni loyixalash bosqichlari.
2. Moslamalarni loyixalash ketma-ketligi.
3. Moslamalarni konstruktsisini chizish ketma-ketligi.

1. Moslamalarni loyixalash bosqichlari


Maxsus texnologik moslamalarni 2 ta asosiy bosqichda loyixalanadi: 1) moslamani loyixalash; 2) moslamani konstruktsiyalash. Birinchi bosqichda moslamani aloxida elementlari tanlanadi, asosiy parametrlari hisoblanadi va asoslanadi. Bo’lishi mumkin bo’lgan konstruktsiyalar variantlari texnik va iqtisodiy jihatdan taxlil qilinadi.


Ikkinchi bosqichda tanlangan elementlar asosida moslamani umumiy ko’rinishi va orginal detallari ishchi chizmalari ishlab chiqiladi.
Loyixalashni to’g’ri va sifatli bajarilishi uchun konstruktor quyidagi boshlang’ich ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak.
1. Zagotovka va tayyor detalni barcha texnik talablari bilan ishchi chizmasi. Bu bilan detalp xaqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
2. Bajariladigan va ilgarigi amallar eskizlari. Ulardan detalni bazalashtirish va mahkamlash sxemalari, xamda qaysi yuzalarga ishlov berilgan qaysi yuzalarga ishlov berilmaganligi aniqlanadi.
3. Asosiy va yordamchi vaqtlar sarfi, kesish maromlari, ishlatiladigan dastgox va asboblar, amallar tarkibi xaqidagi ma’lumotlar texnologik jarayon kartasidan olinadi.
4. Amal unumdorligi berilmagan xolda, detallarni tayyorlash miqdori zarur bo’ladi.
5. Dastgox moslamalarini detallari qismlari bo’yicha davlat standartlari, qo’llanilayotgan moslamalar konstruktsiyalari alpbomlari, dastgox stolini o’rnatish yuzalari xaqidagi ma’lumotlar.
Boshlang’ich ma’lumotlarni chuqur taxlil asosida konstruktor moslamani yanada maqbulroq konstruktsiyasini, ishlab chiqsa, texnolog bilan kelishilgan xolda texnologik jarayonga tegishli o’zgartirish kiritilishi mumkin.
Loyixalanayotgan moslama konstruktsiyasini, aloxida elementlarini tanlash va umumiy kamponovkani aniqlashda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak.
1. Moslama talab etilgan aniqlikni ta’minlanishi (detalni moslamadan xolatini aniqlovchi elementlarni aniqlash, tanani bikrligi, mahkamlash ishonchliligini ta’minlagan xolda) kerak.
2. Moslama talab etilgan unumdorliknita’minlashi (ko’p o’rinli moslamalar, tez ishlovchi mahkamlash mexanizmlar qo’llash bilan) kerak.
3. Moslama iqtisodiy samara (moslamani loyixalash, tayyorlash va qo’llash bo’yicha sarf xarajatlar, bajarilayotgan amal tannarxini kamaytirish hisobga qoplanishi) zarur. Faqatgina moslama ishchini og’ir ql mexnatidan ozod qilsa bunday talab qo’yilmasligi mumkin.
4. Moslama ta’mirlashga qulay qilib konstruktsiyalanadi.
5.Moslama ekspluatatsiyaga qulay (oson, o’rnatilishi va olinishi, boshqaruv elementlarini qulayligi) bo’lishi zarur.
6.Moslama ishchini mexnatini yengillashtirish kerak.
7.Moslama texnik xavsizlikni ta’minlashi zarur.



Download 0,74 Mb.
  1   2




Download 0,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moslamalarni loyixalash metodikasini o’rganish

Download 0,74 Mb.