|
Moslamalarni loyixalash ketma-ketligi
|
bet | 2/2 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #155941 |
Bog'liq MOSLAMALARNI LOYIXALASH METODIKASINI O’RGANISH
Moslamani konstruktsiyalash ketma-ketligi:
1.Detalni bazaviy yuzalari tozaligi va aniqligi, bazalashtirish sxemasiga asosan o’rnatish elementlarni soni o’lchamlari va ko’rinishi aniqlanadi. So’ngra o’rnatish xatoligi hisoblanadi.
2. Talab etilgan unumdorlikka asosan moslama ko’rinishi (bir yoki ko’p o’rinli; bir yoki ko’p pozitsiyali) aniqlanadi.
3. Berilgan kesish maromiga va detalga ta’sir etuvchi kuchlar va ularni yo’nalishlariga asosan mahkamlash kuchlari aniqlanadi. Mahkamlash xatoligi hisoblab chiqiladi.
4. Mahkamlash kuchi va uni quyilish nuqtasiga asosan mahkamlash mexanizmi ko’rinishi aniqlanadi va uni asosiy konstruktiv o’lchamlari kerakli mahkamlash kuchi hisoblanadi.
5. Mahkamalsh kuchi va zagotovkani o’rnatish, olish vaqti asosida kuch yuritmasi ko’rinishi aniqlanadi va asosiy parametrlari hisoblanadi. Standartlardan o’lchamlari aniqlanadi.
6. Kesish asbobini yo’naltiruvchi elementlar ko’rinishlari va o’lchamlari aniqlanadi.
7. Zaruriy yordamchi elementlar konstruktsiyalari, o’lchamlari va ularni joylashishi aniqlanadi.
8. Moslamani umumiy ko’rinishi ishlab chiqiladi va ularni zaruriy o’lchamlari aniqlanadi.
9. Moslamani yuklangan va xarakatlanuvchi qismlari mustaxkamlikka va yeyilishga hisoblanadi.
10. Ishlab chiqilgan moslamani iqtisodiy nuqtai nazardan maqbulligi hisoblanadi.
Moslamani umumiy ko’rinishini aloxida elementlarni birin-ketin ma’lum ketma-ketlikda chizish bilan ishlab chiqiladi.
1. Ishlov beriladigan detal chizmasi uchta (ba’zan 2 ta) proektsiyada (ko’rinmas uziq-uziq chiziqlarda) bir biridan ma’lum masofada (moslama proektsiyalari joylashadigan qilib) chiziladi.
2. CHizmada kesish asbobini yo’naltiruvchi elementlari (konduktor vtulkalari kerakli joyda, oraliqda) chiziladi.
3. Moslama o’rnatish elementlari detalni bazaviy yuzalari tegib turadigan xolda chiziladi.
4. Kuch xosil qiluvchi yuritma va maxkamlash mexanizmlari chiziladi.
5. Yordamchi qurilmalar va detallar chiziladi.
6. Elementlarni to’g’ri joylashtirilgan xolda tanani konsturktsiyasi chiziladi
7. Moslamani umumiy chizmasi ishlab chiqiladi. O’lchamlar va dopusklar qo’yiladi, DST lari materiali termik ishlov beriladigan yuzalar ko’rsatilgan xolda detallar ro’yxati tuziladi. Texnik talablar yoziladi.
Xalqada radial teshik parmalash konduktorini umumiy ko’rinishini ishlab chiqish ketma-ketligi 8.1-8.4 rasmlarda keltirilgan.
7.1-rasm. Ishchi asbobni yo’naltirish va o’rnatish elementlarini konstruktsiyalash.
|
7.2-rasm. Mahkamlash qurilmasini konstruktsiyalash.
|
7.3-rasm. Kuch xosil qiluvchi yuritmani konstruktsiyalash.
7.4-rasm. Moslamani tanasini konstruktsiyalash.
Moslama umumiy ko’rinishda uchta gurux o’lchamlar qo’yiladi.
I gurux — o’lchami va aniqligi detal o’lchamlari xatoligiga ta’sir etuvchi o’lchamlar, ular texnologik o’lcham zanjirlari hisobi asosida aniqlanadi.
II gurux — montaj va tutashuvlar o’lchamlari, ular ishlov aniqligini ta’minlaydi.
III gurux — gabarit va ma’lumot uchun o’lchamlar.
Ba’zan talabga ko’ra bitta texnologik amal uchun xar xil murakablik, unumdorlik va qiymatga ega bo’lgan ikkita moslama loyixalangan bo’lishi mumkin. Bunda bu variantlardan detalp tayyorlashni texnologik yoki tsex tannarxi bo’yicha solishtirilib, maqbuli aniqlanadi.
|
| |