|
Jizzax politexnika instituti transport fakulteti 103-22 tvm guruh talabasi qarshiboyev zuhriddinning avtotransport vositalarini xavfsiz boshqarish fanidan tayyorlagan taqdimoti. Fan o’qituvchisi: raxmatov. O’
|
bet | 3/5 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 163,49 Kb. | | #106691 |
Bog'liq AVTOTRANSPORT VOSITALARITransport (lot. transporto — tashiyman) — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish tarmogʻi. yuklarni va yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xoʻjalik tarmoqlari oʻrtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani taʼminlaydi. - Transport (lot. transporto — tashiyman) — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish tarmogʻi. yuklarni va yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xoʻjalik tarmoqlari oʻrtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani taʼminlaydi.
- Quyidagi transportlar mavjud: yer usti transporti (temir yoʻl, avtomobil, quvur yoʻllari), suv transporti (dengiz va daryo), havo transporti (aviatsiya). Vazifasiga koʻra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) transportiga va umumiy foydalaniladigan transportga boʻlinadi. Bu transport turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlarxam mavjud. Vazifasi va xususiyatiga koʻra, temir yoʻlovchilar va yuk tashuvchi transportga boʻlinadi. Ichki ishlab chiqarish. transporti bevosita moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalaniladigan transport (yer usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarish.da muhim sohani tashkil etadi. Umumiy foydalaniladigan transportning moddiy ishlab chiqarish tarmogʻi sifatida paydo boʻlishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq.
- Mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoning oʻsishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi. Avtotransport 19-asrning oxirida paydo boʻldi, 20-asrning 20-yillarida qisqa masofaga yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshirib, temir yoʻl va daryo Transport bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo transporti 20-asrning 1-choragida vujudga keldi.
20-asrda jahon transporti tizimi juda yuksaldi. Rivojlangan mamlakatlarda transport tizimlarining barcha transport turlari (AQSH, Kanada) yoki ayrim transport turlari (Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya)ning yuksak darajada rivojlanganligi bilan tavsiflanadi.
20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda yuk va yoʻlovchilar, asosan, temir yoʻl, otulov transportlarida, tuya, xachir va boshqa yuk tashuvchi hayvonlarda tashilgan. 20-asrning 20-yillaridan avtomobil va xavo transporti, yirik sanoat korxonalari qurilishi bilan sanoat transporti vujudga keldi. 80-yillar oxiriga kelib respublika transportining moddiytexnika bazasi birmuncha yaxshilandi. Sanoat va qishloq xoʻjaligi.da ishlab chiqarish.ning oʻsishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va transport moddiytexnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yoʻlovchilar tashish hajmlari ham orta bordi.
Respublika mustakillikka erishganidan keyin transportning xalq xoʻjaligiga va ahrliga xizmat koʻrsatishini tubdan yaxshilash va transportni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi (1992-yil 28-yanvar), "Oʻzbekiston avtomobil transporti" davlataksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil 8-yanvar), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlataksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil 7-noyabr) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik, ochiq turdagi aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) jamoa xoʻjaliklari, fuqarolarning mulkiga aylandi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jizzax politexnika instituti transport fakulteti 103-22 tvm guruh talabasi qarshiboyev zuhriddinning avtotransport vositalarini xavfsiz boshqarish fanidan tayyorlagan taqdimoti. Fan o’qituvchisi: raxmatov. O’
|