|
1-amaliy mashgʼulot: Transport tizimining umumiy tavsifi Ishdan maqsad
|
Sana | 03.09.2024 | Hajmi | 15,75 Kb. | | #270189 |
Bog'liq 1 uzb
1-amaliy mashgʼulot: Transport tizimining umumiy tavsifi
Ishdan maqsad: Transport tizimining umumiy tavsifi haqida ma’lumotga ega boʼlish
Ishni bajarish tartibi:
1. Masalaning qo‘yilishi
2. Qanday transportlar mavjud
3. Vazifasi xususiyatiga koʻra
4. Mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoning oʻsishi
1. Masalaning qo‘yilishi
Transport (lotransport transporto — tashiyman) — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish. tarmogʻi, yuklarni va yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xoʻjalik tarmoqlari oʻrtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani taʼminlaydi.
Qanday transportlar mavjud
Quyidagi Transportlar mavjud: yer usti transportlari (temir yoʻl, avtomobil, quvur yoʻllari), suv transportlari (dengiz va daryo), havo transportlari (aviatsiya). Vazifasiga koʻra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) transportlariga va umumiy foydalaniladigan transportlarga boʻlinadi. Bu transport turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlar xam mavjud.
Vazifasi xususiyatiga koʻra
Yoʻlovchilar va yuk tashuvchi transportlarga boʻlinadi. Ichki ishlab chiqarish, transporti bevosita moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish, jarayoniga xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish, vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalaniladigan transport (yer usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim sohani tashkil etadi. Umumiy foydalaniladigan transportning moddiy ishlab chiqarish. tarmogʻi sifatida paydo boʻlishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq.
Davlatlar oʻrtasida tashqi savdoning oʻsishi
Mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoning oʻsishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi. Avtotransport XIX asrning oxirida paydo boʻldi, XX asrning 20-yillarida qisqa masofaga yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshirib, temir yoʻl va daryo Transport bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo transportlari XX - asrning 1-choragida vujudga keldi.
XX - asrda jahon transporti tizimi. Rivojlangan mamlakatlarda transporttizimlarining barcha transport turlari (AQSH, Kanada) yoki ayrim transport turlari (Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya) ning yuksak darajada rivojlanganligi bilan tavsiflanadi.
XX - asrning 20-yillaridan avtomobil va xavo transportlari, yirik sanoat korxonalari qurilishi bilan sanoat transportlari vujudga keldi. 80-yillar oxiriga kelib respublika transportlari, ining moddiytexnika bazasi birmuncha yaxshilandi. Sanoat va qishloq xoʻjaligi.da ishlab chiqarish.ning oʻsishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va transport moddiytexnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yoʻlovchilar tashish hajmlari ham orta bordi. Respublika mustakillikka erishganidan keyin transportning xalq xoʻjaligiga va ahrliga xizmat koʻrsatishini tubdan yaxshilash va Transportni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi (1992 y. 28 yanvar), "Oʻzbekiston avtomobil transporti" davlataksiyadorlik korporatsiyasi (1993 y. 8 yanvar), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlataksiyadorlik kompaniyasi (1994 y. 7 noyabr.) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik, ochiq turdagi aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) jamoa xoʻjaliklari, fuqarolarning mulkiga aylandi.
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yoʻlovchilar tashuvchi transport ning barcha turi —temir yoʻl, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay,, trolleybus, metropoliten), daryo transportlari, quvur yoʻllari transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti turlari — temir yoʻl, avtomobil, tasmali. transport, osma arqon transporti rivoj topgan (yana q. Avtomobil transporti, Daryo transporti, Dengiz transporti, Havo transporti, Temir yoʻl transporti, Shahar transporti).
Respublikaning transport tizimi temir yoʻl, avtomobil yoʻllari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan temir yoʻl vokzallari, styalari, bekatlari, yuk omborlari, pristanlar, gʻavo flotining yirik aerovokzallari va boshqa infratuzilma boʻlinmalarini qamraydigan xalq xoʻjaligi kompleksini tashkil etadi.
|
| |