|
Matnda rasm joylashtirish va aksincha, rasmda matn joylashtirishni o’rganish
|
bet | 5/102 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 20,04 Mb. | | #257711 |
Bog'liq AKT fanidan LOBARATORIYA uslubiy ko\'rsatmaMatnda rasm joylashtirish va aksincha, rasmda matn joylashtirishni o’rganish
Matematik formulalar yoza olish malakasini shakllantirish;
Ma’lumot va natijalarni diagrammalar ko’rinishida ifodalashni o’rganish;
Macroslar tuza olish qobiliyatini shakllantirish;
MS Word dasturining maxsus imkoniyatlaridan foydalanishni o’rganish.
Bilim va ko’nikmalarga talablar: Microsoft Word matn muharririning ishchi stoli tuzilishi, uning uskunalar majmuasi va ular yordamida ishlash haqida tasavvurga ega bo’lmoq lozim.
Topshiriq №1
Quyidagi matnni tering. Standart uskunalar panelidagi «Kolonki» tugmasidan foydalanib, matnni ikki ustunda joylashtiring va faylni ”Informatika” deb nomlab, MS Windows muhitining ishchi stolida saqlang.
Informatika fanining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati
XX asrning 50- yillarida yangi fan - informatika faniga asos solindi. Informatika termini lotincha “informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi.
Informatika inson faoliyatining turli jabhalarida axborotlarni izlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
Informatikaning inson faoliyati mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan bog’liq. Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va u siz mavjud bo’la olmaydi.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;
axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish;
jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta’minlashni xal etish.
Informatika o’z-o’zicha mavjud bo’lmay, balki boshqa sohalardagi muammolarni hal etish uchun yangi axboriy texnika va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy - texnik sohadir
Topshiriq №2 MS Word dasturida
«Risovanie» panelidan foydalangan
holda quyidagi chizmalarni chizing:
Topshiriq №3 Quyidagi chizmani MS Word dasturining «Risovanie» panelidan foydalangan holda chizing. Chizmani Paint dasturi yordamida rasm shaklida qirqib oling va 1-topshiriqdagi matnda joylashtiring.
3- chizma. Informatikaning tarmoq, fan, amaliy fan sohalari sifatida tuzilishi
Topshiriq №5
1.MS Word dasturida quyidagi jadvalni hosil qiling:
|
| |