|
Sensor tarmoqlariga qo’yiladigan talablar
|
bet | 2/4 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #120543 |
Bog'liq KT maruza-2Sensor tarmoqlariga qo’yiladigan talablar,
uning standartlari va turlari
Sensor tarmoqlariga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
1.Yuqori sifatli xizmat ko’rsatish.
2.Xavfsizlik.
3.Energiya samaradorligi.
4.Yuqori o’tkazuvchanlikga ega tarmoq.
5.Samaradorlik.
6.Tugun yetishmovchiligi bilan kurashish qobiliyati.
7.O'zaro pog’onalarni optimallashtirish.
8.Keng miqyosda joylashtirish uchun masshtablashuvchanlik.
Sensor tarmoqlarining standartlari. Yulduzli topologiya ko’rinishida tashkillashtirilgan simsiz sensorli tarmoqlarda har bir tugun to’g’ridan-to’g’ri shlyuzga ulanadi. Bitta shlyuz bir nechta uzoqlashtirilgan tugunlarga xabar yuborishi yoki qabul qilishi mumkin va tugunlar birbiriga xabar yuborishiga yo’l qo’yilmaydi. Bu uzoqlashgan tugun va shlyuz (tayanch stantsiya) o’rtasidagi xabar yuborishini tezlashtiradi.
Tarmoqni boshqarish bitta tugunga bog’liq ekanligi sababli, shlyuz barcha alohida tugunlarning signal uzata olish doirasi ichida bo’lishi kerak. Bunday tarmoqning afzalligi uzoqlashtirilgan tugunda energiya sarfining kamligi va ularni boshqarishning soddaligida beriladi. Tarmoqning hajmi shlyuzga bog’langan ulanishlar soniga bog’liq.
Sensor tarmoqlarining turlari. Muhitga va turlariga bog’liq holda simsiz sensorli tarmoqlar suv va yer ostida, yer ustida va h.k.larda joylashtirilishi mumkin. Quyida simsiz sensorli tarmoqlar turlari keltirilgan:
- yer ustida joylashgan simsiz sensorli tarmoqlar
- yer ostida joylashgan simsiz sensorli tarmoqlar
- multimedia simsiz sensorli tarmoqlar
- mobile simsiz sensorli tarmoqlar
Simsiz sensorli tarmoqlarning cheklovlarini quyidagi ro’yxatda berish mumkin:
- juda kam xotira hajmiga ega (bir necha yuz kilobayt);
- kam miqdorda qayta ishlash quvvatiga ega – 8 MGz;
- aloqaning qisqa diapazonida ishlaydi – ko’p quvvat sarflaydi;
- minimum energiya talab etadi;
- batareyalarning cheklangan muddati
3-rasm. Izolyatsiyalangan sensor tarmog’i
|
| |