FEBRUARY
2023
ISSN: 2181-3558
2
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Gidravlik yuritmaning bir qismi bo'lgan gidravlik
mashinalar nasoslar va
gidrodvigatellar bo'lib, ular bir nechta bo'lishi mumkin.
Gidravlik qurilmalar-bu gidravlik yuritmani boshqarish moslamalari, ular
yordamida u tartibga solinadi, shuningdek uni
suyuqlikning yuqori va past
bosimlaridan himoya qilish vositalaridir. Gidravlik qurilmalar uskunalariga
drossellar, turli maqsadlar uchun klapanlar va gidravlik suyuqlik oqimi yo'nalishini
o'zgartirish uchun taqsimlovchi qurilmalar ham kiradi.
Yordamchi qurilmalar uning sifati va holatini ta'minlash uchun xizmat
qiladigan ishchi suyuqlikning konditsionerlari deb ataladi.
Bular turli xil
zarrachalar ajratgichlari (filtrlar), issiqlik almashinuvchilari (isitgichlar va
sovutgichlar), gidrobaklar va akkumulyatorlardir.
Gidravlik yuritma elementlari o`zaro ishchi suyuqlik harakatlanadigan
shlangli gidroliniyalar bilan bog'langan.
Gidravlik yuritmaning asosiy printspial tuzilishi va o`zaro bog`liqligi 1 -
rasmda keltirilgan.
1-rasm. Gidravlik yuritmaning asosiy printspial tuzilishi
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, hozirgi kunda
gidravlik yuritmalarni
optimal ish rejimiga olib chiqish uchun ularni tartibga solib boshqarish asosiy
vazifa bo`lib hisoblanadi.
Asosiy qism.
Hozirgi kunda eng ko`p miqdorda qo`llaniladigan gidravlik
yuritmani tartibga solishning turli usullarini taqqoslash (ikkita variant drosselli va
hajmiy uchun) uchta ko'rsatkich bo'yicha amalga oshirilishi kerak:
yuklama tavsifi;
foydali ish koeffitsienti;
gidravlik yuritma va uskunada qo`llanilish sarf-xarajatlari.
Yuklama tavsifi bo`yicha taqqoslash.
Gidravlik yuritmaning yuklama tavsifi o'zgaruvchan
yuklama ostida chiqish
zvenosi (shtok, val) tezligining barqarorligi darajasini tavsiflaydi. Odatda, ehtimol
katta darajadagi barqarorlik talab qilinadi, ya'ni gidravlik yuritmaning eng kichik
o`rnatilib qo`llanishidir.