175
jadvali ham zararlangan bo‘lsa, qayta tiklashning maxsus vositalaridan
foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Qattiq diskning fizik zararlanishi:
qattiq diskka fizik ta’sir bo‘lishi,
faylni
zararlanishiga qaraganda, katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi
mumkin. Bu esa ma’lumotlarni qayta tiklashning maxsus sathidan
foydalanishni talab etadi. Zararlangan fizik diskdan ma’lumotlarni
tiklash vaqtida, tiklash jarayonining muhiti turli
ifloslanishlardan holi
bo‘lishi zarur. Ya’ni, bu jarayon toza xonada amalga oshirilishi shart.
Chang bo‘lgan sohalarda ma’lumotlarning qayta tiklanishi qiyin bo‘ladi.
Ma’lumotlarni qayta tiklashda quyidagilarni esda saqlash zarur:
-
ma’lumotlar yo‘qolgan qattiq diskga qayta tiklangan
ma’lumotlarni
yozmaslik;
-
turli zaxira nusxalarni amalga oshirish va ularni turli manzillarda
saqlash;
-
ma’lumotlarni qayta tiklash har doim ham 100% samara
bermasligi.
Amalda saqlagichlardagi yo‘qolgan ma’lumotlarni
tiklashda
maxsus dasturiy vositalardan foydalaniladi. Ularga
Recovery My Files,
EASEUS Data Recovery Wizard,
Advanced Disk Recovery, Handy
Recovery, R-Studio, Data
Recovery Pro, Recuva, Total Recall, Pandora
Recovery kabilarni misol sifatida keltirish mumkin.