|
RAID texnologiyalarining tahliliBog'liq Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)RAID texnologiyalarining tahlili
RAID
Diskdan
foydala
nish
Buzi
lishga
bardosh
ligi
Katta
ma’lumotlar
transferi
IO
darajasi
Ma’lumot
foydalanuv
chanligi
Asosiy
kamchiligi
Yagona
disk
Bir xil
100%
Yo‘q
Yaxshi
Yaxshi
Yagona
diskning
MTBF davri
Disk buzilsa,
ma’lumot
yo‘qoladi
RAID
0
A’lo
100%
Ha
Juda yaxshi
Juda
yaxshi
Diskning past
MTBF davri
RAID
1
O‘rtacha
50%
Ha
Yaxshi
Yaxshi
Yaxshi
Disk hajmidan
2 marta kam
foydalanish
RAID
3
Yaxshi-
juda
yaxshi
Ha
Juda yaxshi Yaxshi
Yaxshi
Disk buzilsa,
ma’lumot
yo‘qoladi
RAID
5
Yaxshi-
juda
yaxshi
Ha
Yaxshi-juda
yaxshi
Yaxshi
Yaxshi
Disk buzilsa,
kam
o‘tkazuvchanlik
RAID
0+1
O‘rtacha
50%
Ha
Yaxshi
Juda
yaxshi
Yaxshi
Disk hajmidan
2 marta kam
foydalanish
RAID
1+0
O‘rtacha
50%
Ha
Juda yaxshi
Juda
yaxshi
Juda yaxshi
Juda qimmat,
keng ko‘lamli
emas
RAID
30
Yaxshi-
juda
yaxshi
Ha
Juda yaxshi
A’lo
A’lo
Juda qimmat
RAID
50
Yaxshi-
juda
yaxshi
Ha
Yaxshi-juda
yaxshi
A’lo
A’lo
Juda qimmat
172
Izoh:
MTBF – Mean Time Between Failures (buzilishlar
o‘rtasidagi o‘rtacha vaqt).
Zaxira nusxalash usullari.
Tashkilot o‘zining moliyaviy
imkoniyati va AT infrastrukturasi asosida zaxira nusxalash usulini
tanlaydi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning quyidagi usullari mavjud.
Issiq zaxiralash.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning mazkur usuli
amalda keng qo‘llaniladi va dinamik yoki aktiv zaxira nusxalash usuli
deb ham ataladi. Ushbu usulga binoan foydalanuvchi tizimni
boshqarayotgan vaqtida zaxira nusxalash jarayonini ham amalga
oshirishi mumkin. Mazkur zaxiralash usulini amalga oshirish tizimning
harakatsiz vaqtini kamaytiradi. Zaxiralash davomida ma’lumotlardagi
o‘zgarish yakuniy zaxira nusxasiga ta’sir qilmaydi. Ravshanki,
zaxiralashni amalga oshirish vaqtida tizimning ishlash jarayoni
sekinlashadi.
Sovuq zaxiralash.
Ushbu zaxiralash usuli offlayn zaxiralash deb
ham atalib, tizim ishlamay turganida yoki foydalanuvchi tomonidan
boshqarilmagan vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu usul zaxiralashning
xavfsiz usuli bo‘lib, ma’lumotlarni nusxalashda turli tahdidlardan
himoyalaydi.
Iliq zaxiralash.
Ushbu zaxiralashda tizim muntazam yangilanishni
amalga oshirish uchun tarmoqqa bog‘lanishi kerak bo‘ladi. Bu
ma’lumotlarni akslantirish yoki nusxalash hollarida muhim hisoblanadi.
Ushbu usulda ma’lumotlarni zaxiralash uzoq vaqt oladi va jarayon biror
vaqt intervalida amalga oshiriladi (kundan xaftagacha).
Zaxira nusxalashda ma’lumotlarni saqlash manzilini tanlash
muhim hisoblanadi. Zaxira nusxalarni quyidagi manzillarda saqlash
mumkin.
Ichki (onsite) zaxiralash.
Ushbu zaxiralash usuli tashkilot ichida
amalga oshirilib, tashqi qurilmalar, lentali saqlagichlar, DVD, qattiq disk
va boshqa saqlagichlardan foydalaniladi. Ichki zaxiralash qurilmalari
zaxira saqlanuvchi ma’lumotlar hajmiga muvofiq tanlanadi.
Tashqi (offsite) zaxiralash.
Tashqi zaxiralash mosofadagi manzilda
amalga oshirilib, fizik disklarda ma’lumotlarni saqlash onlayn yoki
uchinchi tomon xizmati orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bulutli tizimda zaxiralash.
Ushbu zaxiralash usuli onlayn usuli deb
ham ataladi. U zaxiralangan ma’lumotlarni ochiq tarmoqda yoki ma’lum
serverda saqlaydi. Odatda ma’lum server vazifasini uchinchi tomon
xizmati amalga oshirishi mumkin.
|
| |