|
3 I bob. Rixard vagnerning hayot yo’li
|
bet | 1/6 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 41,7 Kb. | | #149130 |
Bog'liq Yusufjonova 1
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………….……............................................3
I BOB. RIXARD VAGNERNING HAYOT YO’LI.…… ………………….…...5
Nemis kompozitori Vagner haqida umumiy ma’lumot …………….……....5
Richard Vagner: bastakorning tarjimai holi……......................................….18
II BOB. RIXARD VAGNER IJODI …………………………………………....21
2.1. Vagner ijodiga xarakteristika ……………………………………….…..……21
2.2. Vagnerning opera janriga doir qarashlari.………………………………….....31
XULOSA……………………………………...……………………………….…38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….……………….…40
KIRISH
VAGNER (Vagner) Vilgelm Rihard (1813.22.5, Leypsig - 1883. 13.2, Venesiya) — nemis kompozitori, dirijyor, musiqa yozuvchisi, opera islohotchisidir. Vyursburgda xormeyster (1833), Magdeburg, Kenigsberg, Riga, Drezden teatrlarining musiqa rahbari (1834-49). 1849-yilgi Drezden qoʻzgʻolonida qatnashgani uchun 13-yil ga surgun qilingan.
Keyinchalik asosan Shveysariya va Bavariya (Myunxen, Bayreyt) da yashab, ijod bilan shugʻullangan, dirijyor sifatida koʻpgina Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Bayreyt opera teatrini tashkil etgan (1876).
Dastlabki asarlari ("Parilar", 1834; "Gollandiyalik uchar", 1841; "Tangeyzer", 1845) da nemis romantik opera (K. M. Veber) anʼanalarini davom ettirgan. "Loengrin" operasida (1848) yangi uslubga burilish namoyon boʻlgan.
Keyingi asarlari ("Tristan va Izolda", 1859; "Nibelung uzugi" tetralogiyasi, 1856—74; "Parsifal", 1882)da tugal ariya, ansambl, xor va balet sahnalaridan voz kechib, ular oʻrniga erkin shakldagi musiqiy monolog va dialoglarni kiritgan.
Shuningdek, orkestrning musiqiy ifodaviyligiga alohida ahamiyat bergan, uning badiiy vazifalari doirasini kengaytirib, operadagi musiqiy dramatik keskinlikni kuchaytirgan. Vagnerning opera islohoti dunyo, xususan, oʻzbek kompozitorlari ijodiga taʼsir qilgan.
|
| |