• Richard Vagner: Uning hayotining songgi yillari
  • Bastakor haqida qiziqarli faktlar




    Download 41,7 Kb.
    bet5/6
    Sana31.01.2024
    Hajmi41,7 Kb.
    #149130
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yusufjonova 1

    Bastakor haqida qiziqarli faktlar


    1. Vagner o'zini yozuvchi sifatida ko'rsatdi. U oʻnlab falsafiy asarlar yozgan.

    2. Uning aksariyat asarlari mifologik syujet va rivoyatlarga asoslangan.

    3. Bastakor bir qator antisemit spektakllarini uyushtirdi va nashrlar qildi.

    4. U o‘z ijodini o‘zining falsafiy g‘oyalarini ommaga yetkazish yo‘llaridan biri deb hisoblagan.

    Richard Vagner: Uning hayotining so'nggi yillari


    1882 yilda bastakor Venetsiya hududiga ko'chib o'tdi. Bu zarur chora edi. Maestroning sog'lig'i keskin yomonlashdi, shuning uchun shifokorlar uning yashash joyini o'zgartirishni tavsiya qilishdi. Bir yil o'tgach, Richard vafot etgani ma'lum bo'ldi. O'limga yurak xuruji sabab bo'lgan.

    II BOB. RIXARD VAGNER IJODI


    2.1. Vagner ijodiga xarakteristika


























    2 rejaga



    Rixard Vagner 19-asrda yashab ijod qilgan buyuk nemis kompozitoridir. Uning ijodi Yevropa musiqa san’ati tarixida chuqur iz qoldirdi. Vagner keng qamrovli ijodkor edi. U faqat buyuk kompozitorgina emas, o’z operalarining tekstini yozgan shoir va dramaturg ham edi. Vagner Berlioz bilan bir qatorda o’z davrining yirik dirijyori, yangi dirijyorlik san’atiing asoschlaridan biri hisoblanadi. San’atga doir o’zining badiiy qarashlarini himoya qilgan musiqiy tanqidchi va publicist sifatida ham Vagnerning faoliyati katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga u ijtimoiy va falsafiy masalalar ko’tarilgan adabiy asarlar muallifi ham edi.
    Vagnerning kompozitorlik ijodi asosan opera janri bilan bog’liq. U opera san’ati tarixida kompozitor X. V. Glyuk kabi opera islohatchisi degan nom qoldirdi. Vagner yaratgan 13 ta opera an’anaviy opera asarlaridan tubdan farq qiluvchi musiqiy dramalardir. O’z g’oyalarining to’g’riligiga qat’iy ishongan kompozitor izchillik bilan ularni hayotga tadbiq qildi. Bu yo’lda u operadagi barcha salbiy sifatlar – keraksiz, ortiqcha mahoratli vokal ijrochiligi, orkestrning juda past roli, zarurati yo’q tashqi effektlarning ko’pligi va hokozolarga qarshi kurashdi. Ammo Vagner erishgan natijalar kamchiliklardan holi emasligini e’tirof etish lozim. O’rinsiz vokal ijrochiligiga qarshi kurashgan kompozitor operada orkestr ijrosining ustivorligiga erishdi. Qo’shiqchilar partiyasi asosan ifodali rechitativ va deklamaciyadan iborat bo’lib qoldi. Faqat lirik, asosan ishqiy sahnalarda vokal partiyalar kuychan xarakterga ega. Vagner operalari nihoyatda go’zal, ifodali simfonik musiqa namunalariga boy. Turli tabiat manzaralari, insonning his-tuyg’ulari va ehtiroslari, muhabbat tuyg’usining kuchi va qahramonlarning jasoratini kompozitor simfonik orkestr vositalari orqali mahorat bilan tasvirlagan.
    Vagner islohati natijasida opera juda katta programmali vokal - simfonik sahna asariga aylandi. Operaning asosiy qonuniyatlari tan olinmaganligi sababli Vagnerdan so’ng opera san’ati bunday rivojlanish yo’lidan bormadi. Bu kamchiliklarga qaramay Vagner musiqasi o’zining badiiy kuchi va ifodaliligi jihatidan katta ahamiyatga ega. Haqiqatdan ham bu ijodkorning san’ati chuqur milliylik xususiyatiga ega va nemis madaniyatining milliy an’analari bilan uzviy bog’liq. Vagner o’z operalarini asosan xalq ertak va afsonalari asosida yozgan. Uning ko’pchilik operalari fojiali yakunlanadi. Faqat komediya janriga oid xususiyatlarga ega bo’lgan «Nyurnberglik meysterzingerlar» nomli operasida realistik yo’nalish seziladi.
    Vanger ijodida birinchi marta tetralogiya yaratildi. «Nibelung uzugi» deb nomlangan bir mazmundagi to’rtta operani kompozitor 25 yil davomida yozgan. «Reyn oltini», «Valkiriya», «Zigfrid», «Xudolar o’limi» nomli operalar shu tetrologiya tarkibiga kiradi.
    Vagner operalaridagi asosiy ifoda vositalaridan biri - bu leytmotivlar tizimidir. Kompozitorning barcha asarlarida 25-30 leytmotiv bor. Bosh qahramonlarni, predmetni yoki biror hodisani ko’rsatuvchi bu musiqiy mavzularda ifodalilik va tasviriylik omillari uyg’unlashib ketgan.
    Orkestr ijrosining etakchi roli - Vagner operalarining asosiy xususiyatidir. Orkestr uchun musiqa yaratishda ulkan mahorat sohibi bo’lgan kompozitor bu borada juda katta yutuqlarga erishgan va orkestrning badiiy imkoniyatlarini yanada boyitgan.
    Tetralogiyadan tashqari Vagner «Tangeyzer», «Loengrin», «Tristan va Izolda» nomli ajoyib operalar yaratdi. Ular xalq afsonalari asosida yaratilgan bo’lib, ularda fojia bilan tugaydigan muhabbat haqida hikoya qilinadi. Kompozitorning opera janriga doir qarashlari shu asarlarda o’z aksini topdi. O’n uchta operadan tashqari Vagner simfonik orkestr uchun uvertyuralar va marshlar yozgan. Uning adabiy asarlari ham katta e’tiborga loyiq. Tarix, siyosat, madaniyat, teatr, musiqa masalalariga bag’ishlangan adabiy asarlar to’plami 16 tomdan iborat. Ular orasida «Betxovennini ziyorat qilish», «San’at va revolyutsiya», «List simfonik poemalari haqida», «Dirijyorlik haqida», «Mening hayotim» kabi asarlar nihoyatda mashhur. «Opera va drama», «Kelajak san’ati» kabi asarlari opera janri muammolariga bag’ishlangan bo’lib ularda Vagnerning bu san’atga doir qarashlari aks ettirilgan. Demak Vagner opera san’atini, opera dramaturgiyasini ham nazariy, ham amaliy jihatdan boyitdi, degan fikr o’rinlidir.
    Rixard Vagner 19-asrning so’nggi romantik ijodkorlaridan biri edi. Uning hayoti juda ko’p zafarlar va muvaffaqiyatsizliklarga boy bo’ldi. Buning natijasida kompozitor ham ko’tarinki, ham tushkunlik kayfiyatida yashagan davrlar ko’p bo’ldi. O’zining yangi g’oyalarini hayotga tadbiq qilish uchun juda ko’p to’siqlarni engib o’tishiga to’g’ri keldi. O’z asarlarini eshitib ko’rish ba’zan unga o’n yillardan keyin nasib qilgan davrlar bo’ldi. Shunga qaramay Vagner oldinga intildi va ijodiy ishini davom ettirdi. Shuning uchun g’oyaviy xatolarga qaramay nemis musiqa san’atining progressiv an’analariga tayangan kompozitor ajoyib natijalarga erishdi: Betxoven kabi inson qahramonligini ulug’ladi, Bax kabi inson ichki kechinmalarini mahorat bilan ochib berdi va Veber izidan borib nemis ertak va afsonalari obrazlarini musiqada gavdalantirdi. Vagner dunyoqarashi va ijodi qarama-qarshiliklarga boy bo’lgan. Ammo bu qarama-qarshiliklar uning ajoyib musiqasini kamsita olmaydi.




    Download 41,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 41,7 Kb.