|
Sug‘urta texnologiyalarini
|
bet | 1/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 320,8 Kb. | | #229981 |
Bog'liq 17. Kurbonov Said Akbarovich maqola 2
Kurbonov Said Akbarovich
Moliya va Bank ishi Jurnali 4 (2022), 106-112
Sug‘urta texnologiyalarini raqamlashtirishning ta'siri va
risklari
Kurbonov Said Akbarovich
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mustaqil tadqiqotchisi Yozishmalar uchun electron pochta: saidbek0510@gmail.com
|
Maqola haqida ma’lumot
|
|
Annotatsiya
|
Topshirilgan vaqti: 26.11.2022 Qabul qilingan vaqti: 29.12.2022
|
|
Ushbu maqolada sug‘urta texnologiyalarini raqamlashtirishning ta'siri va risklari tahlil qilinadi. Bu borada sug'urta tizimini takomillashtirish va uni sohada amalga oshirish mexanizmlari ham amaliy, ham nazariy jihatdan tahlil qilindi.
|
Tayanch so‘z va iboralar Sug'urta,
sug‘urta texnologiyalari,
raqamlashtirish, risklar.
|
Impacts and risks of digitalization of insurance technologies
Kurbonov Said Akbarovich
Independent researcher of the Higher School of Business and Entrepreneurship Correspoding author: email: saidbek0510@gmail.com
ARTICLE INFO
|
|
Abstract
|
Received: 26.11.2022
Accepted: 29.12.2022
|
|
This article analyzes the impact and risks of digitalization of insurance technologies. In this regard, the mechanisms of improving the insurance system and its implementation in the field were analyzed both practically and theoretically.
|
Key words: Insurance, insurance technologies, digitalization, risks.
|
Kirish
XX asr oxiri - XXI asr boshlarida jahon iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyasi sanoat va postindustrial iqtisodiyotdan “raqamli iqtisodiyot” deb ataladigan iqtisodiyotga yoki axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan tarmoqdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotga o‘tishdir. Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi respublika iqtisodiyotini jadal raqamlashtirishni nazarda tutadi, bu esa iqtisodiy- moliyaviy munosabatlarning asosiy toifalari, tamoyillari va tizimlarining o‘zgarishiga, ushbu munosabatlarning alohida subektlarining roli va ahamiyatining qayta taqsimlanishiga olib keladi. Mazkur strategiyaga muvofiq qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport,
geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta'lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi
farmoniga muvofiq, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli vazifalar belgilandi, xususan:
raqamli iqtisodiyotni jadal shakllantirish – 2023 yilga borib uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ikki baravar oshishi kerak;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik platformalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish – 2023-yilga borib bu boradagi xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish, ularni eksport qilish hajmini 100 million dollarga yetkazish zarur[1] .
Sug‘urta - bu milliy biznesning jadal rivojlanayotgan sohasi, ammo shuni ta'kidlash kerakki, mustaqil O‘zbekiston sug‘urta bozori hali ham uni yanada rivojlantirish samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi muammolarga duch kelmoqda. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi raqamli iqtisodiyotda sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, ichki sug‘urta bozorida yangi raqamli texnologiyalarning amaliy
qo‘llanilishini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish zarurati bilan bog‘liq. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi, shuningdek, sug‘urta munosabatlari ishtirokchilari uchun raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yangi samarali yechimlarni izlash va o‘zgaruvchan iqtisodiyotda jismoniy va yuridik shaxslar mulkiy manfaatlarini yuqori sifatli himoya qilishni ta'minlash uchun sug‘urta bozori ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta'minlash zarurati bilan ham asoslanadi.
|
| |