• 2-rasm. Sugurtada blokcheyn texnologiyasi 2
  • Sug‘urta faoliyatini raqamlashtirishning afzalliklari va kamchiliklari 3
  • -rasm. Sun'iy intellektni asosiy texnologiyalari1




    Download 320,8 Kb.
    bet3/5
    Sana13.05.2024
    Hajmi320,8 Kb.
    #229981
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    17. Kurbonov Said Akbarovich maqola 2

    1-rasm. Sun'iy intellektni asosiy texnologiyalari1


    Big Data yoki katta ma'lumotlar - bu katta hajmdagi tartiblashtirilgan yoki tartiblashtirilmagan ma'lumotlar massivlari. Ular statistika, tahlil, prognozlar va qarorlar
    qabul qilish uchun ishlatiladigan maxsus avtomatlashtirilgan vositalar yordamida qayta ishlanadi.




    2-rasm. Sug'urtada blokcheyn texnologiyasi2





    Sug'urtada Big Datani qo'llashning asosiy yo'nalishlari:

      • risklarni aniqroq baholash, marjani onlayn tartibda maksimallashtirish;

      • maqsadli marketing va mijoz bilan aloqa qilish, har bir mijoz uchun daromad/xarajatni optimallashtirish;

    - mijozlarning xarakterli profillarini, shu jumladan firibgarlikni aniqlash [7].
    Narsalar Interneti sug'urtachilarning biznes operatsiyalarini yaxshilashi, ko'plab yangi sug'urta xizmatlarini yaratishi, biznes modellarini o'zgartirishi, sug'urta kompaniyalari xarajatlarini kamaytirishga va xizmat ko'rsatish tezligiga ta'sir qilishi va oxir-oqibat sug'urtachilarning xavfsizligini yaxshilashi va risklarini minimallashtirishi mumkin [8]. Narsalar interneti sugʻurta kompaniyalariga sugʻurtalangan obyektlar boʻyicha maʼlumotlarni nafaqat miqdoriy, balki chuqur sifat jihatidan tahlil qilish imkonini beradi. Sug'urtalovchilar
    riskni baholashda nafaqat statistik ma'lumotlarga tayanishi, balki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavflarni bevosita modellashtirishi mumkin bo'ladi. Buyumlar interneti texnologiyalarining joriy etilishi yangi sug‘urta mahsulotlari, xizmatlari va ish uslublarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shunday qilib, sug'urta sanoati korxonalarga texnologiyaning yangi dunyosiga imkon qadar xavfsiz kirishga yordam beradi.
    Bulutli hisoblash kelgusi o'n yil ichida sug'urta sohasida keng tarqalgan texnologiyaga aylanadi. Bulutli hisoblash - bu dunyoning istalgan nuqtasidan ma'lumotlarni saqlash, boshqarish va qayta ishlash uchun masofaviy serverlar tarmog'idan foydalanish amaliyotidir. Ular mahalliy server yoki shaxsiy kompyuter o'rniga ishlatiladi. Bulutli hisoblash xizmatlari sug‘urtalovchining qurilmalariga internet orqali yetkaziladi. Bulutli hisoblash sug‘urtalovchilarga apparat va dasturiy ta’minotni sotib



    1 Muallif tomonidan tuzilgan.




    olish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish zaruriyatini yo‘q qiladi va IT resurslariga sug‘urtalovchining asosiy vakolatlariga mos keladigan muhim biznes sohalariga e’tibor qaratish imkonini beradi. Sug'urta kompaniyalari raqobatbardosh bo'lish uchun ko'proq ma'lumotlar va texnologiyaga muhtoj ekan, bulutli hisoblash muqarrar ravishda bu ma'lumotlarni tez va tejamkor tarzda qayta ishlashning yagona usuliga aylanadi [9].
    Yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar sug‘urta bozorida turli darajadagi amalga oshirilishiga qaramay o‘z qo‘llanilishini topdi va ularning ba'zilari ushbu asrning boshlarida umumiy kompyuterlashtirish natijasida yuzaga kelgan oldingi texnologik yangiliklardan beri va o‘tgan yillarda Internetning axborot-kommunikasiya imkoniyatlaridan tobora ko‘proq foydalanishi natijasida qo‘llanilib keliyapti (sug‘urta kompaniyalarida mehnat funksiyalari va ish joylarining katta qismi kompyuterdan foydalanishni o‘z ichiga oladi).
    Raqamli iqtisodiyotda sug‘urtaning o‘rni va rolini aniqlash uchun "raqamli sug‘urta" tushunchasini nazariy asoslash zarur, uni ikki tomondan ko‘rib chiqish mumkin. Birinchidan, raqamli sug‘urta tashkilotlar va fuqarolarning sug‘urta manfaatlarining mavjudligi va ularni raqamli texnologiyalar orqali qondirish natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarning bir qismini anglatishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, raqamli sug‘urta raqamli texnologiyalar asosida sug‘urta himoyasini amalga oshirish usulidir.
    Raqamli sug‘urta - bu raqamli texnologiyalar orqali sug‘urta himoyasiga bo‘lgan an'anaviy yoki o‘ziga xos (raqamlashtirish natijasida hosil bo‘lgan) ehtiyojni qondirish usuli. Tarqalgan ma'lumotlar bazalaridan foydalanish va potensial sug‘urta yegalari va sug‘urta ob'ektlarining aksariyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarning
    mavjudligi sug‘urta sohasidagi texnologik tuzilmaning o‘zgarishiga va yangi sug‘urta xizmatlarining shakllanishiga olib keladi.
    Rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalarning faol rivojlanishi yangi risklarning paydo bo‘lishiga olib keladi, shu jumladan 1990-yillardan beri ma'lum bo‘lgan kiber risklarning yangi talqini, shuningdek ilmiy tadqiqotlar jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa risklar.
    Raqamli iqtisodiyotning ba'zi risklari sug‘urta mexanizmlaridan foydalanish orqali minimallashtiriladi. Shuning uchun raqamli sug‘urta deganda sug‘urta qildiruvchilarning asosan raqamli iqtisodiyotda sodir bo‘lgan tasodifiy noxush hodisalar va iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish uchun moddiy asos bo‘lgan texnologik uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq sug‘urta himoyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish usuli tushuniladi. Sug'urta faoliyatini raqamlashtirishning afzalliklari va kamchiliklari 1.2- jadvalda keltirilgan.
    Ilgari elektron tijorat sug‘urtasi, kiber-risklarni sug‘urtalash, elektron va kompyuter jinoyatlaridan sug‘urta qilish va boshqalar sug'urtalashning alohida turlari deb nomlangan, ammo "raqamli sug‘urta" atamasi ularni birlashtirishi mumkin. Shu sababli, raqamli sug‘urta

    • bu raqamli texnologiyalar orqali sug‘urta himoyasiga bo‘lgan an'anaviy yoki o‘ziga xos (raqamlashtirish natijasida hosil bo‘lgan) ehtiyojni qondirish usuli. Shu bilan birga, sug‘urta kompaniyalari tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish biz tomonidan sug‘urta bozorini raqamlashtirish sifatida belgilanishi mumkin.

    1-jadval

    Sug‘urta faoliyatini raqamlashtirishning afzalliklari va kamchiliklari3





    Sug‘urta cub'ekti

    Afzalliklari:

    Kamchiliklari:

    Sug‘urta qildiruvchi

    • qo‘shimcha variantlarsiz va opsiyalarsiz sug‘urta

    mahsulotni tanlaydi;

    • sug‘urta polisini rasmiylashtirish vaqtini o‘z xoxishi bo‘yicha tanlaydi;

    • turli sug‘urtalovchilarning narxlari va shartlarini taqqoslash orqali eng yaxshi sug‘urta variantini tanlash imkoniyati;

    • kontaktsiz to‘lov;

    • uydan chiqmasdan sug‘urta xizmati uchun to‘lovni amalga

    oshirish mumkin;

    tufayli sug‘urta narxini pasaytirish imkoniyati.

    • sug‘urta mahsulotining shartlarini mustaqil ravishda tushunish uchun ko‘p e'tibor va vaqt sarflanishi;

    • sug‘urta xizmatlari-ning (sug‘urta mahsulot- larining) barcha turlari internetda mavjud emas;

    • to‘lov faqat naqd pulsiz shaklida amalga oshiriladi;

    • maxfiy ma'lumotlar-ning tarqalishi va sug‘urta

    firibgarligi ehtimoli.

    Sug‘urtalovchi

    • o‘zgaruvchan xarajatlarni tejash;

    • to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn savdo mijozlari eng yuqori sifatli

    va sodiq auditoriyadir;

    • jismoniy shaxslar bilan ishlashda naqd puldan qochish;

    • oddiy sug‘urta mahsulotlarini ko‘proq sotib olish

    • ofislarni kamroq ishlatish.

    • sug‘urta firibgarligi va qalbakilashtirish qaltisliklari;

    • sug‘urta qildiruvchini (sug‘urtalangan shaxslarni) individuallashtirish masalalari tufayli suddagi nizolarning xatarlari;

    • mijozlarni jalb qilish uchun yuqori marketing xarajatlari;

    • sotish bo‘yicha potensialni kamligi.




    Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi farq (moliyaviy natija) 2017 yilda salbiy, 2018-2020 yillar davomida ijobiy va 2021 yilda salbiy natija bilan yakunlanganligini ko‘ramiz. Ya’ni 2017 yilda -661,6 ming. so‘m, 2018 yilda 21221,5
    mln.so‘m, 2019 yilda 2088,1mln.so‘m, 2020 yilda 13608,7
    mln.so‘m, 2021 yilda -33034 mln.so‘m daromadga nisbatan xarajat amalga oshirilgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga baho beradigan bo‘lsak, rivojlantirish jamg‘armasi




    3 Muallif tomonidan tuzilgan.




    mablag‘lari ulushi 2017yilda -2,43 foizni, 2018 yilda 81,5
    foizni, 2019 yilda 1,89 foizni, 2020 yilda 42,3 foizni, 2021 yilda -43,7 foizni tashkil qilganligini ko‘ramiz. Ushbu holatdan ko‘rishimiz mumkinki, rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha moliyaviy natijalar umumiy holatda ijobiy ko‘rsatkich bilan yakunlanganligi, ya’ni byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari uning haqiqiy xarajatlaridan ortiq bo‘lishi ikki holatni anglatishi mumkin:
    1)debitorlik qarzlari vujudga kelganligi; 2)tashkilotning nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarining
    qoldiq qiymati oshganligi;
    Shu o‘rinda moliyaviy natijalarni kuzatish jarayonida tushgan tushumlarni daromad sifatida tan olinayotganligini, xususan, xizmatlarning tannarxi, foydadan soliqlarni hisobga olinmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad sifatida qabul qilinayotganligi, har qanday tushum ham daromad bo‘la olmasligini, bu byudjet hisobida muammo ekanligi, moliyaviy natijalarning ko‘rsatkichlarida haqqoniy shakllantirilmayotganigini, daromadni tan olishda muammo borligi va bu buxgalteriya hisobida 2169 yo‘riqnoma talabiga amal qilin- mayotganligini guvohi bo‘lamiz. Rivojlantirish jamg‘armasidan tovar ishlab chiqarishdan olinadigan foydadan soliq sifatida ko‘rsatkichlarda aks ettirish, lekin
    soliqdan imtiyoz bo‘lganligi uchun soliqdan imtiyoz tarkibida ko‘rsatilishi shart.
    Bu esa, moliyaviy natija ko‘rsatkichlarini
    takomillashtirish zaruriyati mavjudligidan dalolat beradi.



    Download 320,8 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 320,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sun'iy intellektni asosiy texnologiyalari1

    Download 320,8 Kb.