• Richard Vagner: bastakorning tarjimai holi
  • I BOB. RIXARD VAGNERNING HAYOT YO’LI




    Download 41,7 Kb.
    bet2/6
    Sana31.01.2024
    Hajmi41,7 Kb.
    #149130
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yusufjonova 1

    I BOB. RIXARD VAGNERNING HAYOT YO’LI

      1. Nemis kompozitori Vagner haqida umumiy ma’lumot

    Yevropa musiqa san'atining musiqiy geniyligi ta'limot va ijodi bilan chuqur iz qolirgan nemis kompozilorlaridan biri Rixard Vagnerdir. Nemis musiqa san'atida Betxoven davridan so'ng o'zining novatorligicha (yangiliklar) o'zining amalga oshirilish .uchun qattiq kurashgan kompozitorlardan biri ham Vagnerdir. XIX asrninig ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida musiqa muammolaridan biri bo'lgan Vagner ijodiyoti nafaqat chet el kompozitorlari balki rus kompozitorlari tomonidan ham obyektiv baholanadi.
    Musiqa tarixiga Vagner ham opera san'atining islohotchisi, musiqiy dramaning asoschisi sifatida kiradi. Vagner san'ati Betxoven, Veber va nemis xalqining milliy san'ati bilan uzviy bog'liqdir.
    Rixard Vagner 1813 yil 22 mayda Lepsig shahrida tug'iladi. Yoshligidan teatr muhitida o’sadi. Bu esa dramaturg va opera yozuvchi kompozitor bo'lib shakllanishida asosiy rol o'ynaydi. Vagner adabiyot, poeziya, teatr va antik davrlar tarixi bilan juda qiziqar edi. Corner va Shekspirlarnirig asarlarini juda qiziqib o'qir edi. Shekspir tragediyasi asosida 14-15 yoslilarida «Leybold va Adeliada» nomli katta besh tomli tragediyasini yozadi. Veberning "Sehrli uqchi" operasini kompzitorning o'zi ijroosida tinglaydi va katta taassurot oladi. 1828 yilda Betxoven musiqalarini birinchi marta tinglaydi va shu musiqalarning ta'sirida musiqachi bo'lishga qaror qiladi. Kompozitsiya qoidalarini bilmasdan ijod qilishga harakat qiladi. Dastlabki ijod harakatlariga «si bemol» major uvertyurasi fortepiano uchun bir qator asarlar kiradi. Lekin uning bu asarlari muvaffaqiyasiz chiqadi. Nemis romantik yozuvchisi va musiqachisi Gol'man yosh Vagnerga yo'l ko'rsata boshlaydi. Musiqachi bo'lishga qattiq qaror qilgan Vagner Leypsig universitetiga musiqa talabasi vazifasiga ishga kiradi. U amaliyotda. shu davrlarda mashhur bo'lgan "operalar yo'nalishlar va talablarni o'rganadi. 1833 yilda Vyurshurgda Vagnerning birinchi "Farishta" operasi yoziladi. Lekin uning bu birinchi operasi uning hayotligida sahnalashtirilmaydi Vagner nemis opera sana'tining islohotchisi. Vagner biroz vaqt nemis romantik operasidan ijod qilmasdan boshqa opera janriga murojat qiladi. Uning yangi operasi 1836 yillarda yozilib "Sevgi ta'qiqi" deb nomlanadi. Bu opera Magdeburgda Vagner rahbarligida sahnalashtirilib qo’shiqchilar va orkestrning o'z partiyalarini mustahkam bilmasligi uchun muvoffaqiyatsizlikka uchraydi.
    Vagner Kenigsberg shahrida dirijyorlik vazifasini olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Lekin "teatrninig moddiy qiyinchiligi "va inqirozga yuz tutganligi to'fayli boshqa joy axtarishga majbur bo'ladi Kerugsbergda Vagner aktrisa Minnc Planerga uylanadi va opera teatriga dirijyorlik vazifasiga ishga qabul qilindi. Riga shahriga ishga ketadi va opera teatridagi amaliyotlari yosh Vagnerning ijodiy yuksalishida ijobiу rol o'ynaydi. U ikkita opera yozadi va bu operalari opera san'atining asoslarini o'zlashtirganligini ko'rsatadi. Shu davrlarning san'atkorlarini yozuvchi, shoir, rassomlarini markazi bo'lgan va Yevropa madaniyatining markazlaridan biri bo'lgan Parij-shahriga borish Vagnerning orzulariga aylanadi. Lekin moddiy qiyinchiliklar to'fayli orzusiga tez orada erisha olmaydi. Moddiy qiyinchiliklari va kreditorlaming doimiy kuzatishlari uning ijodiga xalaqit qiladi. Shuning uchun ular Parijga yashrincha qochishga qaror qiladi. Dengiz orqali Londonga borayotganda Vagner matroslardan "Uchar Gollandes" tarixini eshitadi va bu haqda romantik opera yozish istagi paydo bo'ladi. Londondan shimoliy Fransiyaning Bulon shahriga yo'l olishadi va bu yerda kompozitor Meyrber bilan uchrashadi.
    U Vagnerni yaxshi kutib olib "Riyensi" asari haqida yaxshi fikrlar bildirdi. Vagner 1839 yilda Parijga yetib keladi. Bu yerda u operalarni sahnalashtirishga moddiy tomondan sharoitni yaxshilashga va mashhur bo'lishni orzu qiladi. Vagnerning umidlari Parijda ruyobga chiqmaydi. "Sevgi ta'qiqi" asarini operasini salaialashtirish ruyobga chiqmaydi. Grand opera teatr "Riyensi" asarining sahnalshtirish uchun qilgan harakatlari zoye Ketadi. «Kolumb» uvertyurasining konservatoriyadagi ijrosi muvoflaqiyasizlikka uchraydi. Moddiy qiyinchiliklar ko'payib boraveradi. Vagnerning Parijda uch yil bo'lishi ko'p narsalarga ko'zini ochadi. San'atning oliy zodagonlar uchun xizmat qilishi, oldi-sotti savdosiga aylanib qolganligini ko'rdi. Shunga qaramasdan Vagner turli gazeta va jurnallarga maqola yozadi. Ularning orasida "Parij sho'xliklari'' satirik pamfletlari alohida o'rin tutadi. Bu yerda u oliy zodogonlaming musiqiy hayotini kulgu orqali tasvirlaydi. "Parijdagi nihoya" va "Betxovenni ziyorat" novellalarini "Riyensi" operasini oxirigacha tugallaydi. "Uchar Gollandes" operasini yozadi. “Faust” uvertyurasini va bir nechta romanslar yozadi.
    "Faust" uveityurasi Vagnerni dastlabki ijodiy namunalariga kiradi. "Riensi" operasi esa katta besh aktli tarixiy operadir. "Riensi" operasining Drezden shahrida sahnalashlirilishi Vagnerning Parijdan ketishini tezlashtiradi., 1842 yilning yozida Vagner Germaniyaga keladi va oktyabr oyida asar sahnada qo'yilmadi. Bu asar Vagnerga katta muvoffaqiyat keltirib mashhur qiladi. Riensi operasining muvaffaqiyati tufayli Drezden teatri "Uchar Gollandis" asarini ham qabul qiladi. Lekin “Uchar Gollandiya” operasi "Riyensi" operasi ham muvaffaqiyat qozona olmadi. “Uchar Gollandiya” operasi Vebirning "Sehrli uqchi" nemis romantik opera tradesiyasini rivojlanishi edi. Drezden shahrida ikkita operani sahnalashtirgandan so'ng Drezden opera teatrining dirijyori etib tayinlanadi. Vagner bu vazifada opera dasturini yangilashga Mosart, Glyuk, Betxoven, Vebrlarning asarlarini sahnalashtirishga harakat qiladi. Shu davrlarda u "Tangeyzer", "Loengrin" operalarini yozadi. "Tangezer" operasi 1845 yilda sahnaga qo'yiladl. "Loengreylik" operasi esa Drezdenga inqilobiy harakat boshlanib ketganligi uchun sahnalashtirilmaydi.
    1850 yilda "Loengreylik" operasi F.List tomonidan Veymar shahrida sahnalashtiriladi. Bu asarlar Vagner ijodininig chuqqisi hisoblanadi. Vagner dirijyor sifatida cheklanib qolmasdan shahar simfonik madaniyatini ham ko'tarishga harakat qiladi. Vagner rahbarligida Betxovenning to'qqizinchi simfoniyasini ijro etadi. (Vagnerning hokini Londondan Drezdin shahriga olib kelib Drezden shahriga dafn etiladi.) Bundan tashqari bir qator badiiy va siyosiy mazmundagi maqolalar yozadi. 1849 yilning mayida Drezdenda quzg'olon boshlanadi va Vagner qo’zg’alonchilar bilan birga bo’ladi. Qo’zg’alon bostirilgandan so'ng Vagner yashirincha qochadi va do’sti F.Listning uyida bir necha kun yashirinadi. List unga qalbaki passport to'g'irlab beradi. Vagner Shyeysariyaga keladi. U bu yerda Syurix shahriga joylashadi. Vagner bu yerda "san'at va inqilob nomli tragyura chtqaradi. Bundan tashqari Falsafiy estetik mazmunda musiqiy dramaning islohatlari maqsadida "Kelajak" badiiy asarlari opera va drama “Do'stlariga murojat” kabi maqolalar ham yozadi.
    German - Skandinaviyaning "Zigfrid" haqidagi afsonasi haqidagi musiqiy drama yozish fikri Vagnerda 1848 - yillardayoq paydo bo'lgan edi. Faqat 1851 yilga kelib bu dramaga qaytadi. Shunday qilib 1857 yilda Tetralogiyaning 4 qismdan -iborat dramatik matnlari paydo bo’ladi. Bu Nibelung uzugi deb nomlanib birinchi qismi «Reyn oltini», ikkinchisi “Valkiriya” uchunchisi “Zigfrid” to'rtinchisi “Xudolar tongi” tetrologiyaning birinchi marta sahnalashtirish l876 yilda Bayrutda bo'lib o'tadi. Vagner orkestri XIX asrda musiqa san'atida qilingan ishlardan biri hisoblanadi. Vagner orkestr imkoniyatlarini juda kattalashtiradi. U o'z orkestorida to'rt guruhni ham kengaytiradi. Maxsus yasalgan trubalar kvartetini ham kiritadi: birinchi bas Truba, ikkinchi kontrabas Truba, uchunchi uch valforni olti arfa asboblarini kiritadi. Bular Vagner trubalari degan nom oladi. «Nibelung uzugi» sahnasidan so'ng drama mifalogiya «Parsifal» asarini yozadi. Bu asar Vagnerning oxirgi ijodi edi. Uning bu asari 1887 yilda Bayerutda sahnalaslitiriladi. Vagner o'z vasiyatnomasida o'limidan so'ng 30 yil ichida bu asarning Bayerutdan boshqa joyda sahnalashtirilmasligini vasiyat qiladi.
    «Parsifal» asarining Bayrutdagi sahnalatirilganidan so'ng shu yerda 1883-уil 13 fevralida vafot etdi.


      1. Richard Vagner: bastakorning tarjimai holi


    Richard Vagner - ajoyib inson. Shu bilan birga, ko'pchilik maestroning noaniqligi bilan chalkashmoqda. Bir tomondan, u jahon musiqa sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan mashhur va shonli bastakor edi. Boshqa tomondan, uning tarjimai holi qorong'i va unchalik pushti emas edi.
    Vagnerning siyosiy qarashlari insonparvarlik qoidalariga zid edi. Maestroning kompozitsiyalari fashistlar Germaniyasi mafkurachilariga juda yoqdi. Ko'pchilik uchun Richard millat ramziga aylandi. U yahudiylarning ashaddiy raqibi edi.
    Musiqachi operaga uzun kuy va dramatik hikoyalarni kiritdi. Vagnerning boy merosi nafaqat klassik musiqa muxlislarini, balki zamonaviy rok musiqachilari va yozuvchilarni ham ilhomlantiradi.

    Download 41,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 41,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB. RIXARD VAGNERNING HAYOT YO’LI

    Download 41,7 Kb.