Kafedra mudiri Sh. Allayarov




Download 19,44 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi19,44 Kb.
#100573
Bog'liq
javob


Variant №26



  1. Korxona marketing xizmati.

  2. Marketingni boshqarish kontseptsiyalari va ularning mohiyati.

  3. Tovarlarni o’rganish va takomillashtirish usullari.

Kafedra mudiri Sh. Allayarov
Variant Javoblari
1. Korxona marketing xizmatlari — maxsus tayyorgarlik koʻrgan marketologlar guruhi, uyushmasi, boʻlimi va boshqarmasining faoliyat majmui. Marketing xizmatlari isteʼmolchilarga xizmat qiladi va ularning manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi. Xoʻjalik koʻrsatkichlarini yaxshilash; korxonaning yuqori foyda olish yoʻllarini topish; bozorlar sigʻimi va imkoniyatlarini tahlil qilish; talab va taklif muvozanati, baho, soliqlar tizimi va bozor elementlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish, tovarlarni takomillashtirish, reklamalarni uyushtirish marketing xizmatlarining asosiy faoliyat yoʻnalishi hisoblanadi. Shuningdek, Marketing xizmatlari jonli va umumlashgan mehnat resurslaridan foydalanish normativlarini aniqlashda ishtirok etadi; tovarlarni oqilona sotishni tashkil qiladi, moddiytexnika taʼminoti masalalarini hal etadi; sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarni iqtisodiy va texnikaviy holatini tahlil qiladi; korxonaning yaqin va uzoq istiqbolini belgilashda ishtirok etadi, ishlab chiqarishni marketing nuqtai nazaridan operativ tarzda tashkil etadi; mehnatni va unga haq toʻlashni yuqori darajada olib borish bilan shugʻullanadi.


2. Marketing kontseptsiyalari tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har xil bosqichlarida uning yo’nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Shu bilan birga marketing kontseptsiyasi deganda korxonaning, tashkilotning yoki kishining iste'molchilarga mo’ljallangan, integratsiyalangan maqsadli falsafasi tushuniladi. Marketing evolyutsiyasining birinchi yirik bosqichini XX asrning boshidan 30-yillarning o’rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Bunda marketing tashkilotlar, korxonalar va shaxslar o’rtasidagi tovar va xizmatlar harakatining nazariyasi yoki mahsulotni sotish bo’yicha korxonaning funktsiyasi deb tushunilardi. Shu vaqtda ketma-ket ikkita kontseptsiya paydo bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovarni takomillashtirish. Ishlab chiqarishni takomillashtirish kontseptsiyasi o’z harakatini mahsulot ishlab chiqarish samaradorligiga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning optimallashuviga qaratadi. Boshqa so’z bilan aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay bo’lgan tovarlarga nisbatan marhamatli bo’ladilar. Shunga ko’ra bu kontseptsiya e'tiborining asosiy ob'ekti qilib ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot tizimining samaradorligani tanladi. Maqsadga erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya etilardi.


3. Marketing kontseptsiyalari tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har xil bosqichlarida uning yo’nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Shu bilan birga marketing kontseptsiyasi deganda korxonaning, tashkilotning yoki kishining iste'molchilarga mo’ljallangan, integratsiyalangan maqsadli falsafasi tushuniladi. Marketing evolyutsiyasining birinchi yirik bosqichini XX asrning boshidan 30-yillarning o’rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Bunda marketing tashkilotlar, korxonalar va shaxslar o’rtasidagi tovar va xizmatlar harakatining nazariyasi yoki mahsulotni sotish bo’yicha korxonaning funktsiyasi deb tushunilardi. Shu vaqtda ketma-ket ikkita kontseptsiya paydo bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovarni takomillashtirish. Ishlab chiqarishni takomillashtirish kontseptsiyasi o’z harakatini mahsulot ishlab chiqarish samaradorligiga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning optimallashuviga qaratadi. Boshqa so’z bilan aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay bo’lgan tovarlarga nisbatan marhamatli bo’ladilar. Shunga ko’ra bu kontseptsiya e'tiborining asosiy ob'ekti qilib ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot tizimining samaradorligani tanladi. Maqsadga erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya etilardi.
Download 19,44 Kb.




Download 19,44 Kb.