• Tayanch so‘z va iboralar.
  • Nazorat savollari.
  • 1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: lms. Intuit ru masofaviy ta’lim platformasini imkoniyatlarini tahlil qilish Ishdan maqsad




    Download 499.58 Kb.
    Sana23.03.2024
    Hajmi499.58 Kb.
    #175655
    Bog'liq
    1-amaliyot tayyor
    9-sinf-Yosh-matematik-to-garak-34-soat, 2-amaliyot tayyor, 5-amaliy tayyor, 9-2 iqts Shahzoda strategik iqt, 9-2 iqts Shahzoda innovatsion iqt, Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (N.Azizxo\'jayeva)

    1-amaliy mashg‘ulot
    Mavzu: LMS. Intuit.ru masofaviy ta’lim platformasini imkoniyatlarini tahlil qilish
    Ishdan maqsad. Talabalarga LMS va uning platformalari haqida ma’lumot berish. Intuit.ru masofaviy ta’lim platformasining imkoniyatlarini tahlil qilish, unda ishlash jarayonlari bilan tanishtirish.
    Tayanch so‘z va iboralar. LMS (Learning management systems), ta’lim, tizim, Intuit.ru platformasi, masofaviy o’qish, moslashuvchanlik, management, statistika.
    Nazariy qism.
    Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internet orqali masofadan o‘qish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Masofadan turib onlayn o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa chiqaradi. Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS – Learning management systems)dan foydalaniladi.
    Masofaviy o‘qish — zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi. U o‘quvchiga ma’lum standartlar, ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘qituvchi bilan muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchi uchun esa maxsus axborot muhiti yordamida o‘z o‘quv materiallarini o‘quvchiga taqdim etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini masofadan turib kuzatib borish imkoniyatini yaratadi.
    Ta’lim boshqaruv tizimlari (LMS — learning management systems) — bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.
    Learning — o‘qitish. LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir.
    Management — boshqaruv. Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi) boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.
    LMSNING AFZALLIKLARI
    Foydalanishning erkinligi — o‘quvchi tizimdan deyarli hamma joyda foydalanishi mumkin. Yoshi katta ta’lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olishlari mumkin.
    O‘qish xarajatlarini kamaytirish — metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ talab qilinmaydi.
    Moslashuvchanligi — o‘quv jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi imkoniyat va talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkin.
    Zamon bilan hamnafasligi — elektron kurs foydalanuvchilari, xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini eng zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq rivojlantirib boradi. Bunda elektron o‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o‘z vaqtida yangilab turish imkoniyati mavjud.
    Ta’lim olishning tengligi — o‘qitish ma’lum bir ta’lim muassasasidagi o‘qitish sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
    Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati — o‘quv jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish mumkin.
    Tajriba almashish — muloqot qilish, xabarlar almashish uchun chat, blog, forum va konferensiyalardan foydalanish mumkin.
    Statistika — darsga qatnashish, o‘zlashtirish kabi ma’lumotlar tizimda qayd etib borilganligi uchun, o‘qituvchi xohlagan paytda kerakli shakldagi hisobotni olishi mumkin.
    LMSNING KAMCHILIKLARI
    O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida bevosita aloqaning mavjud emasligi o‘quv jarayonini nazorat qilish va o‘quvchi natijalarini baholashni qiyinlashtiradi. LMSni joriy etish zamonaviy texnologik qurilmalarni talab etadi. O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka hamda o‘z o‘quv dasturlarini elektron ta’limga moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila olmaydi.
    LMS tizimlarining asosiy vazifalari O‘quv kontentlari bilan ishlash: kurs yaratuvchi o‘qituvchilar tomonidan elektron o‘quv materiallari (matnli, audio, video va b.)ni yaratish va kiritish; elektron materiallarni import/eksport qilish; elektron kutubxona tashkil etish; mualliflik dasturlari yordamida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklash.
    O‘quv jarayonini boshqarish: tizim foydalanuvchilari (kurs yaratuvchi o‘qituvchilar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va boshqalar)ni ro‘yxatdan o‘tkazish; sinflar yaratish va o‘quvchilarni sinflarga biriktirish; o‘quvchilar uchun mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish; har xil ijtimoiy so‘rovlarni tashkil etish; foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish.
    Baholash: nazorat topshiriqlari (amaliy mashg‘ulot topshiriqlari, savol va testlar)ni kiritish; o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va bilim darajasi monitoringini olib borish; sertifikatlar (diplomlar) berish.
    Foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqa: o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki guruh bo‘lib, hamkorlikda ishlashini tashkil etish; o‘quvchilarning o‘zaro yoki o‘qituvchilar bilan muloqotini chat, forum, videokonferensiya orqali tashkil etish; o‘quv jarayoniga taalluqli e’lon, xabar yoki yangiliklarni ommaviy tarzda uzatish. Statistika: tizim foydalanuvchilarining faoliyati haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish; maxsus grafiklar orqali tizimdagi faol foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni olish.
    MOOK tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim sifatini ta’minlashda LMS (learning management system – ta’lim boshqaruv tizimi) platformasi katta ahamiyat kasb etadi, chunki u o‘qituvchining talaba bilan ishlash samaradorligini ta’minlaydi. Masofaviy ta’lim va MOOK ni tashkil qilish uchun turli xil LMS platformalar mavjud. MOOK uchun LMS platformasi yangi ishlab chiqish yoki muvaffaqiyatli foydalanib kelinayotgan platformalarni qo‘llash mumkin. Bugungi kunda dunyodagi eng mashhur LMS platformalari — Blackboard, MOODLEva Accord LMS hisoblanadi. Dunyoda ba’zi mamlakatlar o‘z platformalarini ishlab chiqishmoqda. Hududiy MOOK larda milliy tillarda o‘qitish joriy qilingan hamda muayyan mamlakat yoki mintaqadagi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan. Ko‘pincha bunday resurslar davlat idoralari tomonidan moliyalashtiriladi, masalan, Meksikaning ta’lim vazirligi Mexico X platformasini, Fransiya Milliy ta’lim vazirligi FUN platformasiga (France universite numerique) va Hindiston Inson resurslarini rivojlantirish vazirligi NPTEL (National Programme on Technology Enhanced Learning) loyihasini moliyalashtiradi.
    Elektron masofaviy ta’limning moddiy bazasiga qo‘yiladigan talablar ko‘p jihatdan ta’lim berishning qo‘llanilayotgan modellari bilan bog‘liq. Ammo qo‘llanilayotgan modellar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar aloqa kanallarining yetarli o‘tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlash zarur. Elektron masofaviy ta’limni amalga oshiruvchi ta’lim muassasasi aloqa kanallarining videoanjumanlar rejimida o‘zaro ta’sirga kirishishni tashkillashtirish mo‘ljallangan binoda bo‘lgan har bir foydalanuvchi uchun taxminan 512 Kbit/s.dan kam bo‘lmagan o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Elektron masofaviy ta’lim tizimiga bir vaqtning o‘zida ulangan 100 nafar foydalanuvchi uchun esa ushbu ko‘rsatkich 10 Mbit/s.ni tashkil etadi. Ta’lim oluvchi o‘tkazuvchanlik xususiyati 512 Kbit/s.dan kam bo‘lmagan aloqa kanalidan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi joiz, yanada qulay aloqa uchun ko‘rsatkich 1 Mbit/s bo‘lishi tavsiya etiladi. O‘zbekistonning ko‘pgina shaharlarida shunday o‘tkazuvchanlik xususiyati mavjud, ammo chekka hududlarda va qishloq joylarda ushbu imkoniyat mavjud emas, bu esa tehsil oluvchilar uchun noqulayliklarni tug‘diradi. Umuman olganda, uni O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish va masofaviy ta’limni amalga oshirish uchun reglament ishlab chiqish kerak. MOOK texnologiyalaridan oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin va kadrlarni qayta tayyorlashda foydalanish yaxshi natijalarni beradi. Bunda, oliy ta’lim muassasalariga ularni amalga oshirish uchun ko‘proq erkinlik taqdim etish lozim. Biroq bakalavrlar, magistrlar va doktorlarga ta’lim berishda MOOK texnologiyalarini joriy etishda taxsil olayotganlarning sifatini qat’iy nazorat ostiga olish darkor.
    Ikkinchidan, MOOK texnologiyalari istiqbolda rivojlanishi uchun Milliy ochiq universitet yaratish va unga tegishli mutaxassislarni jalb etish zarur. Mazkur universitet O‘zbekistonda ommaviy onlayn-kurslarni taqdim etish uchun ham mahalliy, ham jahondagi yetakchi muassasalar bilan hamkorlikda ish yuritishi kerak.
    Uchinchidan, LMS yagona milliy platformasini ishlab chiqish joiz, u orqali ommaviy ta’lim kurslari taqdim etiladi.
    Masofaviy ta’limda qo’llaniladigan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar bilan tanishish, o’rganish va kerakli texnikaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan kompyuter va dasturiy majmuani yaratish bo’yicha ishlar. Masofaviy ta’lim uchun o’quv uslubiy materiallarini yaratishga oid ishlar. Masofaviy ta’limda qo’llaniladigan o’quv materiallari texnologiyasini o’rganish va uni joriy qilish bo’yicha ishlar. Qurilayotgan jamiyat XXI asrda axborot jamiyatiga aylanib borishi kerak. Bu yo’lda axborot savodxonlik targ’iboti iqtisodiy va huquqiy savodxonlikni o’zida qamragan holda ma’naviy jamiyatimiz kishilari orasida keng yoyiladi. Bunda interaktiv ta’lim kuchga kiradi va binobarin, mazkur ta’limning pedagogikasi shakllanadi.
    Interaktiv ta’lim o’qitishning, muloqotning distant uslubida, qolaversa, bu usulni amalga oshiruvchi bir qancha interaktiv (audio, video, elektron anjumanlar, tele va ovoz kommunikatsiyalari, yerning sun’iy yo’ldoshlari orqali o’zaro aloqa va b.) va nointeraktiv texnologiyalar vositasida olib boriladi. Kelajakda umumrivojlanishning yetakchi jabhalaridan bo’lib qoluvchi interaktiv masofaviy ta’limning ommaviylashishida Internet “online” ning roli, telekommunikatsiyalarning o’rni, barcha insonlarning Internetga barobar ochiq tashrif eta olishi uchun ajoyib yo’lak WWW (Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir. Dunyoda interaktiv ta’limning ko’plab bazalari vujudga kelayapti, jumladan, Britaniya Ochiq Universitetiga qarashli masofaviy ta’lim Umumjahon markazining ma’lumotlar bazasini misol qilib keltirish mumkin. Distant uslubida o’qitishning Xalqaro Kengashi faoliyat ko’rsatyapti, «E-Learning» — masofaviy ta’lim olayotgan tinglovchilarning soni kun sayin ortib borayapti. Masofadan turib o’qitish uslubining tafsiloti, uning ta’limdagi ijodiylik, mustaqil o’rganish imkoniyati, ilm olish uchun vaqtni taqsimlashdagi erkinlik kabi ko’plab afzalliklari mamlakatimizdagi yirik olimlarning pedagogik izlanishlarida aks ettirilgan, risolalarida keng yoritilganini e’tirof etish joiz. Shunisi quvonarliki, mamlakatimizda ziyolilarning, jumladan, pedagoglarning, yangi avlodning tarbiyasiga e’tiborli barcha kishilarning, ayniqsa, tinglovchi yoshlarning zamonaviy kompyuter va telekommnikatsiya texnologiyalari vositasidagi interaktiv ta’limga, xususan, on-line ta’limiga, Internetga qiziqishi va intilishlari katta. Yurtimiz O’zbekiston kuchli iqtisodiyotga ega bo’lgan, ezgu istiqbolli huquqiy davlat qurar ekan, xalqimizning axborot savodxonligini hamda huquqiy madaniyatini oshirish hayot va zamon talabidir. Bu talabni — maqsadni ro’yobga chiqarishda asoslari endi shakllanayotgan interaktiv ta’lim xizmatga kirishishi kerak.
    Masofaviy o’qish ta’lim berishda ikki asosiy yondashishni izohlab beradi — bular kengaytirish va transformatsiya modellaridir. Kengaytirish modelida o’qitish texnologiyasi hozirgi ana’naviy usuldan deyarli, farq qilmaydi.
    Transformatsiya modeli o’qituvchi va tinglovchi hamkorligi uchun axborot — kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini o’zida mujassam qiladi. Masofaviy ta’limning bu zamonaviy usul va texnologiyalari nazariy va amaliy ta’lim pedagogikasiga virtual sinf, o’quv telekommunikatsiya loyihalari, koordinator, teskari aloqa, moderator, muloqot texnologiyasi, kompyuter aloqasi, telekonferensiya kabi yangi tushuncha va terminlarni olib kirdi. Bu texnologiya deyarli raqamli aloqaga asoslangan bo’lib, o’z ichiga multimediya dasturlari va gipermediyalarni olib, bu esa o’quvchiga axborot massivlarini o’zlashtirish tartibini nazorat qilish usullarini kuzatib borish imkonini beradi. Masofaviy o’qishning ko’p muhitliligi o’quv dasturlarini rejalashtirish va kurslarini ishlab chiqish tamoyillarida o’z aksini topadi. Masofaviy ta’lim tinglovchilarni talablarini qondirishga yo’naltirilib, texnologiyalarni turli — tumanliligiga ustivorlik beradi. Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bo’lib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga borib taqaladi. Avvalida masofaviy ta’lim sohasida o’quv muassasalari yakka holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yo’ldosh teleko’rsatuvlar rivojlanib borishi bilan, bu o’quv kurslari ustida bir necha o’quv muassasalari hamkorlikda ish olib bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, ta’lim olish sohasiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Shu tufayli ayni damdagi masofaviy ta’lim zamonaviy axborot — kommunikatsiyalar, jumladan, internet tarmog’i imkoniyatlaridan keng foydalangan holda olib borishga asoslanadi. AQSh ta’limi tarixida masofaviy o’qitish milliy universitetlari, masofaviy ta’lim yordamida olingan yangi mutaxassisliklar, ilmiy darajalar vujudga kelgan. Misol qilib, Kolorada shtati davlat universitetining ma’muriy ish yurituvchi magistri, Chikago davlat universiteti informatika, Jorj Vashington Universitetining ta’limni boshqarish, Penselviya davlat universitetining akustika magistri va Merilend Universitetining yadro fizikasi bakalavri darajalarini ko’rsatish mumkin. Masofaviy ta’lim respublikamizda ta’lim tizimiga yangi kirib kelayotgan usul bo’lib, hozirgi kunda bu jarayonga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda va uning asoslari yaratilmoqda. Barcha oliy o’quv yurtlarida kompyuter sinflari tashkil etilgan bo’lib, ularning ko’p qismi internet global tarmog’iga ulanish asosida faoliyat ko’rsatmoqda.

    Dunyoning mashhur kompaniyasi Google ham ishchilarining diplomiga qarab emas, qobilyatlariga qarab ishga olar ekan. Shunday kasblar borki, ularni oliy ma’lumotli bo’lmasdan ham egallash mumkin. Hatto oliy ma’lumotli kishilardan ko’ra yaxshiroq pul ishlab topish mumkin. Ilm olish uchun turli o’quv maskanlariga yoki chet davlatga chiqish ham shart emas. Buning uchun insonda yetarlicha qobiliyat va ishtiyoq, ingliz yoki rus tillarini bilish, internetga ulanish va, albatta, kompyuter yoki planshet kerak bo’ladi. Ta’lim uchun pul sarflashingiz shart emas, faqat internet uchun to’lagan pulingizni hisobga olmasak. Quyida keltirgan saytlar orqali tekinga bilim olishingiz, malakangizni oshirishingiz va oxirida sertifikatga ham ega bo’lishingiz mumkin.
    1. Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru - Oliy ta’lim va ikkinchi oliy ta’limni olish imkoniyati mavjud bo’lgan, shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet-universitetidir. To’liq o’qish pullik, ammo intuit saytida turli sohadagi: informatika, fizika, matematika, iqtisodiyot va falsafa bo’yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul o’qish (tinglash) mumkin. Hozirgi kunda ko’pgina kurslar video darslar shaklida ham berilmoqda. Ta’lim kurslarini tugatganda bepul elektron sertifikat olish mumkin.
    2. Twirpx. Rasmiy sayti: www.twirpx.com - Adabiyot o’qish uchun kerakli manba. Bu yerda kam uchraydigan adabiyot namunalarini ham topish mumkin. Yuklab olish faqat ballar bilan amalga oshiriladi. Ballar esa ro’yxatdan o’tishda beriladi, keyin esa ularni shaxsiy materialingizni joylashtirganingizda yoki haqiqiy pulingizni kiritganingizda beriladi. Hatto ushbu to’lovlarni to’lasangiz ham xafa bo’lmaysiz. Ko’pchilik kitob izlaganlar qidiruv tizimlari orqali ushbu saytga adashib kirib qolgan bo’lsa kerak. Kerakli kitobni yuklab olish uchun ball talab qiladi.
    3. TED. Rasmiy sayti: www.ted.com - TED qisqartma so’z bo’lib, ingliz tilidagi "Technology, Entertainment, Design" so’zlarining birinchi harfidir. O’zbek tiliga "Texnologiya, San’at, Madaniyat" kabi tarjima qilish mumkin. Ushbu konferensiyada ko’plab ishlab chiqaruvchilar, olimlar, rassomlar, musiqachilar, muhandislar va boshqa ko’plab insonlar sahnaga chiqishadi va o’zlarining g’oyalarini bo’lishadilar. Tinglovchilarning orasida ushbu g’oyalar uchun homiylik qiluvchilar, hamkorlik qiluvchilar ham bo’ladi. Ba’zi videolarning o’zbekcha subtitrlari bor. Subtitrlarda imloviy xatolar mavjud, lekin ular videoma’ruzani tushunishga ko’p ham halaqit bermaydi. Ushbu saytda o’sha konferensiyalardan videoma’ruzalar berib boriladi.
    4. Yandex maktabi. Rasmiy sayti: http://shad.yandex.ru/lectures/ - Bu yerda Yandex ma’lumotlar tashxisi maktabi ma’ruzalari joylashtirilgan. Uning asosiy maqsadi aynan Yandex uchun, shuningdek, AKT industuriyasida ma’lumotlarni tashxis qilish va qayta ishlash hamda internetdan ma’lumotlarni olish bo’yicha malakali insonlarni tarbiyalashdir.
    5. Coursera. Rasmiy sayti: www.coursera.org - Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil bilimlar bosqichi bo’yicha kurs tizimlarini o’tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Tinglovchilar faqatgina kurslarni oqibgina qolmasdan, kursdoshlari bilan gaplasha oladilar, Coursera saytida testlar va imtihonlar topshiradilar. Coursera saytidan olingan sertifikatni mashhur www.linkedin.com saytidagi profilingizda ko’rsatishingiz mumkin. Bu esa sizga yaxshi ish topishingizga yordam beradi. Hozirgi kunda ba’zi kurslarning video darslari kamina tomonidan o’zbek tiliga o’girilmoqda. Agar siz ham yordam bermoqchi boʻlsangiz, www.transifex.net saytida roʻyxatdan oʻtib, buni amalga oshirishingiz mumkin.
    6. Xan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org/ - Bir kuni MIT va Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda yashaydigan kichkina amakivachchasini matematika fanidan qiynalishini bilib qoladi. U «YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirib, unga yordam bermoqchi bo’ladi va mashhur bo’lib ketadi. Endi Xan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan ortiq bepul mikroma’ruzalar bor. Ulardan ko’pchilig rus tilida ham mavjud. Ushbu ma’ruzalarni oʻzbek tiliga oʻgirish uchu www.crowdin.net saytida roʻyxatdan oʻtib, amalga oshirish mumkin. Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng, u yerdagi qidiruv funksiyasidan foydalanib, kerakli tarjima loyihasini topib, oʻzbek tiliga oʻgirish mumkin.
    Intuit.ru – milliy ochiq universitetida masofaviy o’qish
    1. Veb brouzerning adres qatoriga intuit.ru yozib tizimga kiramiz. Sizdan ro’yxatdan o’tishni taklif qiladi.

    1-rasm. Intuit.ru platformasi.
    2. Online forma to’ldirilgandan keyin registratsiya tugmasi bosiladi. Kiritilgan elektron pochtangiz orqali avtorizatsiyani tasdiqlaysiz. Masofaviy o’qitish tizimiga kirib Ucheba bo’limidan o’qimoqchi bo’lgan kursga yozilib, masofadan o’z bilimingizni oshirasiz.

    2-rasm. Intuit.ru platformasidan ro’yxatdan o’tish.
    Nazorat savollari.
    1. LMS nima?
    2. Bilim olish va sertifikatga ega bo’lish mumkin bo’lgan qanday saytlar bor?
    3. Intuit.ru platformasi haqida ma’lumot bering.
    Download 499.58 Kb.




    Download 499.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: lms. Intuit ru masofaviy ta’lim platformasini imkoniyatlarini tahlil qilish Ishdan maqsad

    Download 499.58 Kb.