Ta’lim sifatini boshqarishning xususiyatlari




Download 199,5 Kb.
bet4/5
Sana22.05.2024
Hajmi199,5 Kb.
#249816
1   2   3   4   5
Bog'liq
bowqarish yangi

2.1 Ta’lim sifatini boshqarishning xususiyatlari.
Ta’lim tizimiga ob’ektiv ravishda xos bo‘lgan integral sifat — inersiyalilik — ta’lim va kasb-hunar dasturlarining tegishli tarkibiy qismlarini takomillashtirishga tegishli darajada prog­nozlashtirib yondashish zarurligini anglashda, ularning aniq o‘zlashtirilishini ta’minlashda, shuningdek, tegishli pedagogik tizimga singdirilgan ilmiy bilimlarning bashoratli yo‘nalishi sharoitida hisobga olinishi mumkin. Aynan shu boisdan ham, uzluksiz ta’lim va pedagogika fani sohasida ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-tarixiy, etnopsixologik va boshqa turdagi prognoz qilish natijalarini majburiy tartibda integratsiyalashni ko‘zda tutuvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini rivojlantirishni prognozlashga tizimli yondashish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlari (talabaning vazifalari). Talaba ushbu mavzuni to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng boshqaruv tamoyillari va usullari, rahbarning vakolatlari, rahbarning ish vaqtini rejalashtirish, boshqaruv mexanizmi, ishontirish mexanizmi, bo‘ysinuvchi shaxslar bilan munosabatlar, rag‘batlantirish, rag‘batlantirish tarkibi, mexanizmi va nazoratini o‘rganadilar.
Ijodiy yunalish prinsipi o‘quv-ta’lim jarayonini boshqarishda qo‘llaniladi. Uni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar orkali asoslanadi:

  • o‘quv faoliyati turlarining har xilligi (ma’ro‘za, seminar, amaliy mashgulot, kollokvium, mustakil ta’lim, malakaviy amaliyotlar, kurs ishlari vax.k.);

  • o‘qitiladigan fanlarning turli-tumanligi;

  • ta’lim oluvchi shaxslarning o‘ziga xosligi.

Muntazam rejalashtirish prinsipi o‘quv-ta’lim jarayonini amalga oshirishda ta’lim massassasining barcha bo‘linmalarida qo‘llaniladi.
Moslanuvchanlik prinsipini holat o‘zgarib turgan sharoitda faoliyat ko‘rsatilayotgan rahbarlar qo‘llaydilar.
Hamfikrlilik prinsipi boshqaruv idealogiyasini aniqlaydi (har bir munosabat).
Hamkorlilik prinsipi kafedrani, fakltetni, bo‘lim hamda rektorat tomonidan boshqaruvda qo‘llaniladi.
Buyurtmachiga yunaltirilganlik institutning yuqori kurslarida talabalarni buyurtmachiga moslashtirish kasb sirlarini chukur o‘zlashtirishlariga erishishni nazarda tutadi.
Ijobiy fikrlash prinsipi hamma vaqt boshqaruvning boshka prinsiplari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Vakolat berish prinsipi xodimlarning malakasini oshirishda qo‘llaniladi.
Boshqaruv prinsiplarini tanlash va samarali tarzda foydalanish muvaffakiyatga erishishning asosi holos. Boshqaruv samarasining muhim omili boshqaruv usulidir.
Boshqaruv usuli.
Boshqaruv usuli rahbarning boshka qo‘l ostidagi rahbarlarga vakolatlar bershi, ularga imkoniyatlar berish, takliflaridan foydalanish, ularga ishonish va ularning harakat rejalarini amalga oshirishga bog‘liq buladi. bularga mos ravishda rahbarning o‘zini tutishining turt xil usuli mavjud:
1) Avtokratik.
2) Byurokratik.
3) Demokratik.
4) Aristokratik.
Avtokratik usul rahbar o‘z g‘oyalarini (kidirib topgan g‘oyalarni), rejalarni xech kim bilan maslahatlashmasdan amalga oshirishi bilan harakterlanadi. O‘z fikrini buyruq bilan amalga oshiradi.
Byurokratik usulda boshqaruv rasmiy tus oladi instruksiyalar, buyruklar, qo‘llanmalar, qog‘ozlar bilan ishlanadi.
Demokratik usul rahbar va jamoani o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatining optimal munosabatiga asoslangan. Uning xususiyati - bajaruvchilarning rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayonida faol katnashadilar. Rahbar tomonidan o‘z qo‘l ostidagilarga ishonch bildirilishi va ularni ruxlantirishi natijasida yuqori darajada unumdorlikga erishiladi.
Xodimlariga «Buni biz o‘zimiz amalga oshirdik» deyish imkonini beradigan rahbar eng yaxshi rahbardir.
O‘quv-ta’lim jarayonini amalga oshirishda demokratik usul, yuqori tashkshyutlarning direktiv buyruklarini amalga oshirishda avtokratik, xisob va xisobot masalalarida byurokratik usuldan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Rahbar va hokimlik.
Rahbarga mansab vazifalarini bajarishda hokimlik zarur bo‘ladi. ta’sir etish vositasi sifatida hokimlik besh xil buladi:

    1. Qo‘rqitish orqali ta’sir etishga asoslangan hokimlik. Ishni yo‘qotish, xizmat mansabidan tushirish, mukofotni yo‘qotish va x.k. lar bilan qo‘rqitish.

    2. Mukofotlashga asoslangan hokimlik qo‘l ostidagilar extiyojlarini koniktirish orkali ta’sir qilish.

    3. Ekspert hokimlik. Bajaruvchilarni rahbarga ishonishlari orqali amalga oshiriladi. Bajaruvchilar o‘z rahbarlariga so‘zsiz ishonadilar, u eng optimal qarorni qabul qiladi, muammoni hal qiladi. Vrach bilan bemor o‘rtasida, o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida shunday hokimlik mavjuddir.

    4. Etalon hokimlik (o‘rnak ko‘rsatish) -- rahbarning shaxsiy xususiyatlariga asoslangan ta’sirdir. Xodimlar rahbarlariga o‘xshashga harakat qiladilar. Bunday rahbar bo‘lish uchun quyidagi maslahatlarga amal kiling:

  1. Sizni barcha kollektiv a’zolari dikkat bilan ko‘zatib turganliklarini esdan chikarmang.

  2. O‘zingizda yulboshchilik sifatlarini rivojlantiring.

  3. Zararli odatlardai ko‘tilishga harakat kiling.

  4. Nutqingizni ko‘zatib boring.

  5. O‘z karorlaringizda muhim buling, ketma-ketlikga rioya kiling.

  6. Tashki kurinishingizni tartibga soling.

  7. Qo‘l ostingizdagilarni o‘zingizga kiziktiring.

  8. Qo‘l ostingizdagilar fikri bilan xisoblashing.

  9. Qonuniy hokimiyat (an’anaviy hokimiyat) rahbariyatga buysunish an’anasiga asoslangan. Bu tarixiy shakllangan munosabatlar usulidir. Bu usulda bajaruvchi xodim rahbar xodimga emas, balki ma’lum mansabga buysunadi. Bu rahbarni o‘z qo‘l ostidagilarga ta’sir ko‘rsatishning eng qo‘lay usulidir. Ammo, o‘zgarishlar vaqtida bu usul samara bermaydi.

Hozirgi bosqichda ta’lim va ta’limda novatorlik yondashuvi jadal rivojlanayotganligi ta’lim muassasasi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlardandir.
Yangicha sharoitlarda «ta’lim» tushunchasi mazmunini tubdan qayta idrok etish zarur. Bu uzluksiz ta’limning o‘xshash tizimi yordamida ijtimoiy va kasbiy moslashgan yaxlit shaxs mazmunining maqsadi, vazifalari, metodlari va vositalarini shakllantirishni qayta idrok etishni bildiradi.
Shu munosabat bilan bilimlar va hayotga «ta’lim» tushunchasini shaxs tashabbusining ahamiyatini ta’kidlaydigan tarzda yondashuv sifatida tushunish lozim. Shu bois «ta’lim» tushunchasi bu tez o‘zgaruvchan dunyoda yashash uchun zarur bo‘lgan yangi metodologik usullar, ko‘nikmalar, ko‘rsatmalar va qadriyatlarni o‘z ichiga olishi kerak. Boshqacha aytganda, ta’lim shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga ega yangi vaziyatlarni muvaffaqiyatli uddalay olishi uchun harakatlanuvchi jamiyat tomonidan prognoz qilingan zarur ijtimoiy-axloqiy jarayondir.
An’anaviy tarzda vujudga kelgan ta’lim tizimi strategik jihatdan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’lim funksiyasini bajargan holda «ta’lim» so‘zining yangicha talqiniga oid maqsadli ko‘rsatmalarni amalga oshirishga yo‘naltirilmagan.
Ko‘maklashuvchi ta’lim faqat ijtimoiy munosabatlar va shaxsiy yo‘nalishlarning mavjud tizimini saqlashga, ya’ni konservativ-bar­qaror jamiyatning normal faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan. Shu bois bunda shaxs allaqachon ma’lum bo‘lgan, takrorlanuvchi vaziyatlardan chiqa olishi uchun mo‘ljallangan, qayd qilingan usullar va qoidalar ustunlik qiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi qaror topishi va rivojlanishining yangi strategiyasi, «ta’lim» so‘zining qayta idrok etilishi «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’limni «innovatsion» ta’lim bilan almashtirishni talab qiladi. Innovatsion ta’lim ayni paytda kamida quyidagi ikkita vazifani hal etishga qaratilgan:
1. Voqealarni «oldindan ko‘ra bilish», o‘zini real voqelikda va keyingi ijtimoiy va kasbiy rolini anglab yetish qobiliya­tini tarkib toptirish; shaxsni ongli, oldindan anglab yetilgan muqobillarni — umumiy xulq-atvorni, ishonch-e’tiqodni, axloqiy qadriyatlarni, umuman dunyoqarashni tanlashga yo‘naltirish.
2. Mahalliy (shaxsiy yo‘naltirilgan) tashkiliy-boshqaruv darajasidan tortib global darajasigacha shaxsga ijtimoiy ahamiyatga hamda kasbiy qimmatga ega bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkonini beruvchi «qatnashish» prinsipini ro‘yobga chiqarish.
Boshqaruv va tashkil etishning yangi tuzilmasini shakllantirish, KTMD va KTMM asosida ta’limni ta’minlash, chet el tajribasini o‘zlashtirish, turli texnologiyalar, metodikalar va hokazolarni joriy qilish — bularning hammasi innovatsiya deb nomlangan jarayon bilan boQliq.
Bunday hodisaning sababini ta’lim tizimi xodimlari ta’lim-kasb-hunar dasturlari va metodikalarining xilma-xil variantlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lganliklari bilan izohlash mumkin.
Boshqa sababi — jamiyatdagi ijtimoiy vaziyat o‘zgarib borayotganida, demokratlashtirilayotgani va insonparvarlashtirilayotganida, mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlari yo‘lidan rivojlanishga o‘tayot­ganidadir. Yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezayotgan ishlab chiqarishning talablari oshib borayotgani ham yangiliklarni o‘zlashtirishni taqozo qilmoqda. Bugungi kunda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mamlakatimiz ta’lim tizimini dunyo ta’lim tizimi bilan muvofiq holga keltirish yo‘llaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Raqobatbardosh malakali kadrlarning eng muhim sifatlari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
— o‘quvdagi o‘zlashtirishning yuqori darajasi va o‘zini o‘zi rivojlantirishga qodirligi;
— mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida tegishli ta’lim muassasasida olingan malakani tasdiqlash;
— ishlab chiqarishda yuqori darajadagi ijtimoiy faollik va mehnat unumdorligi;
— ishlab chiqarishda intizomlilik, mas’uliyat, ixtirochilik, ijodkorlik;
— o‘quv fanlari bo‘yicha olimpiadalar hamda tanlangan kasb mahorati tanlovlarida qatnashish va g‘olib chiqish;
— ta’limni davom ettirishga ehtiyoj.
Ta’lim muassasasining aynan shunday xislatlarga ega bo‘lgan bitiruvchisi qo‘yilgan talablarga muvofiq mahsulot tayyorlashi yoki xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlari, har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish uchun, rivojlanish yo‘lidan borishi kerak. Aksariyat amaliyotchi xodimlar buni anglab yetgan holda, eskicha yondashuvlarni takomillashtirishni emas, balki ta’lim tizimini innovatsion strategiya ruhida rivojlantirishni tan olmoqdalar. Yosh avlod ta’­lim-ta’limsidagi innovatsion harakat jamiyatdagi real o‘zgarishlarni va shaxs ehtiyojini hisobga olishga yo‘naltirilgan.
Innovatsion ta’lim strategiyasi ta’lim sifatini boshqarishda alohida boshqaruvchilik yondashuvini taqozo etadi. Quyidagilar bunday boshqaruvning asosiy ob’ektlari hisoblanadi:
— pedagog mutaxassis, fuqaro shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda professional tashkilotchi hamda yordamchi sifatida;
— ta’limning mazmuniy negizi;
— pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi va boshqalar.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda hamda ta’lim va ta’lim amaliyotida «innovatsiya» so‘zi qanday tushuniladi?
Mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar ushbu hodisani o‘rganishga bag‘ishlangan. Masalan, ayrim mualliflar «yangiliklar yaratish, ularning pedagoglar tomonidan o‘zlashtirilishi va ta’lim amaliyotida foydalanilishi jarayonlari»ni (N. Yusufbekov) innovatsion jarayonlar deb hisoblashni taklif qilmoqdalar. Ular innovatsiyani, jamiyat madaniy o‘zgarishlarining negizi sifatida ko‘rib chiqmoqdalar-ki, bu bizningcha, juda qimmatlidir.
Boshqalar esa «pedagogik tizimning tartibga solinmaydigan erkin maydonida rivojlanish istiqboliga oid ehtiyojga ta’sirchanligi asosida vujudga kelgan yangiliklar uning mikroevolyusiyalar fondini tashkil etadi», deb hisoblamoqdalar (V. N. Vinogradov).
Uchinchi toifa mualliflar yangilikni ancha murakkab xususiyat, deb hisoblaydilar. Uni o‘rganish uchun abstrakt xususiyatlarga nazariyasini jalb etish tavsiya qilinadi-ki, bu nazariya ko‘plab tavsifli xususiyatlarni ular shkalasining koordinata o‘lchovlari sifatida ko‘rib chiqadi (M. S. Burgin).
Ayrim olimlar yangi maqsadlarni, metodlarni, metodikani, das­turlarni, vositalarni, mazmunni, faoliyatni tashkil etish shakllarini, boshqaruv turlarini va boshqalarni yangilik sifatida tal­qin qilmoqdalar.
«Yangilanish — yangi hodisa, yangi odat, yangi metod, ixtiro», — degan ta’rif ham mavjud (Yu. Krasovskiy).
«Maktabni rivojlantirish — innovatsion jarayon» nomli kitob mualliflari ta’kidlab o‘tganlaridek: «Pedagogik innovatika — ta’lim muassasasini rivojlantirishning yangi ta’lim amaliyotini yaratish bilan bog‘liq jarayonlarini o‘rganadigan fan sohasi. Bu jarayonlar innovatsion jarayonlar deb nomlanadi» (S. G. Xomeriki, M. M. Potashnik, A. V. Lorensov). Bunday aniqlik ta’lim tizimi xodimlariga muayyan foyda keltirishi mumkin.
Shunday qilib, ta’limda innovatsiyalar yangi jarayonlar, konsepsiyalar, ta’lim texnologiyalarini yaratish va o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi va h. k.
Ammo, amaliyot ko‘rsatishicha, innovatsion faoliyat ta’lim tizimining hamma xodimlari tomonidan ham to‘g‘ri tushunilavermaydi va samarali amalga oshirilavermaydi. P. Shedroviskiy ta’kidlab o‘tganidek, «innovatsiyalikni bugungi kunda mavjud bo‘lgan bironta ham funksiyasini innovatsiyaning takrorlash, chiqish deb nomlash mumkin bo‘lgan narsani ta’minlay olmaydi. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ayrim innovatsiya emas, balki umuman innovatsion harakat ko‘rib chiqish va tahlil qilishning boshlang‘ich parametri bo‘lishi kerak». U «pedagogik yoki ta’lim innovatsiyalarini» emas, balki «innovatsion strategiyani», «faoliyatni innovatsion tashkil etish»ni aniqroq deb hisoblashni ko‘zda tutadi. Biz innovatsiyani bunday talqin qilish tadqiqotchilarga bu jarayonni kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi, deb hisoblaymiz.
Innovatsiyalarning o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat?
«Yangilik kiritishning mohiyatini innovatsion faoliyat, ya’ni yangi natijalarga, ularni olish vositalari va usullariga erishish, an’anaviy faoliyatning eskirgan tarkibiy qismlarini bartaraf etish bo‘yicha faoliyat tashkil etadi», — deb ta’kidlaydi D. M. Gvishiani. Olim innovatsion faoliyatning radikal va takomillashtiriluvchi turlari o‘rtasidagi ziddiyatli xususiyatiga e’tiborni qaratadi. Takomillashtirish mavjud tashkiliy tuzilmalarga zid emasligi va ularga maqbul moslashishi amaliyotdan ma’lum. Tub yangiliklar esa ularni parchalaydi, shuning uchun keskin qarshilikka uchraydi. Ta’lim sifatini boshqarish jarayoni tashkilotchilari innovatsiyalarning bunday muhim xususiyatini doimo e’tiborda tutishlari kerak.
Yangilik kiritish jarayonining muhim xususiyatini ta’kidlab o‘tamiz — innovatsiya ushbu ta’lim muassasasi dolzarb vazifalarni samarali hal qilishga ko‘maklashishi kerak. Afsuski, aksariyat ta’lim xodimlari amalda bunga yetarli e’tibor bermaydilar, natijada yangiliklarning o‘zlashtirilishi rasmiyatchilikka aylanadi.
M. M. Potashnik innovatsiyalarning boshqa muhim xususiyati —yangiliklar ta’lim muassasasini rivojlantirish vazifasini hal qilish imkonini berishi deb hisoblaydi. Boshqacha aytganda, innovatsiyalar «moda» uchun va «qizg‘in» tadqiqotchilik faoliyati olib borilayotganini ko‘rsatish uchun emas, balki o‘quvchilar foydasini ko‘zlab kiritiladi.
Boshqaruv xodimlari va pedagoglar muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘lgandagina yangiliklarni samarali o‘zlashtirish mumkinligini anglab yetishlari juda muhim. Bunga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
— ta’lim jarayoni qatnashchilarining faol ishchanligi bosqichma-bosqich shakllantirilishiga rioya etish;
— ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari tomonidan o‘zlashtirish maqsadlarining chuqur anglab yetilishi va qabul qilinishi hamda kelgusi faoliyat vazifalari aniq tushunib olinishi;
— bunda ushbu vazifalarning shaxsiy maqsadlarga zid bo‘lgan qismining har doim yuzaga keladigan qarshilik ko‘rsatish omilini hisobga olish;
— fikr almashish aniq va xolis axborot ayirboshlash;
— amaliy qarorlarni jamoa bo‘lib ishlab chiqish va qabul qilish.
Pedagogik kadrlarni jiddiy qayta tayyorlamasdan, ta’lim muassasasini tegishli moddiy-texnika bazasi, moliyaviy, o‘quv-dasturiy ta’minlamasdan turib innovatsion faoliyatni samarali tashkil etib bo‘lmaydi.
Yangiliklarni o‘zlashtirish jarayoni rahbariyat tomonidan majburlash chorasi bilan emas, balki xodimlarga harakat qilishda mus­taqil va erkin ish olib borish imkoniyatini berish bilan kechadi. Pedagoglar jamoasining ishiga aniqlik olib kirish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar va mezonlarning ob’ektiv ro‘yxatini oldindan ishlab chiqish, ularga bebaho yordam berishi mumkin.
Pedagogik tadqiqotlarda innovatsiyalar yangiligini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Kiritilayotgan yangiliklar alomatlarining variantlaridan birini keltiramiz (P. Shedroviskiy):
— boshqacha ko‘rinishda ma’lum bo‘lgan tuzilish (birinchi daraja);
— ma’lum narsani uncha muhim bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan takrorlash (ikkinchi daraja);
— ma’lum narsani aniqlash, konkretlashtirish (uchinchi daraja);
— ma’lum narsani muhim elementlar bilan to‘ldirish (to‘rtinchi daraja);
— sifat jihatidan yangi ob’ektni tashkil etish (beshinchi daraja).
Ta’lim muassasasida uni tizimli tashkil etish yangiliklarni o‘zlashtirishning yana bir o‘ziga xos xususiyatidir. Bunda quyidagilar muhim tarkibiy qismlar hisoblanadi:
— ta’lim muassasasining vazifasi, uning yangi maqsadlari va vazifalari;
— boshqaruv xodimlari va pedagoglar shaxsi, ularning o‘zlariga va ta’lim oluvchilarga nisbatan nuqtai nazari;
— o‘quvchi shaxsi;
— o‘quvchilar o‘zlashtirayotgan bilimlar funksiyasi, tuzilmasi;
— ta’lim texnologiyasi va vositalari;
— tashkiliy tuzilma, pedagogik mehnat madaniyati va boshqalar.
Yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish jarayonini har qanday ta’lim muassasasini rivojlantirish yo‘li sifatida ko‘rib chiqqan holda kiritilayotgan yangiliklardan kutilayotgan natijalarni baholashning quyidagi asosiy mezonlarini ajratib ko‘rsatamiz:
1. Natijalar ta’lim muassasasining avvalgi yoki ushbu yo‘nalishdagi ta’lim tashkilotlari uchun xos bo‘lgan natijalardan yuqori, shuningdek maqbul bo‘lishi kerak.
2. Rejalashtirilgan natijalarni olishga sarflanadigan vaqt namunaviy yoxud me’yoriy sarflanadiganiga nisbatan kamroq yoki ularga teng bo‘lishi kerak.
Yangilik darajasini aniqlash uchun barchaga ma’lum algoritmlardan foydalaniladi. Masalan, quyidagicha yondashuv mavjud:
1. Baholanayotgan ob’ektning muhim ko‘rsatkichlari, alomatlari, mezonlari ajratib olinadi.
2. Qiyoslash uchun unga o‘xshashlari, uning prototiplari tanlab olinadi.
3. Baholanayotgan ob’ekt tanlab olingan o‘xshash ob’ektlar bilan qiyoslanadi va mezonlarga muvofiq yangilik o‘lchovi ham miqdoriy, ham sifat jihatidan belgilanadi.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida ta’limni boshqarish sifatini yangilik hamda boshqaruv faoliyatining yangi yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqamiz.
Yangiliklarning keltirilgan tasnifiga muvofiq ta’lim sifatini boshqarishni biz to‘rtinchi darajaga, ya’ni ta’lim tizimidagi boshqaruv faoliyatining mavjud nazariyasi va amaliyotini muhim elementlar bilan to‘ldirishga kiritamiz.
Keltirilgan ushbu ta’rif mazmunan tegishlicha to‘ldirilishi va tuzilmalarga ajratilishi lozim, deb hisoblaymiz. Biz ishlab chiqqan tuzilmadagi ushbu qo‘shimchalarning mohiyati quyidagilardan iborat.
Birinchi. Ta’lim sifatini boshqarish maqsadi nafaqat jamoa faoliyati natijalarini barqaror holatda saqlashdan, balki ta’lim muassasasini faoliyat (rivojlanish)ning bundan ham yuqoriroq darajasiga o‘tkazish orqali talab qilinayotgan ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat.
Ikkinchi. Natijalar sifati bitiruvchilarning ijtimoiy va ta’lim-kasb-hunar bobidagi harakatchanligi darajasi bilan ifodalanadi, ya’ni bunda gap ta’lim muassasasi rahbarlarining mavjud malaka tavsiflarini mutaxassisning kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar bilan to‘ldirilishiga yo‘naltirish haqida bormoqda.
Boshqa loyihada ham shunday g‘oya mavjud. Innovatsiyaning eng muhim formulalaridan biri quyidagi qoidadan iborat: «Ta’lim sifati — shunchaki bilimlar hajmi va ko‘nikmalar tarkibi emas, balki zamonaviy mutaxassisning asosiy modelini tashkil etuvchi faoliyatning muayyan turlariga shaylik demakdir».
Ta’lim sifati o‘quvchilarni bilimga boyitish va ularning ongida statistik tuzilmasini shakllantirish bilan emas, balki ijtimoiy va kasbiy faoliyatda ular hayotini organik dinamika bilan ta’minlash orqali tavsiflanadi. Bilimlardan konkret muammolarni hal qilishda foydalanish, bilimlarni doimiy ravishda to‘ldirib borish bo‘yicha rivojlangan qobiliyat va intellektual rivojlanishning amaldagi rag‘batlari zarur (I. G. Leonov).
Uchinchi. Ta’lim sifatini boshqarishda ta’lim muassasasi rahbarlarining asosiy e’tibori pedagoglar va o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish funksiyalarini kuchaytirishga emas, balki kamchiliklar paydo bo‘lishining oldini olish hamda ularning vujudga kelish manbalari va sabablarini tahlil qilishga qaratiladi. Bularning hammasi boshqaruv kadrlaridan ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning metod va usullarini egallash, nazariy qoidalarni amaliyotda qo‘llash mahoratini talab qiladi. Boshqacha aytganda, ular boshqaruvda xilma-xil — intuitiv, empirik, tajriba, formal va ilmiy mantiqiy yondashuvlardan foydalanishlari darkor (M. M. Potashnik).
To‘rtinchi. Ta’lim sifatini boshqarish ushbu jarayonga ta’lim jarayonining barcha qatnashchilarini kiritishni ko‘zda tutadi. Faqat sharti shuki, tashkiliy tuzilma pedagogik jarayon qatnashchilari o‘rtasidagi qat’iy «vertikal» aloqalardan «vertikal» bilan «gorizontal» aloqalarni bir-biriga uyg‘un holda qovushtirishga o‘tsagina shunday bo‘ladi.
Beshinchi. Ta’lim sifatini boshqarish tizimli metodlardan foydalanishni ko‘zda tutadi, bunda boshqaruv ob’ekti boshqacha xususiyatga ega bo‘ladi: ... ta’limni innovatsion tashkil etishda faoliyatning ikki (ta’lim beruvchi bilan o‘quv-bilish) turi emas, balki yaxlit holdagi o‘quv-kasbiy vaziyat boshqaruv birligi hisoblanadi (I. Bogachek).
Bir guruh olimlar (O. G. Xomeiki, M. M. Potashnik, A. V. Lorensev) taklif qilgan metoddan foydalangan holda ta’lim sifatini boshqarish jarayonining tasnifini ko‘rib chiqamiz.
1. Innovatsiyalar ko‘lamliligiga qarab belgilanadi. Bunda ta’lim sifatini kollej ichki yoki maktab ichki doirasida boshqarish butun ta’lim muassasasini qamrab oladigan tizimli yangilik hisoblanadi.
2. Yangiliklarni o‘zlashtirish jarayoni salohiyat darajasiga qarab belgilanadi. Ta’lim muassasasi doirasidagi ichki boshqaruv innovatsiyaning kombinatorli tipidan iborat, ya’ni ilgari ma’lum bo‘lmagan elementlarning tashkiliy tuzilmaning yangi modeli asosida yangicha konstruktiv qo‘shilishi hamda ilgari bunday qo‘shib foydalanilmagan prinsiplarning amalga oshirilishi sodir bo‘ladi.
3. Yangilikning o‘z o‘tmishdoshiga munosabati ularning quyidagi toifasini tavsiflaydi. Ta’lim muassasasi darajasida sifatni boshqarishga nisbatan olganda aytish mumkinki, u boshqaruv faoliyatining shu paytgacha amal qilib kelgan mohiyatini o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Bu jarayon ikki bosqichdan iborat:
— birinchisi — bitiruvchilarni tayyorlash darajasiga qo‘yiladigan nominal, normativ talablarning bajarilishiga qat’iy va to‘liq yo‘naltirish mavjud bo‘lgan sharoitda ta’lim muassasasining faoliyati sifatini boshqarish. Boshqaruv nazariyasida bunday yondashuv konservativ yondashuv hisoblanadi (N. A. Selezneva);
— ikkinchi bosqich — rivojlanish sifatini boshqarish. Bunda o‘zgartiruvchi-ijodiy, tadqiqot xususiyatiga ega faoliyatni amalga oshirish, yangiliklarni o‘zlashtirish, o‘z ilg‘or pedagogik texnologiyalarini yaratish ko‘zda tutiladi.
Ta’lim muassasasi barcha xodimlarining birgalikda harakat ishi bir-biriga muvofiq bo‘lishiga erishish va tashkiliy madaniyat bunday boshqaruv samaradorligining zarur sharti bo‘lib qolishi kerak.
Innovatsion jarayon bo‘lgan ta’lim sifatini boshqarish quyidagi belgilarga ega:
Birinchi belgi. Faoliyatning yangi usuli mavjudligi.
Ta’lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan, kvalimetriya asoslarini, ya’ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo‘llash orqali ta’lim sifatining boshlan­g‘ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv faoliyatining baholash ob’ekti to‘g‘risida qadriyat borasidagi mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan funk­siyasining alohida tipiga kiritiladi.
Ta’lim sifatini o‘lchash sifat o‘lchovini belgilash va uning qiymatini maxsus algoritmlar yordamida olishni ko‘zda tutadi.
Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini qo‘llash orqali ta’minlanadi. Bu baholanayotgan ob’ektning sifat ko‘rsatkichlari qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog‘liqdir. Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois boshqaruv tarkibi ta’lim sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo‘llay bilishi kerak.



Download 199,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 199,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim sifatini boshqarishning xususiyatlari

Download 199,5 Kb.