|
Kafedrasi 5111800-maktabgacha ta’lim yo’nalishi
|
bet | 1/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 199,5 Kb. | | #249816 |
Bog'liq bowqarish yangi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SHAROV RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
“MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM” kafedrasi
5111800-maktabgacha ta’lim yo’nalishi
3-KURS 301 guruh talabasi Rasulova ning
“MAKTABGACHA TA’LIMDA O’QITISH TEXNOLOGIYASI VA LOHIYALASHTIRISH” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Boshqarishda inovatsion yondashuv
Ilmiy rahbar:
Kursh ishi Maktabgacha ta’lim kafedrasi 2023 yil himoya qilindi va
foizga baholandi
Komissiya raisi:
A’zolar:
Mavzu: Boshqarishda inovatsion yondashuv
Reja:
Kirish
I BOB Maktabgacha ta’limda boshqaruv tizimi
1.1. Ta’lim sifatini boshqarish davlat tizimi.
1.2. Ta’limni boshqarish va bilimdonlik.
II BOB Ta’limni boshqarishda inovatsion yondashuv
2.1 Ta’lim sifatini boshqarishning xususiyatlari.
2.2. Ta’lim sifatini boshqarishning innovatsion xususiyatlari.
Xulosa
Foydalaniladigan adabiyotlar.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;
2200 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi:
yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-ta’lim jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga;
bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga;
3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga;
qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga;
bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga.
Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-ta’lim ishlari tegishli dastur asosida amalga oshiriladi, mazkur dasturda bolalarni har tomonlama aqliy va ahloqiy rivojlanishi, atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi, tegishli lug‘at hajmi hamda bolalarning har bir yosh bosqichida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, u muayyan shaxs sifatlarini ta’limlashni ko‘zda tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining asosiy yo‘nalishlaridan biri nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonnida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Globallashuv sharoitida o‘ziga xos ijtimoiy institut hisoblanuvchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham ijtimoiy-pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yish muhim vazifa hisoblanadi. Binobarin, bolalarni maktabgacha ta’lim yoshidan ijtimoiy munosabatlarga moslashtirish turli salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olishda o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida;maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’lim –ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual,axloqiy,estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida etibor qaratildi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Kurs ishining dolzarbligi.Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Ayniqsa maktabgacha ta’lim sohasida tub o’zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim tarbiya olish masalasi davlat darasidagi dolzarb masalaga aylandi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari (yoshdagi-bolalar.html), “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish (ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega. (1)
|
| |