Ta’limni boshqarish va bilimdonlik




Download 199,5 Kb.
bet3/5
Sana22.05.2024
Hajmi199,5 Kb.
#249816
1   2   3   4   5
Bog'liq
bowqarish yangi

1.2. Ta’limni boshqarish va bilimdonlik.
Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga soladigan bosh-qarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir.
Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv ob’ekti talablariga muvofiqligini bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 1997 yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi. Natijada ta’lim va uni boshqarish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini kasb etdi. Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz. Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishini ham ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish mumkin. Qonuniyat, birinchidan, boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol boshqaruvning rivojlanganligi, boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar va faoliyat turlari paydo bo‘lganligi bilan boQliqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z ifodasini topadigan boshqaruv sub’ektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi. Agar umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy qonuniyatlar boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir. Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi, boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi, boshqaruv funksiyalarining jamlanishi va nazoratning keng tarqalish qonuniyati kabilar. Ta’limni boshqarish funksiyalarining o‘zgarish qonuniyatlari boshqaruvning turli ierarxik darajalarida bir funksiyaning yuksalishi, boshqasining pasayishini bildiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi darajasida asosan ta’lim mazmunini qamrab olgan strategik vazifalar (o‘quv rejalari, dasturlari, davlat ta’lim standartlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqalar) hal qilinsa, ta’lim muassasasi darajasida ko‘proq umumiy o‘rta ta’lim maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq taktik masalalar hal etiladi.
Boshqaruv bosqichlari sonini maqbullashtirish qonuniyatlari boshqaruvning ortiqcha bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol uning moslashuvchanligi va tezkorligini kuchaytiradi. Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir boshqaruv bosqichi funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv xodimlari sonini ko‘paytirishga intiladi. Barcha mamlakatlarda byurokratik apparat soni oshib borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni yaqqol namoyish etadi. Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan boshqaruv xodimi tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va ishlarini nazorat qilish imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak. Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiy va xususiyga bo‘linadi. Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik (pog‘onalilik). Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli bosh¬qaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, xodimlar sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi. Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Bunda maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham kerak bo‘ladi.
Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalari. Ta’lim sifatini boshqarishga ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish xorijda XX asrning 20-yillarida, mamlakatimizda esa 50-yillarida boshlangan edi. Bizda bu ish uzoq vaqt mobaynida jahonda amalga oshirilayotgan ishlardan ajralgan holda olib borildi. Agar chet elda ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish usullarini izlash ishlari avval boshdanoq ijtimoiy bosh¬qaruvning umumiy nazariyasi yutuqlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, mamlakatimizda asosan pedagogika nazariyasi qoidalariga tayangan edi. Ammo 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab bu uzilish jadallik bilan bartaraf etila boshladi. Aytish mumkinki, boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini o‘rganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar hal etilishi, ularni hal etish natijasi qanday bo‘lishi lozimligi, u yoki bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi bilimlarni olishi darkor. Ushbu savollarga tayyor javob yo‘q, uni topish uchun boshqaruv o‘zi nima ekanligi haqida ayrim boshlan¬Qich tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Umumboshqaruv G‘oyalari evolyusiyasini ko‘rib chiqar ekanmiz, ko‘pincha turli boshlanQich tasavvurlarda boshqaruv nima ekanligi, uning vazifalari nimalardan iboratligi va bu vazifalarni qay yo‘sinda hal etishi lozimligi to‘g‘risidagi turli yondashuvlarga asoslanganligi ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotlarning turli predmetlari shu tariqa ajralib chiqqan. Masalan, klassik nazariya boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalarining muayyan majmuini amalga oshirish sifatida ifodalagan. Ushbu funksiyalarning amalga oshirilish sifati, eng avvalo, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tavsifi bilan bog‘angan. Shu bois, asosiy vazifa qanday tashkiliy tuzilmada boshqaruv funksiyalari samaraliroq bajarilishini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, o‘rganishning asosiy predmeti tashkiliy struktura tavsiflari bilan boshqaruv funksiyalarini amaliyotga tatbiq etish natijalari o‘rtasidagi aloqadan iborat bo‘lgan.
«Insoniy munosabatlar» nazariyasi norasmiy tuzilmani, ya’ni birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy maqsad qilib olgan va maqbul norasmiy tuzilmani yaratish uchun nima qilish lozimligini aniqlashga intilgan. Shunday qilib, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv vazifalari birmuncha anglab yetildi.
Tashkilotlar, xodimlar, jarayonlarni va h. k. boshqarishning o‘rganilishi ham turli umumboshqaruv yondashuvlari G‘oyalari asosida olib borilishi mumkin. Shu boisdan, tadqiqotlar predmeti ham turlicha bo‘ladi. Zero boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi, eng avvalo, uning predmetiga bo‘lgan qarashlarning o‘zgarishidir. Garchi turli yondashuvlarda tadqiqotlar predmetini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi, biron-bir tarzda, boshqaruvni tashkil etishdagi alohida funksiya sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bu funksiyani amalga oshirish bilan uning hayot faoliyati aniq maqsadga qaratilganligi va uyushganligi ta’minlanadi hamda boshqaruv tizimi tarkibiy qismlarining tuzilishi va o‘ziga xosligi, tashkilot faoliyatining ichki hamda tashqi shart-sharoiti va uning natijalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Umume’tirof etilgan boshqaruv tushunchasi bo‘lmagani kabi ta’lim tashkilotlari va ta’lim sifatini boshqarishning ham umumqabul qilingan tushunchasi yo‘q. Ilmiy bilim rivojlanib borgani sari bu tushuncha doimiy ravishda boyib boradi.
Boshqaruv boshqariladigan ob’ektdagi jarayonlarning aniq maqsadga qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Bosh¬qaruv o‘zining bu vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (raqbatlantirish); jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakl¬lantirish (norasmiy tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi.



Download 199,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 199,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limni boshqarish va bilimdonlik

Download 199,5 Kb.