• Tayanch so`z va iboralar : bog`lanishli nutq, mashq turlari,matn turlari,og`zaki hikoya, yozma bayon,namunaviy matn,qayta hikoyalash, bayonning turlari.
  • Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua




    Download 435,6 Kb.
    bet7/93
    Sana07.01.2024
    Hajmi435,6 Kb.
    #131505
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
    Bog'liq
    Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org

    7-Mavzu : Bog`lanishli nutq va uni o`stirish vazifalari. Bog`lanishli nutq haqida umumiy tushuncha. Bog`lanishli nutqdan mashq turlari. Bog`lanishli nutqqa oid aniq ko`nikmalar.
    R Е J A:
    1. Bog`lanishli nutq va uni o`stirish vazifalari. Bog`lanishli nutq haqida umumiy tushuncha.
    2. Bog`lanishli nutqdan mashq turlari.
    3. Bog`lanishli nutqqa oid aniq ko`nikmalar. Matn turlari.
    4. Bog`lanishli nutq. Og`zaki hikoya va yozma bayon.
    5. Namunaviy matnni qayta hikoyalash va bayon yozishga qo`yilgan talablar. Qayta hikoyalash va bayonning turlari.
    Tayanch so`z va iboralar : bog`lanishli nutq, mashq turlari,matn turlari,og`zaki hikoya, yozma bayon,namunaviy matn,qayta hikoyalash, bayonning turlari.
    Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga оshirishga qaratilagan, tugallangan mavzuni ifоdalaydigan, lоgik va grammatik qоidalar asоsida tuzilgan, mustaqil, tugallangan va o`zarо bоg`langan ma’nоli qismlarga bo`linadigan nutq bоg`lanishli nutq dеyiladi.
    Bоg`lanishli nutqqa оid matn turlari quyidagilar:
    1. Mavzuni tushunish, chеgarasini aniqlash ko`nikmasi


    2. Inshоni asоsiy fikrga bo`ysundirish ko`nikmasi


    3. Fikrni adabiy til mе’yoriga riоya qilgan hоlda to`g`ri ifоdalay оlish ko`nikmasi


    4. Yozilgan matnni takоmillashtirish ko`nikmasi.


    M a’lumki, nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog'liq holda o'stiriladi. Darsda o'qilgan asarni o'quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g'oyasini anglab yetishi uchun tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo'llanadi. O'qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o'qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o'quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo o'qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni so'raydi. Natijada o'qituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. O'qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o'quv-chilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealami, qatnashuvchilar tarkibini tahlil qilishni talab etadi. O'qish bilan bog'liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.


    Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo'lim boshlang'ich sinflarda alohida o'rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o'quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o'ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o'zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og'zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog'lanishli nutqini o'stirishni ham ta ’minlashi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, bog'lanishli nutq maktablarda alohida bo'lim sifatida o'rganilmaydi, u til fanining boshqa bo'limlari bilan bog'langan holda shakllantiriladi.
    Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi didaktika bilan, ya’ni ta’limning umumiy nazariyasi bilan ham bog'lanadi. Metodika didaktika belgilab bergan qonuniyatlar, qoida va tamoyillarga asoslanadi. Didaktika tamoyillariga, ya’ni o'rganiladigan materialning ilmiyligi va muvofiqligi, til va materialni o'rgatish va mustahkamlashda ko'rgazmalilik, onglilik, bilim, ko'nikma va malakaning puxtaligi, doimiy takrorlash, o'quvchilar bilish faoliyatining faolligi, mustaqillik, o'qitishni hayot bilan, bolalaming qiziqishlari bilan bog'lab olib borishga rioya qilish maktabda o'qitiladigan barcha predm etlardan, shu jum ladan, ona tilidan ham o'qish jarayonini tashkil qilishda juda
    zarurdir.
    Ona tili o'qitish tamoyillaridan birinchisi ham nutq o’stirish hisoblanadi: Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. N utq, til qonuniyatlariga, oz bo'lsa-da, e ’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Masalan, fonetik ko'nikmalarga yetarli e ’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan m ashg'ulotlarda eshituv va ko'ruv ko'rsatmaliligini ta ’minlashni va nutq organlarini m ashq qildirishni (gapirib berish, ifodali o ‘qishni, ichida gapirishni) talab etadi.
    Nutq — kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.
    Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
    Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini, bog'lanishli nutqni) faol amaliy o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, o'quvchilaming tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullami qo'llash tushuniladi22. Shuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so'z, gap, bog'lanishli nutq kabi qismlarni o'z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo'limlari „Xat-savod o'rgatish va nutq o'stirish", „O'qish va nutq o'stirish", „ Grammatika, imlo va nutq o'stirish“ deb nomlangan.
    Nutq o'stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o'rgangan til vositalaridan foydalanib, o'z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o'zlashtiradi. Buning o'zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o'zlashtiradi. Nutqni egallash-ning qator aspektlari mavjud. Bular:
    1. Adabiy til me’yorlarini o'zlashtirish. Maktab o'quvchilarini adabiy tilni sodda so'zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o'rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy, so'zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.
    2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo'lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o'qish va yozish malakalarini o'zlashtirish. Bu bilan o'quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og'zaki so'zlashuv nutqidan farqini bilib oladi.
    3. O'quvchilaming nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda o'quvchilaming nutq madaniyatiga alohida e’tibor beriladi.
    Bu vazifalarni bajarish uchun o'qituvchi o'quvchilar bilan rejali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o'quvchilar nutqini o'stirish ustida ishlash tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir.
    Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi: 1) so'z ustida ishlash; 2) so'z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog'lanishli nutq ustida ishlash.
    So'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo'lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog'lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.
    Ko'rsatilgan uch yo'nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap uchun material beradi; so'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi. O'z navbatida, bog'lanishli hikoya va insho lug'atni boyitish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
    O'quvchilar nutqini o'stirish o'z metodik vositalariga ega, o'zining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog'lanishli nutq mashqlari hisoblanadi.
    Nutq o'stirishda izchillik to'rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo'ysundirish ko'nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog'lanadi va keyingisiga o'quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo'ysungan holda yana qandaydir yangilik qo‘shadi.
    Maktabda o'quvchilar nutqini o'stirishga ona tili o'qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o'stirish faqat ona tili va o'qish darslarininggina emas, balki o'quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o'tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.
    BOG‘LANISHLI NUTQ VA UNI O'STIRISH VAZIFALARI
    Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tugallangan va o'zaro bog'langan ma’noli qismlarga bo'linadigan nutq bog'lanishli nutq deyiladi.
    Bog'lanishli nutq birligi sifatida hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o'qituvchi bergan savolga 0‘quvchilarning keng, mukammal og'zaki javobini, yozma bayon va inshoni olish mumkin.
    Boshlang'ich sinflar metodikasida bog'lanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
    1) berilgan savolga keng, mukammal javob;
    2 ) 0 ‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o'rganish;
    o'quvchilar lug'atini faollashtirish bilan bog'liq holda har xil matnli mashqlar;
    3) muntazam o'tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish;
    4) o'qilgan matnni turli variantda og'zaki qayta hikoyalash;
    5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki sujet asosida o'quvchilaming og'zaki hikoyasi;
    6 ) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, o'quvchilar saviyasiga mos matnlami yoddan yozish;
    7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
    8 ) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
    9) o'qituvchi bergan matnni og'zaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish kabilar);
    1 0) har xil turdagi yozma insho.
    Bu mashqlarning hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi.
    Bunday mashqlarni takroriy ishlatmaslik yoki asosiylarini tushirib qoldirmaslik uchun nutqiy mashqlarning aniq rejasi tuzib olinadi.
    Bog'lanishli nutqdan mashqlarning turli xil bo'lishida, avvalo, material manbaiga, tematikaga, shuningdek, janriga, til xususiyatiga, mashq turiga rioya qilindi.
    Bog'lanishli nutqqa oid asosiy ko'nikmalar
    O'quvchilar nutqini o'stirish ularga aniq ko'nikmalarni singdirish demakdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari mustaqil mashq sifatida bog'lanishli nutqni o'stirishdan quyidagi ko'nikmalarni bilib oladilar:
    1.Mavzuni tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to'liq yoritish ko'nikmasi. Masalan, „Biz uy ishlarida ota-onamizga qanday yordamlashamiz?" mavzusi berilsa, o'quvchilar aniq bajargan ishlari haqida hikoya qiladilar. Ular mavzuni yaxshi tushunishlari uchun bayon matni qayta hikoya qildiriladi, inshoda esa berilgan mavzu yuzasidan mustaqil hikoyalash mashq qilinadi.
    2. Inshoni asosiy fikrga bo‘ysundirish ko'nikmasi. Bolalar ishi ma’lum fikrni (tabiatning ajoyib tasvirini idrok etish, o'zlarining baxtli hayotidan g'ururlanish, mehnatga va mehnatkash insonlarga muhabbatni) ifodalaydi.
    3. Hikoya, insho uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga zarur bo'lgan materialniyig'ish. Bu bayonga ham taalluqli bo'lib, namunaviy matn tahlil qilinadi, mazmunini to'g'ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy mazmun ajratiladi.
    4. Materialni tartibga solish, uni tegishli izchillikda joylashtirish, matn rejasini tuzish va shu reja asosida yozish ко ‘nikmasi.
    5. Fikrni adabiy til m e’yorlariga rioya qilgan holda to'g'ri ifodalay olish ko'nikmasi. Buning uchun bayon va inshoni nutqiy shakllantirishdan oldin unga til tomondan tayyorgarlik ko'riladi.
    6. Matnni og'zaki yoki yozma tuzish, inshoni yozish, y a ’ni barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlash ко 'nikmasi.
    7. Yozilgan matnni takomillashtirish ko'nikmasi. Bu ko'nikma o'z ijodiga tanqidiy munosabatda bo'lish asosida tarbiyalanadi. O'quvchilar material tanlashda va uni joylashtirishda, so'z tanlash, so'z birikmasi va gap tuzishda o'zlari yo'l qo'ygan kamchilikni, xatoni fahmlashga o'rgatib boriladi.
    O'qituvchidan o'quvchini navbatdagi inshoga tayyorlashda shu mashqning pedagogik maqsadini, o'quvchilarni nimaga o'rgatishni, tafakkuri va nutqini qanday boyitishni, shuningdek, mashqlar izchilligida shu inshoning tutgan o'rnini aniq ko'z oldiga keltirish talab etiladi. Shuning uchun o'quvchilaming bog'lanishli nutqini o'stirishga oid mashq turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada o'quvchilar yoshiga mos bayon va inshoning barcha turlari hisobga olinishi zarur.
    Metodik an’anaga ko'ra matnli mashqlar tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo'linadi. Boshlang'ich sinflarda bular, asosan, tasvir yoki muhokama elementlari bo'lgan hikoya tarzida uchraydi.
    Har uchala janr uchun foydalaniladigan material xarakterida ham, qurilishida ham, til vositalarini tanlashda ham o'z xususiyatlari mavjud.
    Insho yoki bayonga tayyorlanayotganda o'qituvchi (yoki o'quvchi) matnning janr xususiyatlarini hisobga oladi.
    Hikoya boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos janr hisoblanadi, chunki u jo'shqin, jonli, ta’sirchan bo'ladi. „O'qish kitobi“da bunday hikoyalar ko'plab berilgan.
    Tasvirda sujet, qatnashuvchi shaxslar bo'lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet va hodisalar tasvirlanadi. O'quvchilar „O'qish kitobi“da berilgan ko'pgina tasviriy matnlarni o'qiydilar, ularni qayta hikoya qiladilar, bayon, ayrim narsa yoki hodisalami tasvirlab insho ham yozadilar. Masalan, „Bizning sinfimiz", „Bahor keldi" kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash, metaforalar ko'p bo'ladi. Tasvir o'quvchilar uchun hikoyaga nisbatan qiyin janr hisoblanadi, shuning uchun boshlang'ich sinflarda ko'proq tasvir
    elementlari bo'lgan hikoya tarzidagi bayon va insho yozdiriladi.
    Muhokama bog'lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning uchun boshlang'ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavsiya etilmaydi; o'quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina foydalanadilar. Masalan, „Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas", „Paxta — bizning milliy boyligimiz" mavzularida og'zaki hikoya tuzdirilsa yoki insho yozdirilsa, muhokama elem enti, albatta, bo'ladi.
    O'qituvchi bog'lanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni ko'zda tutadi va o'quvchilarga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini o'rgata boradi. Bunda ko'proq hikoya tarzidagi matn tuzdirishga ahamiyat beradi. Bolalaming bog'lanishli nutqni egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va muhokama elementlari kiritib boriladi.



    Download 435,6 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




    Download 435,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua

    Download 435,6 Kb.