|
-Mavzu: Bog`lanishli nutq. Og`zaki hikoya va yozma bayon
|
bet | 8/93 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 435,6 Kb. | | #131505 |
Bog'liq Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org8 -Mavzu: Bog`lanishli nutq. Og`zaki hikoya va yozma bayon.
R Е J A:
1. Bog`lanishli nutq va uni o`stirish vazifalari. Bog`lanishli nutq haqida umumiy tushuncha.
2. Bog`lanishli nutqdan mashq turlari.
3. Bog`lanishli nutqqa oid aniq ko`nikmalar..
4. Bog`lanishli nutq. Og`zaki hikoya va yozma bayon.
Tayanch so`z va iboralar : bog`lanishli nutq, mashq turlari,matn turlari,og`zaki hikoya, yozma bayon,namunaviy matn,qayta hikoyalash, bayonning turlari.
Bayon o`qib bеrilgan namunaviy matnni, matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so`ng yozma qayta hikоyalashdir.
Bayon o’qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so’ng yozma qayta hikoyalashdir. O’qish darslarida matn ustida ishlash, o’qilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida og’zaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Qayta hikoyalashning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish og’zaki qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari, boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga ko’ra bayon uchun kichik hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin murakkablashtira boriladi: avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi matn tanlansa, unga yana lavhalar, tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari ham qo’shiladi; keyinroq shaxsini o’zgartirib bayon yozishga o’tiladi. Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi.
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga ko’ra, 2-sinfda katta bo’lmagan (30-40 so’zli) matn yuzasidan o’qituvchi yordamida so’roqlar asosida bayon yozish, 3-sinfda 40 - 60 so’zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo’lib tuzilgan 3-5 ta reja asosida bayon yozish, 4 - sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70-90 so’zli) bayon yozish ko’zda tutiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy nutqni to’g’ri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.
Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayotini, ona tabiat tasvirini, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan yuksak g’oyali matn tanlanishi, bayon mavzusi o’quvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur.
Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan namunani tushunmasdan yodlamasligi, namuna leksikasidan, nutq oborotlaridan, sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur.
Til vositalari matnni o’qish, suhbat, matn tahlili davomida o’zlashtiriladi; matndagi so’zlar va nutq oborotlari bolalarning «o’ziniki» bo’lib qoladi. Qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga harakat qiladi, o’zlashtirgan mazmunni to’liqroq, aniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan o’quvchining mustaqillik darajasi va bilish faolligi o’sadi, ijodiy elementlar qo’shila boradi.
Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bog’liqlik saqlanishi, asosiy faktlar berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim o’rinlar to’liq bayon qilinishi zarur.
Vaqti-vaqti bilan ilgari eshitilgan, o’qituvchi o’qib bergan yoki radio, televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, o’quvchi bir marta ovoz bilan yoki ichda o’qigandan so’ng qayta hikoyalatishdan foydalanishni tajribada qo’llab turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini yaratadi va uni jonlantiradi.
Ko’pincha qayta hikoyalashga maxsus tayyorgarlik ko’riladi, bunda quyidagilarga rioya qilinadi:
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida o’quvchilar ogohlantiriladi: to’liq, detallari bilan, tilning tasviriy vositalaridan foydalanib matnga yaqin qayta hikoyalash; tanlab (masalan, bir qatnashuvchi shaxsga tegishli o’rinlarinigina) qayta hikoyalash, qisqartib qayta hikoyalash.
2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma-xil ishlar, qayta hikoyalashda zarur bo’lgan so’z, nutq oborotlari va gaplarni ajratish va aniqlash.
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali o’qishni puxtalash.
|
| |