Kafedrasi yuldasheva aziza isamiddinovna




Download 390.84 Kb.
bet6/17
Sana10.05.2022
Hajmi390.84 Kb.
#20625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ozbekiston sugurta bozorini davlat tomonidan tartibga va takomillashtirish muammolari Yuldasheva BMI uz aeed3-converted
Topshirdi Qabul qildi, a maruza
Birinchi (asosiy) direktiva shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan sug‘urtaga mansubdir (73/239/EEC va 79/267/EEC). Qolgan barcha direktivalar shunga asoslanadi. Bu xujjat yevropa ittifoqiga azo barcha davlatlar uchun tavsiya etiluvchi qoidalar guruhini nazarda tutadi. Ya’ni:

  1. To‘lov qobiliyati va sug‘urtalovchining zahira fondi bo‘yicha moliyaviy kafolotlarning umumiy qoidalari;

  2. Sug‘urta klasslarining umumiy guruhlanishi.

Sug‘urta mahsuloti unifikatsiyasini ta’minlaydi. Sug‘urtaning barcha klasslari bo‘yicha sug‘urtani tartibga solish va nazorat qilish amal qiladi, klasslarni taqsimlash qabul qilinayotgan risklarning tabiatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

  1. Litsenziyalashning umumiy qoidalari.

  2. Milliy sug‘urta nazoratchilarining sug‘urta faoliyatini tartibga solishdagi majburiyatlarini belgilovchi qoidalar. Bu qoidalar javobgarlikni ikki guruh davlatlar-sug‘urta mahsulotlari ishlab chiquvchi hamda ularni harakatlantiruvchi davlatlar o‘rtasida o‘zaro taqsimlaydi.

Ikkinchi direktiva shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan sug‘urta turlari bo‘yicha Yevropa ittifoqi azosi bo‘lgan boshqa davlatlar hududida sug‘urta mahsulotlarining erkin harakatini taminlashni ko‘zda tutadi. Ushbu direktiva katta risklar harakatini nazorat qilish zarurligini ko‘rsatib turibdi, bu nazoratni sug‘urta xizmatlarini harakatlantiruvchi davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Uchinchi direktiva shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan sug‘urta turlari bo‘yicha quyidagi qoidalarni nazarda tutadi.

  1. Sug‘urta portfeli va alohida sug‘urta risklarini uzatish, yoyish to‘g‘risidagi qoidalar.

  2. Umumiy litsenziya to‘g‘risidagi qoidalar.

Yevropa ittifoqiga azo bo‘lgan bir davlat bergan litsenziya, ittifoq azo bo‘lgan boshqa barcha davlatlarda amalqiladi.

  1. Tartibga soluvchi organlar (nazoratchilar) tomonidan polis qoidalarini oldindan va sistematik kelishuvi, tarif va matimatik asoslar bo‘yicha kichik vasiyliklarni cheklovchi qoidalar.

  2. Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash tamoiliga amal qilish haqidagi qoidalar.

  3. Texnik rezervlar koordinatsiyasi haqidagi qoidalar.

  4. Shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urtalanuvxhilarga taqdim etiladigan ma’lumotlarning tarkibi va sifati haqidagi qoidalar.

Yevropa ittifoqining sug‘urta bo‘yicha direktivalarida asosiy etibor sug‘urta nazoratiga qaratiladi. Sug‘urta faoliyatini nazorat qilivchi organlarga qo‘yiladigan minimal talablar:
Sug‘urta kompaniyalari moliyaviy faoliyatlar ustidan nazoratni amalga oshirish va birinchi o‘rinda sug‘urta tashkilotlarining to‘lov qobiliyati va aktivlarini joylashtirlishini nazorat qilishdir;
Sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha ishonchli boshqaruv va hisob protseduralarini, hamda bir biriga o‘xshash turdagi sug‘urta kompaniyalarida ichki nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish.20
Yuqorida ko‘rdikki, nazoratning markazlashgan shakli o‘ziga hos bo‘lib, belgilangan tartib va qidalarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Dunyoda shunday tashkilotlar mavjudki, o‘z sohalari bo‘yicha xalqaro meyoriy standartlar va nizomlar ishlab chiqishadi. Ushbu qoidalarning barchasidan tashkilotga a’zo davlatlarning milli bozorlarida asos sifatida foydalaniladi. Sug‘urta sohasi ham ana shunday faoliyat turlaridan biri bo‘lib, soha faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro meyyorlar ishlab chiquvchi tashkilotiga egadir.



20 Т.А.Федорова, «Основы страховой деятельности», Москва, БЕК – 2002 г. с.159-163
Sug‘urta sohasini tartibga soluvchi tashkilotlar uchun maxsus yo‘riqnomalar, talab va tartiblar, standartlar ishlab chiqaruvchi xalqaro tashkilot Xalqaro sug‘urta nazoratchilari assotsatsiyasidir.
Xalqaro sug‘urta nazoratchilari assotsatsiyasi (International Association of Insursnce Supervisors - IAIS) sug‘urta faoliyatini milliy nazorat qiluvchi va qariyb dunyoning barcha mamlakatlarida uni tartibga soluvchi organlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilot, 1994-yilda tashkil topgan bo’lib, hozirda 140 ta mamlakatdan 190 dan ortiq a’zolar va 120 dan ortiq kuzatuvchilari mavjud. Shab kvartirasi Shveytsariyaning Bazel shahrida joylashgan.
Xalqaro institutlar qatorida IAIS ning kuzatuvchilari bo‘lib, Osiyo taraqqiyot banki, Aktuariylar xalqaro assatsiatsiyasi, Xalqaro kooperativ va o‘zaro sug‘urta assotsiatsiyasi, Xalqaro sug‘urta fondi, Jeneva assotsiatsiyasi, Xalqaro sug‘urta vositachilari assotsiatsiyalari hisoblanadi.
IAIS sug‘urta nazoratchilari Assotsiatsiyasi bo‘lishiga qaramay, sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta jamiyatining boshqa azolari ham kuzatuvchilar bo‘lib ishtirok etishlari mumkin. Assotsatsiyaning asosiy maqsadi – sug‘urta bozorini nazorat qilish chora-tadbirlarini milliy va xalqaro darajada rivojlantirish va takomillashtirishdir.
Assotsiatsiyaga azolik, sug‘urta bozorini tartibga solish va sug‘urta xizmatlari istemolchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eng ilg‘or jahon tajribalaridan foydalanish imkonini beruvchi IAIS ga azo davlatlar sug‘urta qonunchiligiga yo‘l ochadi. Bundan tashqari, azolik milliy sug‘urta qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish va muvofiqlashtirish imkonini beradi.
IAIS xalqaro sug‘urta huquqini o‘z ichiga olgan sug‘urta huquqi sohasida qonun ijodkorligi bo‘yicha faol ish olib boradi; “yumshoq qonun” deb ataladigan tavsiyalar ishlab chiqadi; sug‘urta nazoratchilari vazifalarini amalga oshirish yoki standartlar ishlab chiqishga asos bo‘ladigan sug‘urta sohasi tamoyillari, standartlari va qo‘llanmalarini belgilaydi.
Xalqaro sug‘urta nazoratchilari assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan nizom va standartlar:

    • Sug’urtalovchilar va qaytasug’urtalovchilar to’lovga layoqatliligi to‘g‘risidagi nizom;

    • Sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida nizom;

    • Sug‘urtalovchilar (sug‘urta brokerlari) ga tavsiya etilayotgan raxbar va bosh buxgalteriga belgilangan malaka talablari to‘g‘risidagi nizom;

    • Aktuar xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidaginizom;

    • Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgandaromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi tadbirlarni ichki nazorat qilish to‘risidagi qoidalarni;

    • Sug‘urtalovchilar va qaytasug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati to‘g‘risida nizom va shu kabilar.

IAIS doirasidagi sug‘urta nazorati organlari biri birlari bilan birinchi navbatda bir nechta davlatda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalari ishidan xabardor bo‘lish maqsadida faol o‘zaro aloqani ushlab turishadi.

Download 390.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 390.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafedrasi yuldasheva aziza isamiddinovna

Download 390.84 Kb.