Sug‘urta bozorida davlat nazoratining xorij tajribasi. Sug‘urta nazoratchilari xalqaro assotsatsiyasi




Download 390.84 Kb.
bet5/17
Sana10.05.2022
Hajmi390.84 Kb.
#20625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ozbekiston sugurta bozorini davlat tomonidan tartibga va takomillashtirish muammolari Yuldasheva BMI uz aeed3-converted
Topshirdi Qabul qildi, a maruza

Sug‘urta bozorida davlat nazoratining xorij tajribasi. Sug‘urta nazoratchilari xalqaro assotsatsiyasi


Bizga ma’lumki, sug‘urta munosabatlarining vujudga kelishi uzoq tarixga borib taqaladi. Sug‘urta bilan bog‘liq barcha tartib va qoidalar, talablar uzoq yillar mobaynida rivojlanib kelmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish boshlangandan buyon iqtisodiyotning barcha sohalari jadal rivojlana boshlandi, shu jumladan sug‘urta faoliyati ham. Yuqorida aytib o‘tilganidek sug‘urta



14 Статья - “Зарубежный опыт налогообложения страховой деятельности и возможность его применения в отечественной практике” - «Российское предпринимательство», № 8 Вып. 2 (190) за 2011 год, cтр. 143-
148.
15 С.А.Чудинов – «Налогообложения страховой деятельности в ведущих странах ЕС» - «Страховое дело»,
- 2010 год, №5, cтр. 52-64.
faoliyati rivojlanib o‘z doirasini kengaytirishi mamlakatning ham iqtisodiy ham ijtimoiy hayotining ajralmas bo‘g‘iniga aylanib boradi. Bunday vaziyatda sug‘urta bozorining doimiy rivojlanishi, undagi munosabatlarni qonun doirasida amalga oshirilishi, sof raqobat asosida aholiga sifatli va maqbul xizmatlar ko‘rsatilishi muhum ahamiyat kasb etadi, bu esa faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilib borilishini ta’minlaydi.
“Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug‘urta bozori davlatning vakolatli idoralari tomonidan tartibga solib boriladi.
Masalan, Buyuk Britaniyada sug‘urta ishi Savdo va sanoat departamenti, Yaponiyada Moliya vazirligining sug‘urta bo‘limi, AQSH da esa maxsus sug‘urta komissariyatlari nazorat qilib boradi”.16
Xar bir mamlakatda sug‘urta faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish eng avvalo mamlakat qonunchiligiga va xalqaro standartlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
“Sug‘urta bozorining strukturasidan kelib chiqib sug‘urta faoliyatini davlat tononidan tartibga solishning asosiy uch turi amal qiladi: tartibga solishning liberal tizimi, bozor mexanizmlarini cheklash, sug‘urtani davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning jahon sug‘urta bozorlarida mavjud bo‘lgan, ushbu alohida keltirilgan tulari bo‘yicha aniqroq ma’lumot bersak.
Yuqorida alohida belgilangan, birinchi tur bo‘lgan tartibga solishning liberal tizimiga, raqobatdosh sug‘urta bozorini tashkil etishga intilish va uning faoliyat yuritishida minimal ravishda aralashish hususiyati xosdir. Tartibga solishning bu turi, sug‘urta kompaniyalari to‘lov qobiliyatini nazorat qilish bilan chegaralanadi. Uni yana ex-post tartibga solish deb ham atash mumkin. Sug‘urta bozori faoliyat yuritayotganda davlat aralashuvi faqatgina kutilgan natijaga erishishdan chetlanilganda amalga oshiriladi. Tartibga solishning

16 X.M.Shennayev “O‘zbekiston sug‘urta bozori”- Toshkent – “Iqtisod-Moliya”. 2013 y. 130 s.
bunday turi yevropaning bir qancha davlatlarida (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Gollandiya), AQSHning bir nechta shtatlarida va Chilida mavjud. Sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimining ikkinchi tipi bozor mexanizmlarini sezilarli darajada cheklaydi hamda shaxsiy sug‘urta kompaniyalarini qisman yoki to‘liq raqobatdan himoyalaydi. Tartibga solishning bu turidan foydalanish mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida bozor holatini belgilovchi qoidalarni kiritish orqali ex-ante instrumentlarini ko‘proq ishlatishga undaydi. Tartibga solishning bunday turi Yaponiya, Janubiy Koreya, yevropaning ayrim davlatlari (Shveytsariya) va rivojlanayotgan mamlakatlarda amal qiladi. Uchinchi tipga, bozor mexanizmlarining qo‘llanilishiga imkon bermaydigan, iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarda sug‘urta sohasini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi va tartibga solinishi asos bo‘lib xizmat qiladigan bozorlarlar kiradi. Hozirgi vaqatda Xitoy va Hindistonda haliham tartibga solishning uchinchi turidan foydalanib kelinmoqda.”17
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish milliy sug‘urta bozori tizimining shakillanishiga bevosita tasir ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan tartibga solishning alohida turlarining birinchisini qollash raqobatdosh sug‘urta bozorini shakllantirilish natijasini bersa, ikkinchisi esa oligopoliyaga o‘xshash sug‘urta bozorini vujudga keltiradi, tartibga solishning uchinchi turi sug‘urta sohasida davlat monopoliyasini vujudga keltiradi.
Tartibga solishning har bir turi malum shartlarda maqbul hisoblanib, o‘zlarining afzalliklari va kamchilikariga ega.
Albatta, shu o‘rinda rivojlanayotgan davlatlarda sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga solish usuli va shartlari haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Bunday davlatlar qatoriga Belorusiya Respublikasini misol qilish mumkin. Sobiq sovet tizimining tugashi va uning tarkibiga kirgan davlatlar o‘z mustaqilligiga erishishi bozor munosabatlarining rivojlaishiga turtki bo‘ldi. Belorus Respublikasi iqtisodiyotning yangi bosqichiga o‘tish jarayonida iqtisodiyotda



17 Н.П.Кузнецова, И.С.Меркуревна, «Международный опытрегулирования страховой деятельности», Вестник СПбГУ. Сер 5. 2006 г. Выпуск 1.
ishlab chiqarishning uzliksizligini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash bankrotlik holatini oldini olish maqsadida sug‘urta sohasi rivojlantirishga katta etibor qaratdi. Sug‘urta iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o‘ta muhim sohaligi inobatga olinib unda davlat nazoratini amalga oshirish lozimli sababli, “1991 yil oktabr oyida sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat organi tashkil etildi”18.
Sug‘urta nazorati idorasi orqali, Moliya vazirligi, Davlat nazorati qo‘mitasi, soliq organlari, davlatning bank va qonunchilik tizimlari o‘zining sug‘urta siyosatini yuritadi va sug‘urta faoliayatini tartibga soladi. Bu fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan, birinchi o‘rinda, sug‘urta xizmatlari istemolchilari bo‘lgan – sug‘urtalanuvchilar, shu bilan birga sug‘urtalovchilar va davlatning o‘z manfaatlari bo‘lib hisoblangan, mazkur siyosatning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. “Shu maqsadda Belorus Respublikasi Vazirlar Kengashi qoshida sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish kengashi tashkil etlgan. Sug‘urta nazorati qo‘mitasi “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonunga binoan belgilangan quyidagi talablarga rioya etilishini nazorat qiladi:

  • Ustav kapitalining eng kam miqdori;

  • Tashqitisodiy faoliyat sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi sug‘urta kompaniyalarida alihida xorijiy valyutada shakllantirilgan maxsus fondning mavjudligi;

  • Belorus sug‘urta kompaniyasi ustav fondida xorijiy investor belgilangan ulushini;

  • Tashkil etishning belgilangan tashkiliy – huquqiy formasi va boshqalar.”19 Sug‘urta nazorati qo‘mitasining asosiy vazifalari qatoriga sug‘urta qonunchiligiga roiya etilishini doimiy nazorat qilish va aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish kiradi. Ushbu maqsadda joylarda tizimli

tekshiruvlar amalga oshirib kelinadi.
18 М.А.Зайцева, Л.Н.Литвинова, «Страховое дело», Минск БГЭУ, 2001 г. с.103
19 М.А.Зайцева, Л.Н.Литвинова, «Страховое дело», Минск БГЭУ, 2001 г. с. 105-106
Sug‘urta nazorati qo‘mitasi respublikada sug‘urtaning rivojlanishini diqqat bilan kuzatadi, sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini tizimli tahlil qiladi, sug‘urta sohasida aktuar hisob kitoblar bilan shug‘ullanadi, doimiy ravishda sug‘urta tashkilotlarida bevosita nazoratni amalga oshirib keladi, tekshiruv natijalariga ko‘ra zarur bo‘lgan ta’sir choralarini qo‘llaydi.
Sug‘urta tashkilotlari va ularning filiallarida nazorat bo‘yicha savollarga tezkor javoblar topish maqsadida Sug‘urta nazorati qo‘mitasi respublikaning barcha viloyatlarida ispeksiyaning tuzilmali bo‘linmalariga ega.
Yuqorida ko‘rdikki sobiq ittifoq mamlakati bo‘lgan Belorus davlatida davlat nazorating o‘ziga hos tizimi yaratilgan va faoliyat yuritib kelmoqda.
Dunyoda ko‘pgina rivojlangan sug‘urta bozorlari mavjud bo‘lib, barchasi o‘ziga hos ravishda faoliyat yuritadi va ularning amaldagi iqtisodiyotda tutgan o‘rinlariga qarab davlat tomonidan tartibga solinadi. Bizga malumki sug‘urta bozorining hajmi ancha katta bo‘lishi ham mumkin. Shunday sug‘urta bozori mavjudki, bir nechta sug‘urta bozorlarini o‘zida birlashtirgan holda yaxlit faoliyat yuritadi. Bu o‘rinda ushbu sug‘urta bozorini tartibga solishning o‘ziga hos modeli yaratilgan bo‘lishi lozim.
Yevropa ittifoqi ana shunday bozorlardan biridir. “Yevropa iqtisodiy hamdo‘slik davlatlari iqtisodiy integratsiyalashuvining vazifalaridan biri – yagona sug‘urta bozorini shakllantirishdir. Umumiy sug‘urta bozorini tashkil etishdan maqsad, raqobatni rivojlanishi va sug‘urtalovchilar ishining samaraliligini ta’minlovchi sug‘urta xizmatlari, kapital va sug‘urta brokerlarining erkin harakatini taminlashdir.
Markazlashgan sug‘urta bozorini tashkil etish ikki yo‘nalishda asta sekinlik bilan amalga oshirib kelinmoqda, ya’ni: yevropa ittifoqiga a’zo barcha davlatlarda sug‘urta faoliyatiga erkinlikni ta’minlash va sug‘urta qonunchiligini uyg‘unlashtirish. Ushbu vazifalarning rahbari va koordinatori sifatida milliy sug‘urta birlashmalari va assotsiatsiyalarini vakkiliklarini o‘z ichiga olgan Sug‘uryta bo‘yicha yevropa qo‘mitasidir.
Yevropa ittifoqi davlatlarida sug‘urta faoliyatini tartibga solish asosi bo‘lib Yevropa hamjamiyatining direktivalari hisoblanadi.

Download 390.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 390.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug‘urta bozorida davlat nazoratining xorij tajribasi. Sug‘urta nazoratchilari xalqaro assotsatsiyasi

Download 390.84 Kb.