Kirish Bob. Iqtisodiyotnl tartibga solishning pul-kredit vositalari




Download 17.5 Kb.
Sana06.03.2024
Hajmi17.5 Kb.
#167997
Bog'liq
IQTISODIYOTNl T-WPS Office
8 sinf 1 variant (4 varaq ), Maqola 111, Ayollar shimini tikish, 3-mustaqil ish ZI, UkrJCIZ8FUtKPUnnLmQsbqCbljc7fGoLiu4DMKLU, 5-Topshiriq, 20-21-maruza, Dilnoza amaliy, N.Ulukova maqola 2, Axborotlarni himoyalash usullari. Reja, 2 5359486970516998398, 1 leksiya, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ар, коллоквиум, Амалий иш 3 КА 955dfbb38184ee4988aca98712bcee90

MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………… 2 1.Bob. IQTISODIYOTNl TARTIBGA SOLISHNING PUL-KREDIT VOSITALARI 1.1. Pul va pul muomalasi, pulga bo'Sgan talab va pul taklifi……………………………………………………………. 7
1.2. Kredit va bank tizimining vazifalari……………..……………....................13 1.3. Pul-kredit siyosati vositalarining iqtisodiyotni tartibga solislidagi roli...
Xulosa va takliflar……………………………………………………………………………………………19
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………………… 21

I. Kirish


2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.


Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.

Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.



Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
Pul — umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi tovardir. Pul — bu hatnina tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo'Igan, umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi maxsus tovardir.
Pulning mohiyatini to'laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko'rib chiqamiz:
1) qiymat o'lchovi;
2) muomala vositasi;
3) boylik to'plash vositasi;
4) to'lov vositasi.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o'lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o'lchovi (masshtabi) deb ataladi. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to'plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo'jalik sharoitida boylik to'plash, jamg'arish mahsulot jamg'arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo'jaligining rivojlanishi boylik to'plashning pul jamg'arish shaklini keltirib chiqaradi.
Tovarlar nasiyaga to'lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to'lov vositasi vazifasini bajaradi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to'lashda ham to'lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog'oz pullar, veksel va banknotlar — pulning to'lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Pulning o'z vazifalarini bajarish jarayonidagi to'xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
154
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyi-dagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so'm, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to'lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog'oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya'ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasida bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to'lov talabnomalari yordamida amalga oshiriladi. Warning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud boigan pul massasi naqd va kredit puUarni qo'shish yo'li bilan aniqlanadi.
Muomalani ta'minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog'liq:
1. Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotiiishi va sotib olinishi lozim boigan tovarlar summasi.
2. Pul birligining aylanish tezligi.
3. Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan toiov vositasi sifatida foydalanish.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
_T6-XK+XT
A, '
bu yerda:
Pm — muayyan davrda muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori;
lb — sotiiishi lozim bo'lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori H narxi);
Xfc — kreditga sotilgan tovarlar summasi; "
Xt — to'lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to'lovlar summasi;
At — pulning aylanish tezligi.
Pul miqdoriga ta'sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul
muomalasining quyidagi qonuniga ta'rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, muayyan davrda muo-mala uchun zarur bo igan pul miqdori sotisnga cMqariladigan tovarlar summasiga to'g'ri mutanosib, pulning aylanish tezKgiga teskari mutanosibdir.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko'pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy ak-tivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo'lgan pul miqdorini hisoblash uchun «Mi ...MB pul agregatlari* yoki «tarkibiy qismi» tushunchasidan foydalaniladi. Barctaa pul agregatlari yig'indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
MO — muomaladagi naqd (qog'oz va metall) pullar.
Ml ?= MO + aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqlaridagi pul mablag'lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo'lgan pul omonatlari.
M2 = Ml + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg'arma hisob varaqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag'larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o'tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular, asosan, jamg'a-rish vositasi vazifasini bajaradi.
M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari. Demak, pul massasining liar bir alohida agregati o'zining likvidligi darajasiga ko'ra farqlanadi. Likvidlik — bu turli aktivlarning o'z qiymatini yo'qotraasdan (eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir.
Pul bozori — bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag'lariga bo'lgan talab va pul taklifining o'zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi — bu bozorda pul sifatida muomalada bo'lgan turli xil moliyaviy mablag'lar, ya'ni pul agregatlari yig'indisi hisoblanadi.
Mamlakatdagi pul taklifi, asosan, Markaziy bank to-monidan tartibga solinsa-da, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki bu jarayonga uy xo'jaligi xatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta'sir ko'rsatadi.
9.2. Kredif va bank tizinuirag vazifalari
Kredit bo'sh turgan pul mablag'larini ssuda fondi shaklida to'plash va ularni pulga muhtoj bo'lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma'lum muddatga, foiz to'lovlari bilan qaytarish sharti bilan qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o'rtasida, ya'ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o'rtasida yuzaga keladi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan ibo-rat:
1) korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
2) mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
3) korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivoj-lantirish fondlari, moddiy rag'batlantirish fondlari;
4)korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek, uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanilguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
5) bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
6) aholining bo'sh pul mablag'lari.
Kreditning bir qator vazifalari mavjud: :
Birinchidan, kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo'sh pul mablag'lari ssuda fondi shaklida to'planib, keyin bu mablag'larkredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi.
Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to'lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo'jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi.
Uchinchidan, kredit naqd pullar o'rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi.
To'rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish vazifasini bajaradi.
Beshinchidan, kredit o'z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Nihoyat, kreditning o'ziga xos vazifasi — iqtisodiyotni tartibga solishdir. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini ta-baqalashtirish, davlat tomonidan •kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi.
Kredit turli shakllarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylan-masida bank, tijorat, davlat, iste'mol va xalqaro kredit shakllarini o'z ichiga oluvchi pul kreditidan keng foydalaniladi.
Bank krediti — pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo'jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit. Bank krediti yo'nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo'yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg'arilishigacha xizmat qiladi.
Xo'jaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriluvchi kredit. U korxonalarning kapital qurilish, qishloq xo'jalik sohalaridagi munosabatlari, shuningdek, ichki xo'jalik hisobi bo'g'inlari bilan mu-nosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti — korxonalar, birlashmalar va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan krediti.
Tijorat krediti, awalo, to'lovni kechiktirish yo'li bilan tovar shaklida beriladi.
Iste'mol krediti — xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalaniladigan iste'mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma'lum muddatga beriladigan kredit. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib to lash bilan sotish shaklida yoki iste'mol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste'mol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti — ko'chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi kredit. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti — davlat pul mablag'lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo'lib chiqadigan kredit munosabatlarining o'ziga xos shakli. Davlat krediti mablag'lari manbayi bo'lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklidan, awalo, davlat budjeti kamomadini qoplash uchun foydalaniladi.
Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So'nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, for-feyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Lizing — bu kreditning pulsiz shakli bo'lib, odatda, ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklami keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to'lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo'yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda, ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
Faktoring — boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo'yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob va-raqalari»ni o'zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Forfeyting — faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda qarzdorlik bo'yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni, odatda, 1-5 yil vaqt o'tgandan so'ng undirishi mumkin bo'ladi.
Trast — bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo'yicha operatsiyalar majmuyi.
Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
— ssuda berishning maqsadli tavsifi;
— kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi;
— ssudaning moddiy ta'minlanganligi va to'lovliligi
O'zbekiston Respublikasi bank tizunining asosly ko'rsatkichlari(yil oxiriga)1
I Ko'rsatldch-! Iar
I Banklar soni
O'l-chov
[Davlat banklari | Xorijiy kapital
ishtirokidagi banklar Xususiy banklar Bank bo'limlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta'min-lashda banklar muhim rol o'ynaydi. Banklar pul mablag'larini to'plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug'ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliya-tining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo'lib, ular kredit muassasalarimng asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi, odatda, ikki bosqichli bo'lib, o'z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi,
Davlat banki^mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar pul taldifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi;
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta'minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi;
3) davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi;
4) barcha banklar faoliyatini uyg'unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
5) xalqaro valuta bozorlarida milliy valutalarni ayir-boshlaydi;
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas'uliyatini o'z zimmasiga oladi, milliy valutani muomalaga chiqaradi. Iqtispdiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.
O'zbekiston Markaziy banki o'zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan. siyosatni ham olib boradi. Bank tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ocliiq bozorda qimmatli qog'ozlar operatsiyasi, ichki valuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari ham ishga solinadi
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida banklar va kor-xonalar teng huquqli sheriklar sifatida chiqadi. Kredit berishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga erishishini ta'minlay-digan tadbirlarga ustunlik beriladi.
Banklar o'z tasarrufidagi resurslardan foydalanish sama-radorligi uchun moddiy jihatdan mas'ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko'proq ularning iqtisodiy jihatdan foydaliligi va samaradorligiga qarab beriladi.
Tijorat banklari o'zlarining xo'jalik mavqeyiga ko'ra aksionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeyiga ko'ra, faoliyatning biron-bir turiga xizmat ko'rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo'lishi mumkin.
Xalq banki — rnamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisob-kitob qilish va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berish kabi operatsiyalarni amalga oshiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import ope-ratsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muas-sasalarga kredit beradi, qo'shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig'ma valuta rejasining ijrosi, valuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta'minlaydi.
Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashuvi bo'yicha in-vestitsion va ipoteka banklarini ajratib ko'rsatish lozim.
Investitsion banklar — maxsus kredit muassasalari bo'lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo'li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan, davlat va tadbirkorlar)ga taqdim qiladi.
Investitsion kompaniyalar o'zlarining qimmatli qog'oz-larini chiqarish yo'li bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to'playdi va ularni korxona (milliy va chet el)lar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to'liq investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo'yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi.
Ipoteka banklari - bu ko'chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muassasalari. Ipoteka bankining resurslari o'zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quwatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
1.3. Pul-kredit siyosati vositalarining iqtisodiyotni tartibga solislidagi roli
Davlatning kredit tizimi ustidan ham ma'lum nazorat o'rnatishi muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun pul emissiya qilish huquqiga ega bo'lgan va pul muomalasini tartibga soladigan Markaziy Bank tashkil etilgan. Bundan tashqari, davlat ixtiyorida bir qancha ixtisoslashgan banklar bo'lishi lozim.
Oqibatda, ishbilarmonlarning bank operatsiyalarini kredit va moliyaviy tizim orqali tartibga solish imkoniyati vujudga keladi.
O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning bi-rinchi bosqicbida kredit-pul siyosati sohasida quyidagi ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish asosiy vazifalar qilib belgilandi:
- Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining bo'limlari hamda vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoitlarni yaratish;
- barqaror pul muomalasini ta'minlash, kredit va nakd pul emissiyasi, jami pul massasining asossiz o'sishini keskin cheklash;
- O'zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish1.
Ushbu ustuvor yo'nalish va chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Uning asosida ikki bosqichli bank tizimi arnalda shakllandi. Markaziy bank emissiya banki bo'lib, uning zimmasiga boshqa rivojlangan mamlakatlardagi markaziy banklarga xos bo'lgan vazifalar yuklatildi. Sobiq tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatilib, Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuzildi va u muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.
Hozirgi davrda, jahon bank amaliyotida puiga bo'lgan talab va taklifni, xususan, pul massasi, moliya bozorlari hamda bank tizimi likvidliligini samarali tartibga solishda ochiq bozordagi operatsiyalar, hisob stavkasi siyosati, majburiy zaxiralar siyosati, valuta siyosati kabi bozor iqtisodiyotining bir qator zamonaviy vosita va mexanizmlari keng qo'Uanmoqda.
«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'ri-sida»gi qonunda monetar siyosatning: ochiq bozordagi ope-ratsiyalari; Markaziy bankning hisob operatsiyalari; Markaziy bankning operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari; majburiy rezerv talablari va Markaziy bankning qayta moliyaviy ta'minlasih kabi vositalari qayd etilgan.
Pul-kredit siyosatining vositalari — Markaziy bank tomonidan pulga bo'lgan talab va taklifni tartibga solish hamda pul-kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmidir. O'z navbatida, ushbu vositalar bevosita va bilvosita turlarga bo'linadi. Bevosita vositalar — Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan foiz stavkalari yoki kredit miqdorini belgilash va cheklashdan iborat bo'lgan ma'muriy usullardir. Bilvosita vositalar esa — Markaziy bank va tijorat banklari o'rtasida ixtiyoriy ravishda foydalaniladigan, ya'ni bozor orqali pulga bo'lgan talab va taklifni o'zgartirish, muomaladagi pul massasi miqdori va banklarning to'lovga qobiliyatliligini tartibga solish usulidir.
Bevosita vositalarga - foiz stavkalarini chegaralash, maqsadli kreditlar, har bir bank uchun kreditning yuqori chegarasini belgilash kabi ma'muriy usul va choralar kiradi. Ular bir qator kamchiliklarga ega bo'lib, bozor iqtisodiyoti
sharoitlariga mos kelmaydi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, inflyatsiya mamlakat hududida pul birligi
qadrsizlanganda yuzaga keladi. Va albatta uni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha

hukumatimiz hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomidan yuqorida

keltirib o‘tilgan kerakli chora – tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda inflyatsiya ko‘rsatkichi yildan yilga pasayib kelmoqda. Shu

jumladdan inflyatsiya darajasi 2022 – yil holatiga ko‘ra 12,3% ni tashkil qilyapti.

Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 5% ga tushirish rejalashtirilgan va bu borada

mamlakatimizda yetarlicha islohotlar olib borilyapti. Shunday ekan bizning

ishonchimiz komilki, biz tez orada ushbu maqsadga erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. ifn.dots. I.Sayfiddinov ―Inflyatsiya va uning turlari, pulning barqarorligini

ta‘minlash yo‘llari‖

2. A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev ―Pul va banklar‖ darslik

3. https://finlit.uz/uz/articles/monetary-policy/inflation-targeting/ ―Inflyatsion

targetlash - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy savodxonlik

bo‘yicha axborot-ta‘lim veb-sayti‖

4. https://finlit.uz/uz/articles/monetary-policy/concept-of-inflation/

5. https://1ppa.ru/uz/kniga-dohodov-i-rashodov/socialno-ekonomicheskieposledstviya-inflyacii-i-antiinflyacionnaya/ ―Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy

oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

va inflyatsiyaga qarshi siyosatning asosiy yo‗nalishlari Inflyatsiyaning iqtisodiy va

ijtimoiy oqibatlari inflyatsiyaga qarshi siyosat.‖



6. https://el-in.ru/uz/million/socialno-ekonomicheskie-posledstviya-inflyacii-iantiinflyacionnaya-politika-kontrolnaya-rabota-social.html ―Inflyatsiyaning ijtimoiyiqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat. Test: Inflyatsiyaning ijtimoiyiqtisodiy oqibatlari va davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati.‖

7. https://daryo.uz/2022/01/07/ozbekistonda-yillik-inflyatsiya-darajasi-keskinpastladi-bu-nimani-anglatadi/
Download 17.5 Kb.




Download 17.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish Bob. Iqtisodiyotnl tartibga solishning pul-kredit vositalari

Download 17.5 Kb.